.
Mana shu qonunlar majmuasi orqali
O’zbekison fuqarolari uchun bir
qancha talablar va majburiyatlar bilan birgalikda imkoniyatlar eshigini ham ochib
berdi
.
Xalqimiz tarixidan xabar beruvchi Avestoning asosiy shiori bo’lgan “Ezgu
fikr, ezgu so’z, ezgu amal”ga rioya qilib , butun xalqiga so’z erkinligi hamda fikr
erkinligini ushbu konstitutsiyaning 29-moddasida belgilab berdi. Bu orqali
vatanimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, rivojlanayotgan davlatlar orasida o’z
o’rniga ega bo’lgan davlat barpo qilishni ko’zda tutgan edi.
Qisqa muddat ichida O’zbekiston Respublikasi butun jahon sahnasida o’z
o’rniga ega bo’la oldi. Biz hech shubhasiz shuni ayta olamizki, bizning xalqimiz
ham
ma’naviy ham madaniy jihatdan boydir. Milliy urf-odatlarimiz
qadriyatlarimizning tiklanishi, tarixiy obidalarimizning rekonstruksiya qilinishi
natijasida bizning tariximiz naqadar boy hamda ota-bobolarimiz qanchalik buyuk
shaxslar bo’lganliklarini isbotlay oldik.
Bu ishlar butun jahon nazaridan chetda
qolmaganligini 1991 yilda betakror Xiva shahridagi Ichanqal’a qo’riqxonasi, 1993
yilda Buxoro shahri, 2000 yilda esa Shahrisabz shahri tarixiy inshootlari
Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga olinganidan bilib olsak
bo’ladi.
Odil yurtboshi “Islohot- islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning
farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak” deya, olg’a qadam bosib, yurtimizda
ko’plab rivojlanish hamda yuksalishlarni iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy
sohalarda ham amalga oshirdi. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning “ Agar
bizning kuch-qudratimizni bilmoqchi bo’lsang, biz qurgan imoratlarga boq” degan
purma’no hikmatiga tayangan holda mamlakatning shahar va qishloq hududlarida
ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. 25 yil davomida qurilgan mingdan
ziyod namunali uylar, mamlakatimizning har bir hududidagi shifoxona, litsey-
kollej, sport inshootlari, konsert zallar, 100dan ortiq ko’priklar 50 ga yaqin
favvoralar hamda jahon standartlariga javob bera oladigan boshqa inshootlar
yurtimizning qay darajada shaharsozlik salohiyatiga ega ekanini va jonkuyar
yurtboshining butun xalqi uchun bor imkoniyatini ishga solib barcha qulayliklarni
yaratib berganini anglab olishimiz mumkin.
122
Prezidentimiz I.Karimov beqiyos qalb sohibi, mehribon, oqko’ngil,
bag’rikeng inson bo’lganligi bilan hammaning xotirasida muhrlanib qolgan.
Jamiyatning har bir qatlami, xoh yosh bo’lsin, xoh qari yoki millati , tili va dini
boshqa bo’lsin, lekin mana shu yurt hududida yashayotgan insonlar uning cheksiz
muhabbati va g’amxo’riligidan chetda qolgan emas. Har bir fuqarosini ulug’lab,
ularga hech tortinmasdan va ikkilanishlarsiz ko’nglidagi iliq fikrlarini bildirish
bilan birgalikda bunday so’zlarni o’z asarlarida ham muhrlagan.
Inson qadr –qimmati barcha narsadan ustun qo’yilgan, ulug’langan yurtda
yashayotgan keksa nuroniy otaxonlarimiz “xudoning nazari tushgan shu yurtda”
yashayotganliliga shukronalar aytib, yurtboshining vatan uchun qilgan xizmatlari,
ularga alohida ehtirom ko’rsatganligi va hattoki 2002 yilga “Qariyalarni qadrlash
yili” deb nom berib, o’sha yilda keksalar uchun yodda qolarli islohotlarni amalga
oshirganligidan I.A.Karimovning yana bir bor “Qarisi bor uyning parisi bor” degan
ota-bobolarimizning fiklariga ham tayangan holda ish ko’rganligini tushinib olish
qiyin emas .
I.A.Karimov har bir ishni boshlashdan uni puxta rejalashtirib, har bir masalada
kimlarga ishonch bildirish haqida chuqur mulohaza yuritib ish ko’rgan. Shu
sababli ham chorak asrda yurtimiz sezilarli darajada yutuqlarga erishdi. Muhtaram
prezidentimiz mustaqillikning 25 yilligini qarshilashdan biroz oldin Vatanimiz
bayrog’ini ko’klarga ko’targan sharafli sportchi yoshlarimiz –F.G’oyibnazarov,
Sh.G’iyosov, H.Do’stmatov, X.Tojiboyevning 2016-yil Yozgi Olimpiada
o’yinlarida sovrinli o’rinni egallaganliklaridan faxrlanib, boshi ko’kka
yetganligidan ularning yosh farzandlariga ishonchi kuchliligi, doim qo’llab-
quvvatlashga tayyorligi bizday yosh avlodni yana olg’a intilish uchun muhim
ahamiyat kasb etdi deb qo’rqmasdan ayta olamiz.
Shu sababli ham I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun O’zbekiston
Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga
asosan I.Karimov nomidagi xayriya fondi tuzildi hamda Samarqand shahridagi
I.Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasini bunyod etish va Samarqand
123
bilan Toshkent shahrida birinchi prezidentimiz haykallarini o’rnatish kabi yana bir
qancha ishlar amalga oshirildi.
Islom Karimov bobomizning aytgan har bir ma’noli o’gitlarini, ayniqsa bizga
qarata aytgan quyidagi “Mana shunday yorug’ osmon, mana shunday yigitlar, mana
shunday qizlar, mana shunday qariyalar - bu zamonni kim bir vaqtlar havas qilgan
edi. Xalqimiz havas qilgan edi va shunday havasga kim bizlarni yetkazyapti, faqat
yaratganimiz. Yaratganimizdan doim ertalab pok bo’lib so’rasak, albatta, bizlarni
yo’limizni ochib beradi va hech qachon hech kim mana shu yurtda kam bo’lmaydi,
bolalarim” degan gaplarini qalbimizda ularga bo’lgan hurmat va ehtiromimizni bir
umrga saqlab qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |