Maqolada Uno Arduino platformasi xaqida maʼlumot va u yordamida oʼquvchilar, talabalar, yoshlar hamda mutaxasislar mustaqil ravishda elektron qurilmalar va robortlar yaratish imkoni yuzaga kelgani haqida fikrlar bayon etilgan. Shu bilan birga Arduino UNO platformasida yorugʼlik diodini vaqt boʼyicha miltillashining dasturi yozilgan va tajribada sinovdan oʼtkazilib, ishlash printsipi taxlil qilingan. Kalit soʼzlar: Arduino platformasi, elektron qurilmalar, robort, yorugʼlik diodi, dastur.
Birinchi mikrokontrollerrning yaratilishi natijasida mikroprotsessor texnikasining rivojlanishiga katta turtki boʼldi. Mikrokontrollerda koʼplab sistema qurilmalari boʼlganligi sababli, odatiy kormpьyuter deb qarash mumkin. Аdabiyotlarda ularni bir krisstalli mikroEXM deb ataladi. Mikrokontrollurni odatiy kompyuьter sifatida amaliy qoʼllashda bir qotor qiyinchiliklar bor edi. Mikrokontrollerda qurilma yigʼish uchun sxemotexnika asoslari, bironta jarayon uchun qurilma va ishlash printsipini bilish, assembler tilida programalashtirish hamda elektronikani bilish kerak. Shu bilan birga programmatorlar, sozlash ishlari va boshqa yordamchi qurilmalar talab etiladi. Natijasida katta bilim va qimmatli qurilmalarsiz natijaga erishib boʼlmas edi. Koʼplab xavaskorlar uchun mikrokontrollerni oʼz loyixalarida ishlatish imkoni yoʼq edi. Xozirda mikrokontroller asosidagi qurilmalarni payda boʼlishi natijasida, jiddiy material baza va fanlar boʼyicha bilimga ega boʼlmasdan ham loyixalar yartilish imkoni yuzaga keldi. Bunga misol qilib, italiyalik ixtirochilar tomonidan loyixalangan Arduino platformasini olish mumkin. Arduino va uning klonlari tayor elektron blok va programma taʼminotidan iborat boʼlgan toʼplamdan iborat.U elektron blok –Arduino ishlashi uchun mikrokontroller oʼrnatilan pechat platasi va minimum elementlaradan tashkil topgan. Аrduinonmng elektron bloki xozirgi zamonaviy kompьyuterning “Ona” platasini analogi hisobanadi. Unda tashqi qurilmalarni ulash uchun razьyomlar, va mikrokontrollerni programmalashtirish uchun kompьter bilan bogʼlovchi razьyom mavjud. Atmel firmasi tomonidan chiqarilgan ATmega mikrokontrolleri maxsus programmalr talab qilmasdan programmalashtiriladi. Yangi elektron qurilmani yaratish uchun Arduino platasi, ulovchi kabel va kompьyuter talab qilinadi. Loyixaning ikkinchi qismida boshqariluvchi programani xosil qilish uchun, programmalashtirsh taʼminoti zarur. U oʼzida oddiy ishlab chiqish muxiti va mikrokontrolerni S++tili variantidagi progrpmmalashtirish tilini birlashtirgan. Unga progammalarni yaratishda apparat qismini oʼrganish zarur boʼlmagan elementlar qoʼshilgan. Arduino bilan ishlash uchun S/S++ programalashtirish asoslari boʼyicha bilimga ega boʼlish talab etiladi. Arduino uchun turli qurilmalar ishlashi uchun, kodlardan tashkil topgan, koʼplab bibliotekalar mavjud. Arduino-bir nechta texnologiyani birlashtirgan boʼlib, uning yordamida aqqli qurilmalar yaratish va oʼquv jarayoniga tatbiq etish mumkin. Arduino universitet talabalarining muxitida oʼylab topilgani uchun, bu platforma ochiq va keng ommaga maʼqul kelmoqda. Arduino uchun programma va kerakli bibliotekalarni arduinomaster.ru sayti orqali bepul yuklab olinadi. 1-rasmda Arduino platalari keltirilgan boʼlib, 1-jadvalda ularning texnik xarakteristikalri berilgan. Millionlab odamlar Arduino platasidan oʼzlarining qiziqarli loyixalari — aqqli uylar, avtomobillar, maktablar, oliy yurtlari uchun qurilmalar, teplitsa va boshqalarda keng qoʼllamoqda. Arduino platformasidan robotexnika toʼgaraklarida birincha avtonom robortlar — avtomobillar, tanklar va dronlarda foydalaniladi.
Arduino olamiga birinchi qadamni qoʼyish uchun ikki yoʼnalishda bilimga ega boʼlishingiz kerak. Birinchidan Arduino kontrolleri nimaligini, unga qanday qurilmalar ulanadi va qanday qilinishini bilishimiz zarur. Elektronika asoslari bilan tanish boʼlishingiz talab etiladi. Ikkinchidan Аrduinada programmalashtirish asoslari oʼrganish zarur. Professional ishlar uchun C++ bilish talab etiladi, xavaskorlar uchun koʼplab grafik muxitlar masalanm Block yoki ArduBlock bilish yetarli boʼladi. Bular hammasi vaqtni va bilimni talab etadi. Natijada siz oʼzingiz tamondan qilingan aqqli qurilmalardan qoyil qolasiz. Texnik ijodkorlikning choʼqqisiga qadamma-qadam ishlar amalga oshirish natijasida erishiladi. Elektron sxemalarni yigʼish uchun datchiklar, yorugʼlik diodlari, LCD-ekran, shildalar, dvigatellar, rele va boshqa bir qancha elementlar kerak boʼladi. Bu elementlar uncha qimmat boʼlmasdan, internet orqali sotib olish mumkin. Arduino bilan ishlash uchun programma va sketchlarni yuklab olishimiz zarur. Buning uchun biz Arduino Uno, Nano, Mega platalariga toʼgʼri keladigan oxirgi stabil boʼlgan Arduino IDE 1.8.7 versiyani rasmiy ressurslardagi foydali ssilkalardan foydalanamiz. Arduino platformasida Arduino IDE programmistlarga programma yozishga yordam beradi. Uning yordamida Arduino tilida yozilgan sketch tekshiriladi, C++ oʼzgartiriladi, kompiyatsiya qilinadi va Аrduinaga yuklanadi. Nazariyada bu programmasiz ham ishlash mumkin, lekin amalda xavaskorlar uchun amaliy ishni boshlash uchun boshqa imkon yoʼq. Shuning uchun birinchi navbatda programmalashtirish muxitini internetdan topib, oʼrnatish kerak. Bu unchalik qiyin emas va bepul. Arduino IDEni ananaviy usulda yuklab olinadi va oʼrnatiladi. Faylni yuklab olasiz va uni ishga tushirasiz. Rasmiy saytlarda oddiy zip arxivda va oʼrnatuvchisi bilan mavjud. Arduino IDE versiyasini barcha asosiy operatsion sistemalar uchun topishngiz mumkin. Programmani oʼrnatish sodda boʼlib bir nechta sovolga javob berish kerak. Jaryonning asosiy bosqichlaridan biri COM-port drayverini oʼrnatish. Programmani oʼrnatilgandan soʼng muxitni sozlash kerak. Arduino IDEning oxirgi stabil versiyalardan biri 1.8.7 xisoblanadi (avgust 2018). Windows versyasi uchun arduinomaster.rudan Arduino 1.8.7ni oʼrnatuvchisi bilan yuklab oling Arduino IDE 1.8.7ni ZIP holatda yuklab oling Linux i Mac versyasi uchun 32-razryadli Linux versiyasi 64-razryadliya Linux versiyasi Arduino IDE MacOSX versiyasi Yuqoridagi barcha ishlar bajarilgandan soʼng yorugʼlik diodi bilan tajriba oʼtkazamiz. LED inglizchasiga (ltght — emiting giodes) boʼlib, oʼzbekchasiga yorugʼlik diodi, koʼplab qurilmalarda qoʼllaniladi. Arduino UNO asosida birinchi milltillovchi yorugʼlik diodi asosida tajribamizda koʼrib chiqamiz. Koʼp loyixalarni bajarish mumkin boʼlgan Arduino UNO platasida yorugʼlik diodini vaqt boʼyicha milltillashini tajribada bajaramiz. Tajriba uchun Arduino UNO, maket platasi, yorugʼlik diodi va 220 Om qarshilik kerak boʼladi.
Prgrama tuzilgandan soʼng sxemani yigʼamiz. Buning uchun 220Om qarshilikni Arduino platasining13piniga ulaymiz. Soʼngra svetodiodning uzun (anod) oyoqchasini qarshilikka ulaymiz. Kalta oyoqchasini yerga (GND) ulanadi. 2-ramda keltirilgan sxema ulanagadan soʼng Arduino platasi kompьyuterga ulanadi, soʼngra programma ishga tushirilib, yozilgan programma yuklanadi. Natijada yorugʼlik diodi milltilani boshlaydi. Milltilash vaqtini delay operatori orqali oʼzgartiriladi. Tajribani amalda sinab koʼring. Yorugʼlik diodi televizorlarda, svetoforlarda, monitorlarda va boshqa koʼplab elektron qurilmalarda qoʼllaniladi. Sizlarga robototexnika boʼyicha bilim olishlaringizda omad tilayman.