Birinchi jahon urushi va Turkiston 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 41-mavzu



Download 2,96 Mb.
Sana26.05.2022
Hajmi2,96 Mb.
#610170
Bog'liq
Birinchi jahon urushi va Turkiston..5- sinf.

Birinchi jahon urushi va Turkiston

5-sinf Tarix fani darsligi asosida 41-mavzu

Urushning Turkistonga ta’siri.


Birinchi jahon urushi
Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasi edi.

Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmadi.


Biroq urush yillarida mustamlakachi Rossiyaning Turkiston mahalliy aholisiga o‘tkazayotgan zulmi yanada kuchaydi.

1916-yilda Rossiya imperatori Nikolay II farmoniga ko‘ra, Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkak aholisi mardikorlikka safarbar etila boshlandi.

Ular Rossiyaga borib qo‘shin uchun mudofaa inshootlari, temir yo‘llar qurish kabi ishlarda qatnashishlari lozim edi.


Mardikorlikka olish natijasida ko‘plab oilalar o‘z boquvchilaridan ajrab qoldi.

Qo‘zg‘olonning boshlanishi.


Xalq qo‘zg‘oloni butun Turkiston
o‘lkasini qamrab oldi.
Joylarda mustamlakachilarning askarlari
bilan qonli to‘qnashuvlar yuz berdi.

Qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova amaldorlariga qarata: «Bizni o‘ldirsanglar ham o‘g‘illarimizni bermaymiz», – deb baralla aytdi.


Politsiyachilar Rizvonbibiga qarata o‘q uzishdi.

Jizzax qo‘zg‘oloni.


Mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmondan
norozilik, ayniqsa, Jizzaxda keskin tus oldi. Jizzaxdan jami 11 ming kishi mardikorlikka jo‘natilishi kerak edi.

Jizzaxliklar mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmonni bekor qilishni va mardikorlikka olinadiganlarning ro‘yxatini tuzishni to‘xtatishni talab qilib chiqdilar.

Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo‘zg‘olonga Nazirxo‘ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchradi.

Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va ahamiyati.


Qo‘zg‘olonchilar
mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega
emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o‘tmaganlar ham.

1916-yilgi milliy-ozodlik harakati Rossiya imperiyasini qattiq sarosimaga solib qo‘ydi.


Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaiflashtirdi.

Qo‘zg‘olon Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish to‘g‘risidagi farmonning to‘la bajarilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Natijada mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam – jami 120 mingdan ortiq kishi yuborildi.

Savol va topshiriqlar:

1. Birinchi jahon urushi nega Turkistonga ta’sir etmay qolmadi?

2. Mardikorlikka safarbarlik nima edi?

3. 1916-yilning yozida Turkistonda boshlangan milliy-ozodlik qo‘zg‘olonining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. Nega 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi?

5. 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘olonining tarixiy ahamiyati haqida so‘zlab bering.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish