Sharqiy front
«Rus bugʻli yaxmalagi» oʻz ostidan german armiyasini koʻtarmoqda - shunday qilib 1914-yilda fransuzlar koʻrganlar. Shu vaqtning pochta markasi
Sharqiy frontda urush 2(15)-avgustda boshlangan, nemis qoʻshinlari Kalishni bosib olgandan soʻng.
3 (16)-avgustda Chenstoxova bosib olindi.
Sharqiy-Prussiya operatsiyasi
4 (17)-avgust rus armiyasi Sharqiy Prussiyaga hujum qilib chegaradan oʻtdi. 1-chi armiya Königsberg tomon sharqdan Mazur koʻllariga harakatni boshladi, 2-chi armiya – ulardan gʻarbdan. Birinchi haftada rus armiyalarining harakatlari omadli boʻlgan edi, 7 (20)-avgustda boʻlib oʻtgan Gumbinnen-Goldap jangi rus armiyasi foydasiga tugadi. Ammo rus armiyalari frontda qoʻmondonlarning boʻlib oʻtgan xatolari sabab gʻalaba samaralaridan foydalana olmadilar, ular vaziyatni xato baholashgan. 1-chi rus armiyasi hujum qilishni toʻxtatdilar, bu haqida radioefirda ochiq eʼlon qilingan edi, va nemislar oʻz kuchini 2-chi rus armiyasiga jala etdilar. 13—17 (26-30)-avgust 2-chi armiya Aleksandr Samsonov Vasilyevich general Samsonov juda achinarli magʻlubiyatga uchradi, olti korpusdan ikkitasi aylanib olindi va asirlikka olindi. Nemis anʼansida bu voqealarni Tannenberg jangi deb nomlanadi. Shundan keying 1-chi rus armiyasi nemis armiyasi tomonidan aylanib olish xavfi boʻlgani sababli, oʻzining boshlangʻich pozitsiyasiga janglar bilan qaytdi, va qaytish 3 (16)-sentabr yakunlandi. Frontning komadiri Jilinskiy oʻz lavozimidan olindi. 1-chi armiyani qoʻmondonlik qilgan general Rennenkampf harakatlari omadsiz deb hisoblandi, bu oʻz mobaynida birinchi epizod boʻlib, nemis faniliyasi bilan boʻlgan generallarga ishonchizlikni olib keldi. Nemis anʻanalarida ushbu voqealar urush mobaynida ulugʻ gʻalaba boʻlib hisoblanib, shu yerda katta Tannenberg memoriali qurildi, keyinchalik shu yerda feldmarshal Gendenburg koʻmildi.
Galitsiyda jangi
5 (18)-avgustda boshlangan boʻlib, rus armiyalarining harakatlangan kuchlari (5ta armiya) va ersgersog Fridrix qoʻmondonligida toʻrtda avstro-mojar armiyalari oʻrtasidagi miqyosi boʻyicha eng yirik harakatlangan kuchlar boʻlib hisoblanadi. Lvov markaziga hujumga ega boʻlib, rus armiyalari katta frontga (450 — 500 km) hujumga oʻtishdilar. Katta armiyalarning uzun boʻlgan frontda jang harakatlari koʻp mustaqil boʻlgan operatsiyalarga boʻlinib ketdi, ular hujum qilish kabi boʻlsa ham, chekinishlar ham ikki tomondan boʻldi.
Avstriyaning yug tomondagi chegarasida harakatlar rus armiyalari uchun nomuvofiq boʻlib keldi (Lyublin-Holmsk operatsiyasi). 19—20 avgustga (1-2 sentabrga) kelib rus qoʻshinlari Polsha podshohligiga chekinishdilar, Lyublin va Helmga. Ruslarning hujumi 6 (19)-avgustda boshlandi va tezda oʻpirildi. Birinchi chekinishdan soʻng avstro-mojar armiylari Zolotaya Lipa va Gnilaya Lipa daryolari yonglarida keskin toʻsqinliklar koʻrsatdi. Ruslar 21-avgustda (3-sentabrda) Lvovni bosib olishdi, 22-avgustda (4-sentabrda) esa [[Galich (Ivano-Frankovsk viloyati|Galichni). 31-avgustgacha (12-sentabrgacha) avstro-mojar armiyalari Lvovni qaytarib olish hujumlarini toʻxtatmadilar, hujumlar gʻarb va janubiy-shardan 30—50 km boʻlgan masofada boʻlib oʻtdi (Gorodok — Rava-Ruska), ammo ular rus armiyasining toliq gʻalabasi bilan yakunlandi. 11 (29)-sentabrdan Avstriya armiyasining umumiy chekinishi boshlandi (koʻproq qochishga oʻxshar edi, sababi ruslardan chekinishi arzimas edi). Rus armiyasi yuqori hujum surʻatini saqlab, qisqa vaqtda juda katta va ahamiyatli boʻlgan Sharqiy Galitsiya va Bukovinaning ayrim qismnini bosib oldi. 13 (26)-sentabrga kelib front gʻarbiy Lvovda, 120—150 boʻlgan masofada mustahkamlandi. Kuchli Avstriyaning Pshemisl qoʻrgʻoni rus armiyasining qamaliga tushdi (Pshemisl qamalini qarang).
Ushbu gʻalaba Rossiyada shod-xurramlikni olib keldi. Galitsiyani bosib loish Rossiyada istilo kabi emas, Rusning tarixiy yerlarini qaytarish kabi qabul qilindi (Galitsiya general-gubernatorligini qarang). Avstro-Mojariston oʻz armiyasining kuchligi ishonchi yoʻqotdi va keyinchalik Germaniyasiz katta operatsiyalarga tushishni tavvakal qilmadi.
Varshava boʻrtigʻida harbiy harakatlar
Urushdan oldingi Rossiyaning Germaniya va Avstro-Mojariston bilan chegaralari qiyin tuzulgan edi, chegaraning oʻrtasi (Varshava boʻrtigʻi) keskin gʻarbga berilgan edi. Ayon ikkala tomon ham urushda frontni tekislashga kirishdilar —— ruslar Sharqiy Prussiyaning shimolida, janubda esa Galitsiyani «gʻijimni» toʻgʻirlashishga kirishib, hujum qilishga harakat qilishdilar, bu vaqtda Germaniya esa Varshavaning markaziga hujum qilishni boshlab, «boʻrtigʻni» tekislasjga kirishdi. Lekin nemislar Varshava boʻrtigʻiga shimoldan hujum qilishni xatarli deb hisoblashdilar va oʻz kuchlarini janubga, Galitsiya tomonga yoʻnaltirdilar.
15 (28)-sentabrda nemislar hujumi bilan Varshava-Ivangorod operatsiyasi boshlandi. Hujum shimoliy-sharqdan olib borildi, oʻz maqsadida Varshava va Ivangorod qoʻrgʻonini bosib olish boʻlgan edi. 30-sentabrda (12-oktabrda) nemislar Varshavagacha yetib olishdilar va Visla daryosining chegarasini kesib oʻtishdilar. Shidatli boʻlgan hujumlar boshlandi, koʻproq omadlik rus armiysaning tomonida boʻldi. 7 (20)-oktabrda rus qoʻshinlari Visla daryosini kechib oʻtishni boshladilar, 14 (27)-oktabrda esa Germaniya armiyasi umumiy chekinishni boshladi. 28-oktabrga (26-noyabrga) kelib, Germaniya qoʻshinlari, natijalar olib kelmagandan soʻng, oʻzining dastlabki oʻrniga qaytdi.
29-oktabrdan (11-noyabrdan) nemislar urushdan oldingi dastlabki oʻrnidan qaytadan shimoliy-gʻarb tomon hujumni boshladilar (Lodz operatsiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |