Saraevodagi qotillik
28-iyun 1914-yili Frans Ferdinand Bosniya poytaxti Saraevoga tashrif buyuradi. U anneksiyalangan Bosniya va Gertsegovina hududlarini koʻrishga keladi, u bilan birga uning rafiqasi Sofiya Xotek bor edi. Olti odam guruhi (Cvjetko Popović, Gavrilo Princip, Muhamed Mehmedbašić, Nedeljko Čabrinović, Trifko Grabež, Vaso Čubrilović) "Yosh Bosniya" tashkilotidan edi. Ular eksgertsoga suiqasd uyushtirishlari kerak edi. Eksgertsogning namoyishi kezida u rafiqasi bilan mashinada ketayotganda Čabrinović mashinaga granata uloqtiradi, ammo granata tegmaydi. Ayrim odamlar yaqin atrofda portlashdan jabrlanadilar, ammo Ferdinandning namoyishi davom etadi.
Bir soat oʻtib Ferdinand kasalxonadan chiqdi, u yerda u kasallarni tashrif buyurgan edi. Uning kuzatib boruvchi soqchilari adashib boshqa koʻchaga ketdi va u yerda 19 yoshli bosniyalik serb millatchisi Gavrilo Princip turgan edi. U Frans Ferdinandni va rafiqasi Sofiyani otib oʻldiradi.
Frans Ferdinand Avstriya-Vengriya imperiyasining taxti vorisi deb hisoblanar edi. U slavyanofil boʻlgan va u Avstriya, Vengriya, Slavyan yerlarida Gabsburlar tomonidan federatsiyalar tuzushligiga tarafdor bolgan, Avstriya-Vengriya federatsiya oʻrniga.
Gavrilo Princip "Yosh Bosniya" tashkilot aʼzosi boʻlgan, bu tashkilot 1912-yili Italiyaning "Yosh Italiya" inqilobiy tashkilotiga oʻxshash asosida tuzilgan va ular hamm junubiy slavyan yerlarini birlashishtirish uchun kurashganlar. Buyuk Serbiya davlatini tuzishmoqchi boʻlganlar.
5-iyul Germaniya imperiyasi Serbiya bilan urush boʻlsa Avstriya-Vengriyani qoʻllab-quvvatlashishi haqida rasmiy xabar berdi. Saraevodagi qotillikni ular Yevropada urush boshlanishi uchun bahona qilib ishlatishdilar.
23-iyul Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talabalar qoʻyilgan ultimatum yubordi.Bu ultimatumda oʻnta talabalar bor edi va ultimatumni bajarish uchun 48 soat berildi. Serbiya hukumati ultimatuming faqat birgina talabiga, yaʼni suiqasd yuzasidan oʻtkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermadi. Bundan keying Avstriya Serbiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
25-iyul kuni Serbiya safarbarlikni eʼlon qildi, bu Avstriya-Vengriya yuborilgan ultimtumga javob boʻldi.
26-iyul kuni Avstriya-Vengriya ham safarbarlikni boshladi, Rossiya va Serbiya chegaralarida qoʻshinlar yuborildi.
28-iyul Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi va Serbiya chegaralarini bosin oʻtdi. Belgrad shahrida Avstriya-Vengriya ogʻir artilleriya bilan otishni boshladi. Rossiya Serbiyani bosib olishlariga yoʻl qoʻlmaydigani haqida eʼlon qildi.
29-iyul Nikolay II Vilgelm IIga telegram yubordi, u yerda "Avstriya-Serbiya mojarosini Gaaga konferensiyasi hal qilishsin" degan taklif yuborildi. Vilgelm II bu telegramaga javob bermadi.
29-iyul Germaniya armiyasida taʼtil bekor qilindi.
30-iyul kuni Fransiyada qisman safarbarlik boshlandi.
31-iyul kuni Rossiya imperiyasida hamma armiya qoʻshinlari safarbarligi boshlandi.
Shu kuni yoq Germaniyada "urush ahvoli" haqida eʼlon qilindi. Germaniya Rossiyaga ultimatum yobordi: armiyaga chaqirishni toʻxtatish, yoki Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qiladi. Fransiya, Avstriya-Vengriya va Germaniya umumiy safarbarlikni eʼlon qildilar. Germaniya oʻz qoʻshinini Fransiya va Belgiya chegaralariga yuboradi.
Ertalab 1-avgust kuni Angliya bosh vaziri Edward Grey Germaniya bilan Rossiya oʻrtasida urush boʻlsa, Angliya aralashmasligi haqida Germaniya elchisiga soʻz berdi, faqatgina Fransiyaga urush eʼlon qilinmasa. Bundan uch kun oldin 28-iyul kuni Germaniya kayzeri Angliyaga fransuz hududlarini bosib olmaydiganini aytgan edi, faqatgina u urushga aralashmasa. Grey 30-iyul kuni bu "sharmandalik taklifni" Jamoalar palatasida" rad qildi.
1-avgust kuni Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qildi, shu kuni yoq nemis armiyasi Lyuksemburgga kirib boradi.
2-avgust kuni Germaniya Lyuksemburgni toʻliq bosib oldi. Belgiyaga nemis qoʻshinlarini Fransiya chegarasiga qoʻyib yuborishi haqida ultimatum qoʻyadi. Bu taklifga 12 soat berildi.
3-avgust kuni Germaniya Fransiyaga urush eʼlon qildi, uni "Germaniyaga uyushtirilgan hujum va havo bombardirovkasi" va "Belgiya neytraliteti buzilganligi"da aybdor qildi.
3-avgust kuni Belgiya Germaniya ultimatumiga qarshi chiqdi.
4-avgust kuni Germaniya qoʻshinlari Belgiyaga kirib bordilar. Belgiya qirolli Albert davlatlardan yordam soʻradi, Belgiya neytralitetiga kafolat berganlardan. London Berlinga ultimatum yubordi: Belgiyaga bostirib kirishni toʻxtatish haqida, boʻlmasam Angliya Germaniyaga urush eʼlon qiladi. Ultimatum taklifi oʻtib boʻlgandan soʻng Birlashgan Qirolli Germaniyaga urush eʼlon qiladi va Fransiyaga yordam tarifida qoʻshinlarini yubordi.
6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Rossiyaga urush eʼlon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |