ko’rsatkichlari
Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxona va tashkilotlarning daromad olishga bo’lgan imkoniyatlari bir tomondan kamayib ketsa, ikkinchi tomondan ortishi mumkin. Bunda esa asosiy omil sifatida tanlangan tashkiliy tuzilma maydonga chiqadi. Shuning uchun ham, ikki imkoniyatdan birini tanlash va unga erishish rahbar-menejerdan mahorat va uddaburonlikni talab qiladi.
Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo'yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni islohqilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Menejerlar strategik muhim funktsiyalarni tarqoqlashtiradigan tashkiliy qurilmalarni paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasliklari lozim. Strategik muhim funktsiyalarni ixtisoslashgan bo’limlarga taqsimlanishi ќam xodimlar faoliyatini yakuniy natijaga yo’naltirmaydi, balki ish hajmini oshiradi. Muhim boshqaruv bo’g’inlarida ishchilar sonini ko’payishi ustama xarajatlarni oshishiga olib keladi, chunki tarqoq operatsiyalarni muvofiqlashtirish rahbarlardan katta mehnat xarajatlarini talab qiladi. Lekin ma’lum darajada mehnat taqsimoti muayyan sohalarda: (moliya va buxgalteriyada, insoniy resurslarni boshqarishda, texnologik jarayonlarni loyihalashda) raqobat ustunligini yaratadi.
“TOSHPULAT INVEST” X/Ko‘z iqtisodiy faoliyati jarayonida tashkiliy va ijtimoiy masalalarni halqilishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratib kelmoqda:
jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, rejalar tuzish, ularni bajarilganligi haqidagi hisobotlarni tasdiqlash;
ta'sischini jamiyatdan chiqarish yoki yangilarni qabul qilish;
bajaruvchi organ va taftish komissiyasi a'zolarini saylash va bo‘shatish, ularning faoliyati tartibini tasdiqlash;
jamiyatning yillik natijalarini tasdiqlash, taftish komissiyasini hisobot va
tahlillarini, daromadlarini taqsimlash tartibini, dividendlarni va ziyonlarni qoplashni tasdiqlash;
filial va vakolatxonalarni tashkil qilish va qayta tashkil qilish, tugatish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tahlil qilish;
jamiyat boshqaruvining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish haqida qarorlar qabul qilish;
jamiyatning tashkiliy boshqaruv strukturasini takomillashtirib borish;
korxona Nizom jamg‘armasini ko‘paytirib borish va nazorat qilish;
jamiyat boshqaruvining va filiallarining mansabdor shaxslarini mehnat to‘lovi shartlarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |