Jamoa bo' lib kuylash. VATAN X.Rahmat she’ri, X. Hasanova musiqasi bilan ijro etiladigan qo'shiq o'rganiladi. O'qituvchi qo'shiq mavzusi, yaratuvchi kompozitori va shoiri to'g'risida gapirib, ijro etib beradi. O'quvchilar tinglangan qo'shiqning tempini, xarakterini, ifoda vositalarini aniqlab, tahlil qilib beradilar va jumlalab o'rganadilar.
Qo'shiq o'quvchilar tomonidan xor va solist bo'lib, guruhlarga bo'lingan holda ijro etiladi.
Musiqa savodi. Afg'on rubobi, nibob-prima, tanbur, qo'shnay cholg'u asboblari va ularning tovush chiqarish uslublari mustahkamlanadi (audio yoki CD disklarda yozilgan cholg'u asboblarida ijro etiladigan kuylar va ko'rgazmali qurollardan foydalaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |