145-modda. Yo‘lovchilarni chiptasiz tashish
Havo, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(145-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
146-modda. Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish
Temir yo‘lning yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibiga, konteynyerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(146-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynyerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk o‘rinlariga va yuk o‘ramalariga, paketlariga, yuk qo‘ralarining, temir yo‘l stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning to‘siqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruxsati bo‘lmay turib yuk qo‘ralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(146-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(146-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |