105-modda. Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik
Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, shuningdek tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(105-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
106-modda. Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik
Tasarrufida yer maydonlari bo‘lgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(106-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
107-modda. Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish
Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashning sanitariya qoidalarini va boshqa xil qoidalarni buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(107-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan zaharli begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(107-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 18-dekabrdagi 9/7, 29-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxati”.
Do'stlaringiz bilan baham: |