216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish
Davlat korxonalari va boshqa obyektlar xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
217-modda. Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalarini ochish hamda ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish
Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalari va ustaxonalarini ochish va ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Matbaa uskunalari, harflar, matritsalar, muhrlar va shtamplarni qo‘lga kiritish, sotish, foydalanish, hisobga olish va saqlash qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning bu qoidalarni buzishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang.
bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |