213-modda. Metrologiya qoidalarini buzish
Metrologiya qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(213-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(213-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 32-moddasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-iyuldagi K-2, 102-son qarori bilan tasdiqlangan Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
214-modda. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzish
(214-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning), sertifikatlashtirish organlarining va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarining (markazlarining) mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzishi;
(214-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(214-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”, “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “m2”, “m3” va “n2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “yevro-2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (2007-yil 7-aprelda 1670-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2014-yil 11-iyundagi 148-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |