112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish
(112-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa o‘ziyurar qishloq xo‘jalik, melioratsiya, yo‘l-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish —
(112-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi.
(112-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
XI bob. TRANSPORTDAGI, YO‘L XO‘JALIGI VA ALOQA SOHALARIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
113-modda. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish, shuningdek temir yo‘lni, ihota daraxtlarini va qor to‘sish g‘ovlarini hamda boshqa yo‘l obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(113-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarni haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Temir yo‘l transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(113-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(113-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 3-iyuldagi 112-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |