3081-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi masalani hal etish tartibi Agar organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qo‘llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani ko‘rib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqiladi
(3081-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda) 309-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, shu ish yuzasidan qaror chiqaradi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi; ish ko‘rib chiqilgan sana; ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar; ishni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror.
Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to‘xtam ham ko‘rsatilishi kerak
(309-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda) Oldingi tahrirga qarang. Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ma’muriy jazoni qo‘llanish to‘g‘risidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan bo‘lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo‘lgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
(309-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda) Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to‘g‘risidagi masala ham hal etilgan bo‘lishi lozim.
Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaxs tomonidan, organning qarori — majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.
(309-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jazo qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 27-bandi. Oldingi tahrirga qarang.