291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi
Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 1351-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;
(291-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Qurolli Kuchlarning va chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) ushbu Kodeksning 60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 92, 94, 162-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-modda birinchi qismining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1763, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-modda birinchi qismining “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) ushbu Kodeksning 1961, 224, 2241, 2242-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — chegara qo‘shinlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-114-sonli Qonuni asosida “e” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 400-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) ushbu Kodeks 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan soqchilikning mansabdor shaxslari tomonidan;
(291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan “j” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan.
(291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
(291-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qo‘shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(291-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |