Birinchi bo‘lim. Asosiy prinsiplar I bob. Davlat suvereniteti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.04.2020
Hajmi0,55 Mb.
#45324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


83-modda.

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  o‘z  davlat  hokimiyatining  oliy  vakillik  organi  orqali

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik

tashabbusi  huquqi  subyektlari  tomonidan  qonun  loyihasini  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  kiritish

orqali amalga oshiriladi.



(83-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  6-apreldagi  O‘RQ-426-sonli  Qonuni  tahririda  —  O‘R  QHT,  2017-y.,  14-son,  213-

modda)

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy

qonunining  27-moddasi,  “Qonunlar  loyihalarini  tayyorlash  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  kiritish  tartibi

to‘g‘risida”gi Qonunining 3 — 5-moddalari.

84-modda.

Qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinib,  Senat  tomonidan  ma’qullanib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti

tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  “Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  (yangi  tahriri)  5-bobi  (“Normativ-huquqiy

hujjatlarni e’lon qilish, ularning kuchga kirishi va amal qilishi”).

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan  qonun  qabul  qilingan  kundan

e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  ma’qullagan  qonun  imzolanishi  va  e’lon  qilinishi  uchun  O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan  qonun  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining

Qonunchilik palatasiga qaytariladi.

Agar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan  qonunni  qayta  ko‘rib  chiqishda  Qonunchilik

palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga

kelgan  kelishmovchiliklarni  bartaraf  etish  uchun  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senat  a’zolari  orasidan  tenglik  asosida  kelishuv

komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  va  Senatining  152-I,  112-I-sonli  qarorlari  bilan  tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.

Agar  qonun  avvalgi  qabul  qilingan  tahririda  tegishincha  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi

deputatlari  va  Senati  a’zolari  umumiy  sonining  kamida  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko‘pchilik  ovozi  bilan  ma’qullansa,  qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.

Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy

qonunining 28 — 33-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 23 — 28-moddalari,

O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 28 va 29-moddalari.

85-modda.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  o‘z  tarkibidan  Qonunchilik  palatasining  Spikeri  va  uning

o‘rinbosarlarini saylaydi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  va  uning  o‘rinbosarlari  yashirin  ovoz  berish  orqali

deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

(часть седьмой с

ст. 213)

Законодательная

Совместные  зас

принесении  присяги  П

важнейшим  вопросам 

руководителей  иностран

вопросам.

 Комментарий

См. статьи 10 и 

Узбекистан», статьи 10 и

Статья 82.

Законодательная

принимают постановлен

Постановления 

большинством  голосов 

предусмотренных насто



 Комментарий

См. части шесту

статью  7,  часть  четверт

Конституционного  закона

часть четвертую статьи

Сенате Олий Мажлиса Ре

Статья 83.

См. предыдущую 

Право законодат

лице  ее  высшего  предс

Республики  Узбекистан

Генеральному  прокурор

законодательной инициа



(статья 83 в реда

 Комментарий

См.  статью  27 

Узбекистан», статьи 3 –

палату Олий Мажлиса Рес

Статья 84.

Закон  приобрет

подписывается  Президе

порядке.


 Комментарий

См. главу 5  («Опу

нормативно-правовых акт

Закон,  приняты

принятия направляется в

Закон, одобренн

Республики Узбекистан 

Президент Респ

Закон, отклонен

Мажлиса Республики Уз

Если  при  пов

Законодательная  палата

принятым  Олий  Мажл

Узбекистан для подписа

По  отклоненно

паритетных  началах  мо

комиссию  для  преодоле

подлежит рассмотрению



 Комментарий

См. Порядок обра

утвержденное постановл

Президент  Респ

Узбекистан.

В случае одобре

соответственно депутат

подписанию Президенто

Опубликование 

 Комментарий

См. статьи 28 —

Узбекистан», статьи 23 

статьи 28 и 29 Закона Рес

Статья 85.

Законодательная

палаты и его заместител

Спикер Законод

голосов от общего числа


03.02.2020

 08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

https://www.lex.uz/ru/docs/-20596?otherlang=1

11/20


O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  yashirin  ovoz  berish  orqali  Qonunchilik  palatasi

deputatlari  umumiy  sonining  uchdan  ikki  qismidan  ko‘prog‘ining  ovozi  bilan  qabul  qilingan  Qonunchilik  palatasi  qaroriga  binoan

muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:

1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

3) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

5)  parlamentlararo  aloqalarni  amalga  oshirish  ishlariga  hamda  xalqaro  parlament  tashkilotlari  ishi  bilan  bog‘liq  Qonunchilik

palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan

o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi;

7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;

8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy

Qonunining 13 va 14-moddalari.

86-modda.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  o‘z  tarkibidan  Senat  Raisi  va  uning  o‘rinbosarlarini  saylaydi.  Senat  Raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy

sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  Raisi  yashirin  ovoz  berish  orqali  senatorlar  umumiy  sonining  uchdan  ikki

qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qarorlariga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:

1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

3) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

5)  parlamentlararo  aloqalarni  amalga  oshirish  ishlariga  hamda  xalqaro  parlament  tashkilotlari  ishi  bilan  bog‘liq  Senat

guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa

tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi;

7) Senat qarorlarini imzolaydi;

8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 13 va

14-moddalari.

87-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik

palatasi  muhokamasiga  kiritiladigan  masalalarni  dastlabki  tarzda  ko‘rib  chiqish  va  tayyorlash,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari

hamda  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlarning  ijrosini  nazorat  qilish  uchun  o‘z  vakolatlari  muddatiga

Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo‘mitalarni saylaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish

va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun

o‘z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo‘mitalarni saylaydi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  va  Senati,  zarurat  bo‘lgan  taqdirda,  muayyan  vazifalarni

bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy

qonunining 17 — 22-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 17 — 22-moddalari.

88-modda.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  deputatlariga  va  Senati  a’zolariga  ularning  deputatlik  yoki

senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  hamda  Senatda  doimiy  asosda  ishlovchi  Senat  a’zolari  o‘z  vakolatlari  davrida  ilmiy  va

pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.

Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki

sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunining  6-

moddasi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunining  6-moddasi,  “O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni.

(XVIII bob O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda  —  Oliy  Majlis  Axborotnomasi,  2003-y.,3-4-

son, 27-modda)

XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

Oldingi tahrirga qarang.

89-modda.

O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  davlat  boshlig‘idir  va  davlat  hokimiyati  organlarining  kelishilgan  holda  faoliyat

yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-89-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 152-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Спикер  Законод

Законодательной  палаты

тайным голосованием.

Спикер Законод

1) созывает засе

2) осуществляет

3) координирует

4) организует ко

5) руководит ра

связанных с работой меж

6)  представляет

другими государственны

7) подписывает 

8) осуществляет

Спикер Законод



 Комментарий

См. статьи 13 и 

Узбекистан».

Статья 86.

Сенат  Олий  Ма

Председатель Сената изб

Одним  из  заме

Республики Каракалпакс

Председатель С

общего числа сенаторов

Председатель  С

принятому более чем дв

Председатель С

1) созывает засе

2) осуществляет

3) координирует

4) организует ко

5)  руководит  р

работой международных

6)  представляет

другими государственны

7) подписывает 

8) осуществляет

Председатель С

 Комментарий

См. статьи 13 и 

Статья 87.

Законодательная

депутатов  Законодатель

подготовки  вопросов,  в

решений, принимаемых 

Сенат Олий Ма

предварительного  рассм

Узбекистан и решений, п

Законодательная

конкретных задач создаю



 Комментарий

См. статьи 17 —

Узбекистан», статьи 17 —

Статья 88.

Депутатам Зако

возмещаются расходы, с

Депутаты  Закон

полномочий не могут за

Депутат  Законо

неприкосновенности.  О

подвергнуты  мерам  ад

Законодательной палаты

 Комментарий

См.  статью  6  К

Узбекистан», статью 6  К

Республики Узбекистан «О

(глава XVIII в ред

См. предыдущую 

Статья 89.

Президент  Респ

взаимодействие органов

(статья 89 в реда

Узбекистан, 2007 г., № 15,


03.02.2020

 08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

https://www.lex.uz/ru/docs/-20596?otherlang=1

12/20


90-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita

saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir

shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri

saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  besh  yil  muddatga  saylanadi.  Prezidentni  saylash  tartibi  O‘zbekiston

Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.



(90-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2011-yil  12-dekabrdagi  O‘RQ-305-sonli  Qonuni  tahririda  —  Oliy  Majlis

palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 343-modda)

91-modda.

Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi,

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  faoliyatining  asosiy  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonuni,

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi.

92-modda.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga

kirishgan hisoblanadi:

“O‘zbekiston  xalqiga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishga,  respublikaning  Konstitutsiyasi  va  qonunlariga  qat’iy  rioya  etishga,

fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklariga  kafolat  berishga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni

vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.



Oldingi tahrirga qarang.

93-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:

1)  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklariga,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlariga  rioya  etilishining

kafilidir;

2)  O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti,  xavfsizligi  va  hududiy  yaxlitligini  muhofaza  etish,  milliy-davlat  tuzilishi

masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

4)  muzokaralar  olib  boradi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  shartnoma  va  bitimlarini  imzolaydi,  respublika  tomonidan

tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to‘g‘risida”gi  Qonuni  13-moddasining

birinchi qismi, 14-moddasi, 16-moddasining birinchi qismi, 19-moddasining birinchi qismi, 20-moddasining birinchi qismi.

5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi

birinchi qismining 8-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

7)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  mamlakat  ichki  va  tashqi  siyosatini  amalga  oshirishning  eng  muhim  masalalari

yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;

(93-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT,

2014-y., 16-son, 176-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  11-

moddasi  birinchi  qismi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  11-moddasining

birinchi qismi.

Oldingi tahrirga qarang.

8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda

davlat boshqaruvining boshqa organlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu

masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;



(93-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT,

2014-y., 16-son, 176-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasi

birichi qismining 13-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 8-moddasi

birinchi qismining 13-bandi.

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  13-

moddasining birinchi qismi.

Oldingi tahrirga qarang.

10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh

vaziri  nomzodini  taqdim  etadi  hamda  uni  iste’foga  chiqqanda,  Bosh  vazirga  nisbatan  bildirilgan  ishonchsizlik  votumi  O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod

qiladi;

(93-modda  birinchi  qismining  10-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  16-apreldagi  O‘RQ-366-sonli  Qonuni  tahririda  —  O‘R

QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasi

birinchi  qismining  15-bandi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  8-moddasi

birinchi qismining 15-bandi.

См. предыдущую 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish