2-gul. Ko‘pchilik erkaklar orzu qiladigan yoqimtoy, romantik, nazokatli ayolsiz. Sovg‘a, tuhfalar qabul qilishni juda xush ko‘rasiz. Sizdagi iliqlik, tabiiylik, sofdillik ko‘pchilikni o‘zingizga jalb etishdagi asosiy sabablardan biridir. Hayotda qo‘lga kiritishni xohlagan barcha istaklaringizga doim erishasiz va bunga odatlangansiz ham. Sizga mayda gulli ko‘ylaklar yarashadi va chiroyingizga chiroy qo‘shadi.
3-gul. Yaxshi taraflaringiz juda ko‘pligidan qay biri asosiy ekanini darrov aniqlab olish qiyin. Rostgo‘y, sofdil, beg‘uborsiz. Hayotdagi qiyinchilik, tashvishlarni doim ishonch yordamida yengasiz. Pazandasiz, har qanday sharoitda ham qulaylik, shinamlik yarata olasiz. Bunday ayollar barcha erkaklarning orzusi deyish mumkin. Ammo o‘z juftingizni tez uchrata olmaysiz. Biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Bunday ayol uchun muhimi, erkak kishining g‘amxo‘rligidir. Asosan, oq va qora rangdagi ko‘ylaklar yarashadi va sizdagi tabiiy go‘zallikni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |