1 -gul. Nazokatli ayollar toifasiga kirish bilan birga, e’tiborni o‘zingizga torta oluvchilardansiz. Qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, doim e’tiborni jalb eta olasiz va muhokama markaziga ham aylanasiz. Bu sizni hech tashvishga solmaydi. Atrofdagilarning tanqidlari sizni qiziqtirmaydi va ularning sizga bergan bahosi ham muhim ahamiyatga ega emas. Bundaylarga erkaklar juda tez ko‘ngil qo‘yadi va shu bois boshqa ayollar sizga hasad ham qiladi. Insonlarga ishonishingiz juda qiyin, biroq ishondingizmi, buning uchun tog‘ni talqon qilishga tayyorsiz. Sizga uzun etakli ko‘ylaklar va och yorqin rangdagi lab bo‘yoqlari yarashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |