Биринчи бўлим



Download 246,81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.07.2022
Hajmi246,81 Kb.
#734393
Bog'liq
avtomobillarning-yurish-qismiga-texnik-xizmat-ko0rsatish.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI 
“YER USTI TRANSPORTIZIMLARI” KAFEDRASI 
Mavzu
: Avtomobillarning yurish qismiga texnik xizmat 
ko’rsatish. 
 
 
 
 
 
Bajardi: “
Т-442” guruh
 
talabasi Muxammadiyev G’iyos 
 
Qabul qildi: Mustanov Odil
 
 
Qarshi-2015 


Avtomobillarning yurish qismiga texnik xizmat ko’rsatish 
Reja 
1. Yurish qismidagi asosiy nosozliklar 
2. Rama va osmalarga texnik xizmat kо‘rsatish 
3. Oldingi kо‘priklarga texnik xizmat kо‘rsatish 
4.
Kabina va kuzovlarga texnik xizmat kо‘rsatish 
Yurish qismi ramalar, о‘qlar va g‘ildirak osmalaridan iborat bо‘lib, ularning 
nosozligi avtomobil xarakatlanishida shovqin, tebranish, g‘ichirlash va siltanish kabi 
nohush holatlarni ketirib chiqaradi. Natijada xaydovchi va yо‘lovchilarning toliqishi va 
avtomobilda tashiladigan yukning saqlanuvchanligi susayadi. 
Yurish qismi elementlaridagi nosozliklar asosan avtomobilning eng yuqori 
maksimal yuk kо‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, 
shakl berilmagan yо‘llarning og‘ir sharoitlarda ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq 
deformatsiya olib egiladi, unda yoriqlar paydo bо‘ladi, parchin mixli birikmalar 
bо‘shashadi, dvigatel transmissiya agregatlarini о‘zaro tо‘g‘ri joylashuvi buzildi. 
Oldingi о‘qdagi asosiy nosozliklarga tо‘sinni egilishi, shkvoren va shkvoren 
vtulkalarining yeyilishi, g‘ildirak podshipniklarining oboymalari о‘rnashadigan joylarning 
ishdan chiqishi, g‘ildiraklarni о‘rnatish burchaklarining buzilishi va shu kabilar kiradi. 
О‘rnatish burchaklarining buzilishi oqibatida avtomobilni boshqarish yomonlashadi va 
shinalarni yeyilishi oritadi. Ressorni sinishi yoki osma prujinasini chо‘kib qolishi, 
shuningdek, amartizatorlarni buzilishi ham oxir-oqibatda shinalarning tez yeyilishiga olib 
keladi.
Yurish qismining kо‘rsatib о‘tilgan nosozliklari avtomobilni tо‘g‘ri chiziqli 
harakatdan о‘ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi 
boshqariluvchi 
g‘ildiraklarning ta’siri, avtomobilni bir tomonga qiyshayishi, 
harakatlanishi paytida osma atrofidagi taqqilashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga 
keladi. 
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida 
aniqlanadi. 1-TXK ning ish hajmiga amartizatorlarni, oldingi va orqa osmalarning holatini 
hamda mahkamlanishini tekshirish, g‘ildirak gupchagi podshipniklaridagi va buriluvchi 
sapfa shkvorenlaridagi lyutflarni о‘lchash, shuningdek, ramani va oldingi о‘q tо‘sinining 
holatini baholashlar kiradi. Moylash xaritasiga mos ravishda grafik bо‘yicha, buriluvchi 
sapfa shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki podshipniklari moylanadi. Shinalar 
ahvoli va ulardagi havo bosimi tekshiriladi, zarur bо‘lsa normaga keltiriladi.
2-TXK da yuqorida aytib о‘tilgan ishlarga qо‘shimcha ravishda oldingi va orqa 
kо‘priklarni tо‘g‘ri о‘rnatilganligi, oldingi g‘ildiraklarni о‘rnatish burchaklari tekshiriladi 
hamda zarur bо‘lsa rostlanadi, oldingi va orqa ressorlarning barmoqlari, uzangisimon 
tortqilari hamda xomutlari, ammartizatorlar va ressor yostiqchalar mahkamlanadi, 
g‘ildirak podshipniklariga minimal tirqishlar qо‘yiladi.


 
Ramani kо‘rikdan о‘tkazib, uning geometrik shakli va о‘lchamlaridagi о‘zgarishlar, 
darzlar mavjudligi, lnjeronlar va kо‘ndalang tо‘sinlarni egilganligi, ressor, ressorostligi va 
amartizatorlar kronshteynlari ramaga mahkamlanishi tekshiriladi.
Ramaning geometrik shaklini tekshirishni, rama kengligini lonjeronlarning tashqi 
tekisligi bо‘yicha oldindan va orqadan о‘lchab kо‘rish orqali bajarish mumkin. Rama 
kengligidagi farq GAZ avtomobillari uchun 4mm. dan ortmasligi lozim. Rama 
lonjeronlarini boshlang‘ich holatga nisbatan surilishini, ramadagi kо‘ndalang tо‘sinlar 
orasidagi diagonallarni ayrim uchastkalarda о‘lchab kо‘rib aniqlash mumkin. Har bir 
uchastkalardagi diagonallar uzunligi bir xil bо‘lishi kerak. Minimal chetga chiqishlar 
5mm. dan kо‘p bо‘lmasligiga ruxsat etiladi.
Kо‘priklarni о‘zaro vaziyati, oldingi va orqa kо‘priklar о‘qlari orasidagi masofa 
о‘ng hamda chap tomondan о‘lchab kо‘rib aniqlanadi. О‘lchangan masofalarni bir-biridan 
farq qilishiga ruxsat etilmaydi. Agar rama holatini tekshirishda uning konstruksiyasida 
jiddiy nosozliklar yoki bazaviy о‘lchamlarda ruxsat etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar 
aniqlansa, u holda avtomobil asosiy ta’mirlashga jо‘natiladi.
Osmalarni holati, texnik xizmat kо‘rsatish chog‘ida tashqi kо‘rikdan о‘tkazib, 
ularning mahkamlanishi esa kuch qо‘yish orqali tekshiriladi. Ressorni kо‘rikdan о‘tkazib, 
singan yoki darz ketgan listlar aniqlanadi. Ressorlar kо‘zga kо‘rinadigan darajadagi 
bо‘ylama siljishga ega bо‘lmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltni kesilishi oqibatida 
sodir bо‘lishi mumkin. Ressorlarni ishonchli mahkamlanishini tekshirishda alohida 
e’tiborni uzangisimon tortqi gaykalarini qanday tortilganligiga hamda ressorni sharnirli 
mahkamlaydigan vtulkalardagi yeyilishlarning bor-yо‘qligiga qaratish lozim. Agar 
ressorni bir uchi rezina yostiqchalarga mahkamlangan bо‘lsa, u holda yostiqchalarning, 
butunligi va ularning tayanchda tо‘g‘ri joylashganligi tekshiriladi. Ressorning 
uzangisimon tortqilaridagi va xomutlaridagi gaykalarni bir tekisda, avval oldingilari 
avtomobilning harakatlanishi bо‘yicha, keyingilari tortib qо‘yiladi. 
Ressorlarni elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi bо‘yicha tekshiriladi. 
Bu kо‘rsatkichni ressor uchlari orasidagi ip tortib va ipdan, egilgan о‘zak listni 
о‘rtasigacha bо‘lgan tik masofani о‘lchab aniqlash mumkin. Avtomobil osmalaridagi 
ressorlar bir-biridan yoysimonlik bо‘yicha 10mm. dan kо‘p farq qilmasligi kerak. 
Avtomobil harakatlanganda ressorlarda g‘ichirlashlar, shuningdek, listlarda zanglar paydo 
bо‘lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish va grafitda moylash lozim bо‘ladi.
Amartizatorlarga texnik xizmat kо‘rsatish ularning mahkamlanishini tekshirishdan 
va yeyilgan rezina vtulkalarni о‘z vaqtida almashtirishdan iborat bо‘ladi. Germetiklikni 
nazorat qilishga qaratiladi. Agar amartizator о‘z xossalarini yо‘qotgan va sirtida suyuqlik 
oqqan bо‘lsa, u holda amartizator ta’mirlanadi, sinovdan о‘tkaziladi, sо‘ng avtomobilga 
о‘rnatiladi.

Gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, kо‘prik balkasi va burilish 


richaglarining egilishi, shkvorenni о‘rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining 
yeyilishi, buriluvchi sapfalar podshipniklarini о‘rnatish teshigining yeyilishi misol 
bо‘ladi. Oldingi kо‘prik detallarining yeyilishi g‘ildiraklar о‘rnatish burchaklarini 


buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomobilni boshqarishni 
qiyinlashuviga olib keladi.
Avtomobillarning gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda 
aylanishi vaqtida bajariladi. Gupchak sozlovchi gaykasini oxirgacha kalit yordamida 
tortiladi va GAZ avtomobillarida 1

5 aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida 
esa eng yaqin shplint о‘rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi. Podshipniklarning va 
gupchakning ichki qismi surkov moyi bilan tо‘ldiriladi va gupchak qalpog‘i о‘rnatiladi. 
Shkvoren birikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori 
avtomobilning oldingi kо‘prigiga о‘rnatiladi. g‘ildirak osib qо‘yiladi va indikatorning 
о‘lchash sterjeni tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi. Agarda shkvoren 
birikmasida yeyilish bо‘lsa, u holda g‘ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini 
kо‘rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5mm gacha bо‘lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb 
hisoblanadi.
Oldingi kо‘priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bо‘laklarga ajratiladi. 
Shkvorenlarni, uning barmoqlarini, tashqi va ichki podshipniklarini yechish uchun maxsus 
yechgichlardan foydalaniladi. Yedirilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari 
yangisiga almashtiriladi. Oldingi kо‘prik balkasini egilganligini maxsus moslamalar, 
shablonlar, lineykalar va burchak о‘lchagichlar yordamida aniqlanadi.
Yedirilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Avval vtulkaning bir 
tomoni, keyin esa ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida о‘rnida qolgan 
vtulka, о‘rnatilayotgan vtulka uchun markazlovchi rolini о‘ynaydi.
Oldingi kо‘prik nosozliklarining eng kо‘p uchraydigani g‘ildirakni о‘rnatish 
burchaklarini buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avto-mobillari va avtobuslar uchun faqat 
yaqinlashuv burchagi, yengil avtomo-billar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, 
shkvorenning bо‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va 
yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu 
ketma-ket-likka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakni buzilishiga olib keladi. 
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g‘ildiraklarning og‘ish burchagi hamda 
shkvorenni bо‘ylama og‘ish burchagini buzilishi, balkani deformatsiyasi hisobiga 
о‘zgaradi. Agar balkani tо‘g‘rilashning imkoni bо‘lmasa uni yangisiga almashtiriladi. 
Hozirda ishlab chiqarilayotgan oldingi osmasi 2 ta richagdan iborat bо‘lgan yengil 
avtomobil g‘ildiraklarining og‘ish burchagi yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yо‘li 
bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir xilda tiqinlar qо‘shiladi. 
Shkvorenni bо‘ylama og‘ish burchagini richak о‘qlarini gorizontal tekislikda burash 
hisobiga sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib ikkinchisiga 
qо‘yiladi. Tiqinlarni о‘zgartirish soni sozlanuvchi burchakka bog‘liq. g‘ildirakning og‘ish 
burchagi va shkvorenni bо‘ylama og‘ish burchagini sozlash uchun 1ta operatsiya 
bajarilishi kerak. Shuning uchun nomogramma ishlab chiqilgan.
Birlamchi g‘ildirakning 

-og‘ish burchagi о‘lchanadi va uning meyoriy 
kо‘rsatkichdan farqi aniqlanadi. Bu kattalikni nomogrammaning о‘qi bо‘yicha qо‘yiladi. 
Xuddi shunday ish shkvorenning bо‘ylama og‘ish burchagi-

uchun bajariladi. Keyin bu 


kattaliklarning tutashish nuqtasi-a aniqlanadi va uni nomogramma tо‘ridagi eng yaqin 
tutashish chizig‘iga suriladi.Aniqlangan koordinatalar oldingi va orqa boltlar uchun 
qanchadan tiqin qо‘yilishi (
«

»
belgisi) yoki qanchadan tiqin olinishini (
«-»
belgisi) 
kо‘rsatadi. Rasmda GAZ-24 avtomobil g‘ildiragining og‘ish burchagini 

45

va shkvoren 
og‘ish burchagini 

40

ga о‘zgartirish uchun oldingi bolt tagiga 5ta tiqin va orqa bolt 
tagiga 2ta tiqin qо‘shish zarur.
Makferson tо‘lg‘anuvchi sham turidagi osmali yengil avtomobillar uchun 
g‘ildirakning og‘ish burchagi va burilish о‘qining og‘ishini sozlash har bir marka 
avtomobili uchun о‘ziga xos hisoblanadi. Masalan, AZLK-2141 avtomobili uchun og‘ish 
burchagini sozlovchi ekssentrikni-1 burash evaziga, hamda burilish о‘qi og‘ishini 
muvozanatlovchidagi-2 sozlovchi shaybalarni-3 qо‘nimga-4 qо‘yish yoki olish evaziga 
sozlash ishlari bajariladi. 3mm qalinlikdagi shaybalar burchakni 20

ga о‘zgarishini 
ta’minlaydi.
Burilish burchaklarining bir biriga monandligi tortqilardan birini qisqartirish, 
ikkinchisini uzaytirish hisobiga sozlanadi. Bu shartni bajarmaslik yaqinlashuv burchagini 
о‘zgarishiga olib keadi. 
G‘ildirakning yaqinlashuv burchagini tо‘g‘ri sozlash eng muhim hisoblanib, uni
meyorida bо‘lmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
Yuk avtomobillarining yaqinlashuv burchagini kо‘ndalang rul tortqilari uzunligini 
о‘zgartirish yо‘li bilan, chervyakli rul mexanizmli yengil avtomobillarni – ikki yon 
tomondagi tortqilardan birini, reykali rul mexanizmli yengil avtomobillar uchun har bir 
g‘ildiragining og‘ish burchagi, ularni sozlovchi rul tortqilarining uzunligini о‘zgartirish 
yо‘li bilan sozlanadi.
Orqa g‘ildiraklari yetaklovchi avtomobillar harakatlanishida, rul trapetsiyasining
tag tirqishlari kattaligiga yо‘l qarshiligi kuchlari ta’siri ostida oldingi g‘ildiraklar 
kengayadi oldingi g‘ildiraklari yetaklovchi avtomobillarning tortish jarayonida esa 
torayadi. Yaqinlashuv burchagining meyoriy kо‘rsatkichlari hamma vaqt ham bu shartni 
ta’minlamaydi.
Buning asosiy sababi, oldingi g‘ildiraklar osmasi bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan, har 
bir avtomobil texnik holatini о‘zgachaligidadir. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun 
yengil avtomobillarning yaqinlashuv burchagini yuklanish kuchlari ta’sirida sozlash usuli 
qо‘llanadi, ya’ni maxsus yuklovchi ta’sirida avtomobilning oldingi kо‘prigiga vertikal 
kuch 500-600N va oldingi g‘ildirakka siquvchi kuch ta’sir etiladi. Siquvchi kuch F
sh
qiymati nomogramma yordamida 

-og‘ish burchagini, kо‘pincha avtomobilning 
harakatlanadigan tezligini, shina protektorini yedirilganlik darajasini % da va sozlash 
davrini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Sozlash vaqtida yaqinlashuv burchagi 0 

5

oralig‘ida о‘rnatiladi, bu avtomobil g‘ildiraklarni harakat vaqtida ham xuddi shu holatda 
bо‘lishini ta’minlaydi. 
1-TX kо‘rsatish vaqtida rul boshqarmasi va oldingi о‘q bо‘yicha rul 
chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi podshipniklari, 


gidrokuchaytirgichli tizim germetikligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, 
buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi.
2-TX kо‘rsatishda 1-TX ni hisobga olgan holda oldingi о‘q balkasini va oldingi 
g‘ildirakning 
о‘rnatish 
burchaklari 
tо‘g‘ri 
о‘rnatilganligi, 
g‘ildiraklarning 
muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning 
qotirilganligi tekshiriladi.
Avtomobillarning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari: ularning 
qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli 
birikmalarning bо‘shashib ketishidan iborat. 
Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash 
va yuzalarni silliqlash, qо‘shimcha detallar qо‘yish, himoya qatlamlarini yangilash 
yо‘llari bilan tiklanadi. 
Zanglash mahsulotlari metall chо‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. 
Payvandlash ishlarini bajarishda kо‘pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. 
Payvandlash qо‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi. 
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qо‘shimcha qoplama 
qо‘yiladi, о‘z navbatida bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24mm chiqib turishi zarur. 
Pichoqlangan yerlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan 600-650 

S gaz 
gorelkasi yordamida holda tо‘g‘rilanadi. Qizdirib tо‘g‘rilash metall qavat-qavat bо‘lib 
qolganda yoki sovuq holda tо‘g‘rilab bо‘lmay qolganda bajariladi. 
Pachoq ikki harakatda tо‘g‘rilanadi. Avvalambor pachoq bо‘lgan joy urib 
chiqariladi. Chiqarilgan qismning ustiga mahsus ushlagich qо‘yib markazdan sirtga qarab 
mahsus bolg‘acha yordamida tо‘g‘rilanadi, sо‘ngra yog‘och yoki rezina bolg‘acha 
yordamida tekislanadi. 
О‘tkir qirrasi va egilishi bо‘lmagan chuqur pachoqlarni chiqarish о‘rtasidan 
boshlanadi va asta-sekin bolg‘acha yoki rezina bolg‘acha bilan tekislash tashqi tomonga 
qarab davom ettiriladi. О‘tkir qirrali burchaklari bо‘lgan pachoqlarni о‘tkir qirradan yoki 
taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurlik bо‘lsa, metalning 
tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg‘acha bilan urib bartaraf etiladi. 
Chuqurlik chegarasiga yaqinlashishda bolg‘acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. Qancha 
kо‘p aylana bо‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda bir-
biriga yaqin bir necha chuqurliklar bо‘lsa, avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta 
chuqurlikka keltiriladi, sо‘ngra chuqurlikning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari 
bajariladi.
Silliqlash ishlari tо‘g‘rilanayotgan yuzaning shakliga qarab tanlab olingan 
ushlagichlar bilan tekislash bolg‘achalari yordamida qо‘lda yoki maxsus jihozlar va 
mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi.
Masalan, avtomobil qanotlarining qattiq chо‘zilib ketgan yerlarini urish yо‘li bilan 
tо‘g‘rilab bо‘lmaydi. Bu hollarda qattiq pachoq bо‘lgan va tekis bо‘lmay qolgan yuzalar 
kesib olib о‘rniga kerakli listni payvandlash yо‘li bilan tekislanadi. Qiyshiqliklar va 
egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida tо‘g‘rilanadi. 


Yuza tekislab bо‘lmas holatda bо‘lsa, ayrim bо‘laklari temir arra, temir qaychi yoki 
boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, о‘rniga shablon yordamida metall listlardan 
tayyorlangan bо‘laklar payvandlanadi.
Yengil avtomobillar va avtobuslarning kuzovlari yaroqsiz holatga kelishi, zanglash 
oqibatida yuzaga keladi. 
Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq bо‘lib, ular 
avtomobillarning yurgan yо‘li va ishlash muddati hisoblanadi.
Uzoq ishlashi bо‘yicha kuzov detallari 2 guruhga bо‘linadi: 
- oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari; 
- oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari. 
VAZ avtomobili kuzovi detallarini yemirilish vaqti о‘rtacha yillik yurgan yо‘li va 
zanglashga qarshi qoplamalar yangilanmagan 
Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 yil yoki 50 ming 
km ni tashkil etadi. 
Birinchi guruh detallarini yaroqsiz holga kelishi, kuzovning tashqi kо‘rinishiga 
salbiy ta’sir kо‘rsatadi, ammo uning baquvvatlik kо‘rsatkichlarini о‘zgartirmaydi. 
Ikkinchi guruh detallarini zanglashi va chirishi avtomobil baquvvatliligini susaytiradi. 
Kuzovning yon ustunlarini va lonjeronlarining chirishi bunga misol bо‘la oladi.
Amaliyot shuni kо‘rsatadiki, birinchi guruhdagi har qanday detalni almashtirish 
maqsadga muvofiq emas, chunki payvandlangan joy ikkinchi guruh detallarining ishdan 
chiqishigacha yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Birinchi guruh detallarining zanglab 
yemirilishi mahalliy xarakterga ega bо‘lib, uncha katta bо‘lmagan yuzalar shikastlanadi. 
Ularni ta’mirlashda termoplastik massalardan epoksid tarkiblaridan va yumshoq 
kavsharlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning «panel» 
usuli kо‘p qо‘llaniladi. Zanglash yoki halokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov 
bо‘lagi olib tashlanadi, hamda uning о‘rniga yangi yoki boshqa avtomobildan kesib 
olingan xuddi shunga о‘xshash ta’mirlash detali paneli о‘rnatiladi.
Avariyaga uchragan kuzovlarni tо‘g‘rilash uchun mahsus moslamalardan 
foydalaniladi, ular kuzov profili bо‘yicha, geometrik о‘lchamlariga rioya qilgan holda 
tortish yо‘li bilan о‘z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620 rusmdagi jihozlardan 
foydalaniladi. Uning ramasiga avtomobil qotiriladi, qо‘lda yoki gidravlik tо‘g‘rilash 
moslamalarida kuzovni tortish va tо‘g‘rilash ishlari bajariladi. Yuk avtomobillari metal 
kuzovlarini tо‘g‘rilash tartibi uning kabina va tayanchlarini tо‘g‘rilash tartibiga monand 
bо‘ladi. Kuzov metalining qalinligi tayanch metalining qalinligidan katta bо‘lganligi 
uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo tо‘g‘rilash qiyinlashadi.
Payvandlash ishlarida kо‘pincha elektr yoyli payvandlash usulidan foydalaniladi
tо‘g‘rilash ishlarini bajarishdan avval esa yuza 600-650

S ga qizdiriladi.
Buyoqchilik ishlari kuzov ishlari bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, ATK sharoitida 
bо‘yash va gruntovkalash bо‘yoqsepgichlar yordamida bajariladi. 


Eng kо‘p tarqalgani bosim ostida bо‘yoq sepish 0.3-0.7MPa bо‘lib, u mahsus 
jihozlar talab qilmaydi. Buning uchun bо‘yoq eritgichlar yodamida suyultiriladi. Natijada 
bо‘yoq qurigach, eritgich uchib ketadi va yuzadagi bо‘yoq zarrachalari orasida yoriqlar 
hosil bо‘lib, yuzaning zanglashga qarshi hususiyati, kо‘rinishi va sifati pasayadi. 
Takomillashgan bо‘yash usullaridan biri kamroq eritgichga ega bо‘lgan 
bо‘yoqlardan foydalanish, bо‘yoq 50-70

S gacha qizdiriladi va 0.15MPa bosim ostida 
sepiladi, natijada buyoqni 25% gacha tejash mumkin. Bu usul bо‘yoqni yuzaga tekis va 
qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi. Ammo, yong‘inga qarshi havfsizlik 
qonunlariga asosan, bо‘yoqchilik ustaxonalarida bо‘yoqni faqat issiq suv bilan isitish 
mumkin, lekin isitish anjomi bо‘yash kamerasida bо‘lishi mumkin emasligi qiyinchiliklar 
tug‘diradi. 
Hozirda vaqtda bо‘yoqni mahsus jihozlar yordamida 10-30MPa bosim ostida, 0.17-
1.0mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham foydalanilmoqda. Bu usulda 
mehnat unumdorligi juda yuqori va bо‘yashda katta maydondan foydaliniladi. Bu usulda 
quyuq bо‘yoqlarni eritmasdan turib foydalanish mumkin. Bо‘yash vaqtida tumanlik hosil 
bо‘lishi juda kam va kerakli bо‘yoq qalinligiga bir sepishda erishish mumkin. Bо‘yalgan 
yuzaning kо‘rinishi boshqa usullarga qaraganda pastroq, chunki yuqori bosim hosil qilish 
uchun foydalaniladigan plunjerli nasoslar bо‘yoqni bir tekis sepilishini unchalik ta’minlay 
olmaydi. Lekin hozirda bu kamchilikni bartaraf etish yо‘llari topilgan. 
Bо‘yash ishlari texnologik jarayoni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: metall 
yuzani bо‘yashga tayyorlash zangdan, eski bо‘yoqdan yuzani tozalash, shpatlevka surtish 
yuzaga surtiladi va silliqlanadi, grun-tovka surtish GF-021 surtib, 1.5-2.0 soat quritiladi, 
bо‘yash ML-12, ML-197, ML-110 turidagi bо‘yoqlar sepilib, yuza 130-140

S da 20 soat 
davomida, shundan 2 soat changga, 6 soat yopishqoqlikka, 12 soat mustahkamlikka 
quritiladi. 
ATK da avtomobillarni rangi har xil bо‘lganligi uchun, kerakli rangdagi bо‘yoqni 
topish mushkul, shuning uchun kerakli rangni tayyorlash zarur. Buning uchun rangli 
xalqadan foydalaniladi. Uch xil rang, ya’ni qizil, sariq va havo rang boshqa ranglarni 
hosil qila oladi. Rangli halqadagi pushti rangdan tashqari barcha ranglar xromatik 
hisoblanadi. Pushti, oq, qora va ularning aralashtirishdan hosil bо‘lgan kulrang axromatik 
hisoblanadi. Axromatik rangni xromatik rangga qо‘shilganda ikkinchisi о‘z tusini 
yо‘qotmaydi, faqat tо‘qroq yoki ochroq bо‘lishi mumkin. Kо‘k rangni oq rang bilan 
aralashtirsa havorang, qora bilan esa tо‘q kо‘k rang hosil bо‘ladi.Ishlab chiqarishda 
mahsus bо‘yoq aralashtirgich qurilmalardan foydalaniladi va ranglar spektr analiz 
yordamida tanlanadi. 
Foydalaniladigan darsliklar va o’quv qo’llanmalar royxati 
Asosiy 
1.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. – 56 b. 
2.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. Qayta ishlangan va to’ldirilgan ruscha 4-
nashridan (prof. Kuznetsov Ye.S. tahriri ostida. M.:Nauka 2004y. 535 b.) tarjima prof. 


Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 
670 b. 
3.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirligi avtotransport oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida 
tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-
NASHRIYOT”, 2008. – 560 b. 
4.
Texnicheskaya ekspluatatsiya avtomobiley. Uchebnik dlya VUZov. Pod red. 
Prof. YE.S. Kuznetsova. M: Nauka, 2002 g. 
5.
Borovskix Y.I. i dr. Avtomobillarning texnik tuzilishi, texnik xizmat kо‘rsatish 
va ta’mirlash. Toshkent: «Mexnat», 2001. 
6.
O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. 
Toshkent, 2005 yil.

Download 246,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish