Termoelektr materiallar va termoelektr o‘zgartkichlar
Turli o‘tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi
mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llanishga yarayvermaydi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdanko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYuK ning vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi haroratga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik harorat koeffisientining katta bo‘lmasligi va katta elektr o‘tkazuvchanlik. Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYuK ning haroratga funksional
bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy —
platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYuK bilan harorat orasidagi
bog‘lanish 300 dan 1300°C gacha bo‘lgan oralikda, sovuq ulanma harorati 00C
bo‘lganda etarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi:
E(t,t0)=a+bt+ct2 (2.28)
bu yerda, a b va s — surma (630,50S), kumush (950, 8°S) va oltin (10630C) larning qotish harorati buyicha
aniqlanadigan doimiylar.
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar
qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan. Xromel — kopelli (56% Si — 44%Ni) termoelektr termometrlar standart termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffisientiga ega (70...90 mk V/°C). Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy qo‘llanishi 600°C dan kam va, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun faqat 400°C ni tashkil etadi. Yuqorigi o‘lchash chegarasi kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq Nikel-xrom — nikel-alyuminiyli (94%Ni + 2%A1 + 2,5% Mn + 1 %Si+0,5% ko‘shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash uchun ko‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikelalyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan kamroq chidamli. Qo‘llanishning yuqorigi chegarasi termoelektrod diametriga bog‘lik. Diametri 3...5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llanishning yuqori chegarasi nikel-xrom-nikel alyuminiyli termometrlarda 1000°C ni tashkil etadi. 0,2...0,3 mm diametr uchun 600°C dan ortiq emas. Platina-rodiy (90% platina—10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 1300°C harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600°C gacha bo‘lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral muhitlarda darajalash xarakteristikasining barqarorligini saqlaydi. Ulardan foydalanish maksadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi. To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi. Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYuK kamligidir. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo‘ladi. Platinorodiy (30% rodiyli)—platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600°C gacha
oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1800°C gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod — 30%
rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina
qotishmasidan tashkil topgan.
Mazkur termometrlar platinarodiy-platinali termometrlarga qaraganda darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yukoriligi bilan ajralib turadi. Volframreniy — volframreniyli (TVR—5/20 va TVR—10/20) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200°C gacha va qisqa vakt davomida2500°C gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni o‘lchashga mo‘ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |