Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari



Download 6,28 Mb.
bet150/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

O‘lchash-hisoblash tizimi (O‘HT)—bu tarkibiga dastu bilan boshqariluvchi
raqamli hisoblash qurilmasi (mikroprosessor, mikro va mini EHM va hokazolar)
kiruvchi AO‘T dir.
O‘lchash-hisoblash majmuasi (O‘HM) — O‘HT ning universal yadrosi
bo‘lib, unga o’lchash axborotnga raqamli ishlov berish, saqlash, qayd etish va
akslantirish kiradi (bundan birlamchi o’lchash o‘zgartkichlari mustasno).
Elektrik kattaliklarni o‘lchashda O‘HT va O‘HMning texnik vositalari bir xil
bo‘lishi mumkin, chunki axborotni birlamchi o‘zgartirish amalda bo‘lmaydi.
AO‘T ning o’lchash va axborotini olish, ishlov berish va uzatish vositalarining
mahalliy avtomatik ishlashini tizimli tashkil etishdan iborat asosiy konsepsiyasi
(yo‘nalishi) ko‘p jihatdan rivojlanuvchi raqamli hisoblash texnikasi ta’sirida XX
asrning 60-yillarning boshlarida ifodalangan edi. O‘sha vaqtlardaa AO‘T ning
birinchi avlodi yaratilgan bo‘lib, ular axborotni AO‘T ga kirgan maxsuslashtirilgan hisoblash qurilmalari yordamida ishlov berish bilan markazlashgan siklik olish bilan ifodalanadi. Bunday AO‘Tlarning elementlar bazasi diskretli — yarim o‘tkazgichli texnika bo‘ladi. Texnologik jarayonlarda birinchi avlod AO‘Tlar markazlashgan nazorat tizimi ko‘rinishida foydalanilar edi. Bu AO‘Tlar kimyoviy-texnologik jarayonlarda uning kechishi tarixi va an’anasini aniqlashni qiyinlashtiruvchi o‘lchash axborotini ifodalashning jadval shakli tufayli, shuningdek, jarayonda foydalaniladigan o‘lchashlar va boshqarishning shchitli tizimi funksiyalarini takrorlash tufayli keng ko‘llaniladi. AO‘Tlarning ikkinchi avlodi XX asr (70-yillar) axborotni adresli to‘plash, uni AO‘T tarkibiga kiruvchi EHM yordamida ishlash va kichik hamda integrasiya darajasidagi mikroelektron sxemaning element bazasi sifatida foydalanish bilan ifodalanadi.
AO‘Tlarning hozirgi vaqtda rivojlanayotgan uchinchi avlodi ularning tarkibida katta mikrosxemalar, mikroprosessorli komplekt va mikroEHMlarning foydalanishi bilan ifodalanib, bu AO‘T ning ko‘pgina tavsiflarini ancha yaxshilashga va axborotni to‘plash, ishlov berish hamda saqlash jarayonini ma’lum darajada markazlashtirmaslikka imkon beradi. Bu AO‘T larda mikroprosessor vositalar hisobiga axborotni olish joyiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan joylarda, masalan, qarab chiqilgan MPT ichiga qurilgan o’lchash qurilmalarida axborot ishlanadi va oraliq saqlanadi. Markaziy EHM bunda ancha murakkab va tezkor masalalarni bajaradi. Ikkinchi va uchinchi avlod axborot-o’lchash tizimlari yuqorida keltirilgan ta’rifga muvofiq AHT ni ifodalaydi. Hozirgi vaqtda sanoatda AHK larning bir qancha turlari ishlab chiqarilmoqda, ularga AO‘T ni yaratish uchun tegishli o’lchash qurilmalarini ulash etarli. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda, texnologik parametrlarni o‘lchash masalasi rostlash va boshqarish masalalari bilan uzviy bog‘liq holda hal qilinganda
AHT lar TJABT doirasida uning tarkibiga kiruvchi boshqaruvchi hisoblash
mashinalari (BHM) yoki boshqaruvchi hisoblash komplekslari (BHK) asosida yaratiladi. TJABT ni tashkil etish o‘z mafkurasiga ko‘ra uchinchi avlod AO‘T lari
uchun AHK ni tashkil etishga o‘xshash. Zamonaviy AHT va BHK da magistral modul struktura bo‘yicha yasalgan mikroprosessorlar, mini va mikroEHMlarning keng qo‘llanilishi apparat vositalarining ko‘payishining soddaligini va AHT yoki BHK hal qiladigan masalalarni dasturlash yo‘li bilan o‘zgartirishga imkon beradi. Buni AO‘T larining barcha turlari, xususan, axborotni to‘plash va ishlov berish o’lchash tizimlari, avtomatik nazorat tizimlari, texnik diagnostika va texnik shakllarni ajratish tizimlari asosan bir xil strukturaga ega bo‘lishi belgilab beradi, bu struktura umumlashtirilgan ko‘rinishda 9.7-rasmda ko‘rsatilgan.

9.7 – rasm. Axborot-hisoblash tizimining struktura sxemasi.
Birlamchi o’lchash axboroti, masalan, kimyoviy-texnologik jarayonning
(o’lchash ob’ekti — O‘O) parametrlari haqidagi axborot birlamchi o’lchash
o‘zgartkichlari (BO‘O‘) tomonidan ishlab chiqiladi, BO‘O‘ signallari analogli oraliq o‘zgartkichlari blokida (AOO‘B) energiyaning shakli va turiga qarab bir
xillashtiriladi va shakli o‘zgaradi (masalan, pnevmatika elektr energiyaga aylanadi). Analog-raqamli o‘zgartkichlar blokida (ARO‘B) bir xillashtirilgan analogli elektr kanallar kodga almashtiriladi va raqamli qurilmaga (RQ) keladi, bu vazifani zamonaviy AHT da mini yoki mikroEHMlar o‘taydi. Xususiy hollarda raqamli qurilmalar sifatida mikroprosessorlar, maxsuslashtirilgan hisoblash qurilmalaridan foydalaniladi. AHT da chiqish qurilmasi sifati displey, raqamli indikatorlar, signalizatorlar, magnit lentalarida to‘plagichlar va hokazolardan foydalaniladi. Raqamli-analogli o‘zgartkichlar (RAO‘) bloki o‘lchanayotgan kattaliklarni o‘zgartirish jarayonida kompensasiyalovchi ta’sirlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. AHT ning barcha ish (funksional) bloklari o‘zaro standart interfeys qurilmalar (IFQ) orqali birlashtirilishi mumkin. AHT ni boshqarish esa boshqarish qurilmasi (BQ) orqali amalga oshiriladi. Xususiy hollarda AHTning yuqorida nomlari zikr etilgan bloklaridan ba’zilari bo‘lmasligi mumkin. Masalan, agar AHTda chiqish signali kod ko‘rinishda bo‘lgan yuqorida qarab chiqilgan o’lchash qurilmalaridan foydalanilsa, u holda AHT ga AOO‘B va ARO‘B bloklarini kiritish zarurati qolmaydi. Kimyoviy – texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda AHT lar ayni bir PO‘O‘ lardan kelayotgan o’lchash axborotlaridan foydalanib, o‘lchash, nazorat va texnik diagnostia vazifalarini bajaradi, bu vazifalar AHK dastur vositalari bilan amalga oshiriladi. AHT ning asosiy vazifalaridan biri o‘lchash axborotini to‘plash va ishlov berishdir. Bunda AHT ham bevosita, ham bilvosita o‘lchashlarning bajarilishini, shu bilan birga jaryonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisobining bajarilishini ta’minlaydi. 9.2-jadvalda AHT dan bilvosita majmua o‘lchashlarni bajarishda foydalanishga misollar ketirilgan.
9.2-jadval

Kimyoviy-texnologik jarayonlarda AHT yordamida amalga oshiriladigan bilvosita va majmua
o‘lchashlar



AHT yordamida olingan axborotni operativ, statistik va hisobot turlariga
bo‘lish qabul qilingan. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish uchun foydalaniladigan axborot operativ axborot deyiladi. Texnik-iqtisodiy parametrlar haqidagi axborot uning muhim qismi hisoblanadi.
Ko‘p marta o‘lchamlar asosida olinadigan va texnologik jarayonning sifati
haqida uzoq vaqt davomida (bir necha coat, kun, oy) hukm yuritishga imkon beruvchi axborotga statistik axborot deyiladi. Xoma shyo miqdori, sifati va turi, texnologik jarayonning oraliq va pirovard mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot hisobot axboroti deyiladi.
AHT dan foydalanishning hozirgi paytda jadal rivojlanayotgan ikkinchi muhim yo‘nalishi qurilmaning nosozligi va shikastlanishlari haqida axborot beruvchi texnik diagnostika hisoblanadi, uning asosida shikastlangan joylarni topish va bu shikastlanish hamda buzilish asboblarini aniqlash masalasi hal qilinadi. Texnik diagnostika masalasi jarayonning nazorat kartalaridan, jarayon modellarining o‘zgaruvchan holatlari va parametrlarini baholashdan, texnik obrazlar, axborot graflarini tanlash uslublaridan foydalanib hal etiladi.
9.2 — jadvaldagi belgilashlar:
∆P— torayuvchi qurilmada bosimning o‘zgarishi (farqi);
Pr va Tr — gaz oqimining mutlaq bosimi va harorati;
ρn — gazning normal sharoitdagi zichligi;
ρr — gazning ishchi sharoitidagi zichligi;
p — turbinaning aylanishlari soni;
ηp — ishchi sharoitdagi dinamik qovushoqlik;
Gc va GT — xom ashyo va yonilg‘ining massaviy sarfi;
t2 va t1 — xom ashyoning pechdan chiqish va kirishdagi yoki iste’molchini
issiqlik energiyasining harorati;
q — yonilg‘ining eng quyi massa yonish issiqligi;
Sr2 va Sr1 — xom ashyoning o‘zgarmas bosimda pechdan chiqish va kirishdagi
issiqlik sig‘imi;
t— destruktiv jarayonning o‘ziga xos harorati;
τ — kontakt vaqti;
Q — o‘rtacha hajmiy sarf;
V — reaktor hajmi;
a — o‘zgarmas kattalik;
Ss — suyuqlikning issiqlik sig‘imi.



Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish