Biriitchi bob «piligrim» kemasi



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana28.01.2023
Hajmi1,47 Mb.
#904727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Jyul Vern - O\'n besh yoshli kapitan (roman) [uzsmart.uz] (1)



Biriitchi bob
«PILIGRIM» KEMASI
1873-yilning ikkinchi fevralida «Piligrim» nomli shxuna-brig 
dengizda Grinvichdan hisoblaganda 43°57’ janubiy kenglikdagi 
va 165° 19' g'arbiy uzunlikdagi nuqtada edi. Bosim kuchi to ‘rt 
yuz tonna keladigan bu kema janubiy dengizlarda kit ovlash 
uchun San-Fransisko shahrida safarga tayyorlangan edi.
«Piligrim» kaliforniyalik badavlat kemalar xo'jayini Jems 
Ueldonga qarashli edi; kemaga ko‘p yillardan beri kapitan Gul 
qo'mondonlik qilib kelar edi.
Jems Ueldon Bering b o ‘g ‘ozidan ham naridagi shimoliy 
dengizlarga va janubiy dengizlardagi Tasmaniya oroli bilan Gorn 
b u rn ig a h ar yili k em alar k arv o n in i y ub o rib tu r a r edi. 
Kichkinagina «Piligrim» kemalar karvonining eng yaxshi kemasi 
h iso b la n a r edi. U ju d a yaxshi y u rar edi. Y axshigina 
uskunalanganidan oz sonli kom anda bilan Janubiy Muz 
okeanidagi bepoyon muz chegaralarigacha bora olar edi.
Kapitan Gul yoz oylarida shimoliy dengizlarga qaraganda 
janubiy dengizlarda ancha beri kelib qoladigan suzuvchi muzlar 
orasidan kemani bemalol haydab boraverar edi. Yaxshi Umid 
burni bilan Yangi Zelandiya yonida bunday muzlami ko'plab 
uchratish mumkin, lekin aslida bu muzlar iliq suvda yuvilib 
ko'chib ketgan kichkina muz tog‘lari bo‘lib, ularning ko'pchiligi 
Atlantika yoki Tinch okean suvlarida tezda erib ketadi.
Janubiy flotiliyaning eng yaxshi dengizchi hamda eng usta 
garpunchisi kapitan Gul qo‘l ostidagi «Piligrim» kemasida beshta 
tajribali matros bilan bitta shogird matros bor edi. Kit oviga bu 
kamlik qilar edi, chunki kit ovlashda qayiqlarda yurib ish qilish 
hamda ovlangan kitlarni saranjomlab olish uchun k o ‘p kishi 
kerak b o ia r edi. Ammo barcha boshqa kema xo‘jayinlari singari 
Jems Ueldon ham kemani boshqarish bilangina band boiadigan


kishilarni S an -F ran sisk o d an ta n lab olish q u lay ro q deb 
hisoblardi. Yangi Zelandiyada yerlik xalq o ‘rtasida hamda har 
xil millatdan bo'lgan qochoqlar orasida bir mavsumlik ishga 
yollanishga tayyor bo'lgan usta garpunchilar ham, chaqqon 
matroslar ham juda ko‘p edi. Ish mavsumi tugagandan keyin 
hisob-kitob qilib, ularga javob berib yuborardilar, ular sohilda 
yanagi yilda kit ovlash uchun keladigan kemalarni poylab yotar 
edilar. Bu hoi kema xo'jayinlariga komandaga to ‘lanadigan 
maoshdan ancha-muncha pulni tejab, baliq ovlash kasbining 
daromadini oshirishga imkon berar edi.
Jems Ueldon ham «Piligrim»ni safarga chiqarayotganda 
xuddi ana shunday qildi.
Bu kema janubiy qutb doirasi yonida kit ovlashni endigina 
tugatgan edi, lekin uning tryumida kit mo'ylovini joylashtirish 
uchun hali bo‘sh joylari ko'p va baliq moyi soladigan bo'sh 
bochkalari ham anchagina edi. O 'sha vaqtlardayoq kit ovlash 
kasbi anchagina qiyinlashib qolgan edi, odamlar ularni behisob 
ko‘p qirayotganligidan, kitlar kamdan-kam uchrar edi. Asl kitlar 
tugab bormoqda edi, shuning uchun ham ovchilar ola kitlarni1 
ovlay boshlagandilar, bu ov esa juda xatarli edi.
«Piligrim»ning bu yil omadi yurishmadi. Yanvar oyining 
boshlarida, ya’ni Avstraliya tomonlaridagi yozning2 eng qizg‘in 
paytida, ovchilik mavsumi tam om lanishidan ancha burun, 
kapitan Gul ov qilinadigan joyni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 
Kemaga yollangan matroslar ishlashdan bosh tortdilar, shuning 
uchun kapitan Gul ularga javob bermay iloji yo‘q edi.
«Piligrim» shimoli-g‘arb tomonga safar qilib, 15-yanvar kuni 
Y angi Zelandiya shimoliy orolining sharqiy qirg‘og‘idagi Oklend 
portiga yetib keldi. Bu yerga kelgach, kapitan kit ovlash mavsumi 
uchun yollangan matroslami ishdan bo‘shatib yubordi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish