Aminlar ammiakning vodorod atomlari uglevodorod radikallari (alkil guruhlari) ga almashingan hosilalaridir.
Aminlar molekulasidagi alkil guruhlarining soniga qarab birlamchi (I), ikkilamchi (II) va uchlamchi (III) aminlarga, aminoguruhning soniga ko‘ra esa mono-, di-, tri- va poliaminlarga bo‘linadi:
Ratsional nomenklaturaga binoan alifatik aminlarning nomlari azot atomi bilan bog‘langan uglevodorod radikallari nomiga amin so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi:
CH3–NH2 CH3–NH–CH2–CH2–CH3 (C2H5)3N
metilamin metilpropilamin trietilamin
IUPAC nomenklaturasiga binoan aminlarni nomlashda “amino” old qo‘shimchasi uglevodorod nomiga qoshib aytiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |