g) ”Zanjir” o’yini. Bunda o’quvchilar yangi mavzu yuzasidan ketma-ket ma’lumot beradilar.
1-o’quvchi
Qoqio’tdoshlarning ko’p turlari bir yillik va ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi.
2-o’quvchi
Bu oila vakillarining barglari oddiy, ildiz bo’g’zida to’planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa bo’lib joylashgan.
3-o’quvchi
Qoqio’tdoshlarning muhim belgisi to’pgullarining savatcha shaklida bo’lishidir.
4-o’quvchi
Qoqio’tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo’linadi.
..................................................................
3.Dars yakuni.
Dars yakunida o’quvchilar to’plagan kartochkalar soni va bahosini jamlab qaysi guruh g’olib bo’lgani aniqlanadi. Kartochkalar orqasiga bu kartochkani kim olganiga qarab, o’quvchilar baholanadi.
4. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’zlashtirib kelish, mavzuga oid rasm chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |