Bir soatlik dars ishlanmasiO’quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Turkistonda-milliy-ozodlik-harakatlari
I. Tashkiliy qism (4 daqiqa). O’quvchilar davomati aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshirish. Dars shiori tanlash. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish. Sinfda ijodiy muhitni yuzaga keltirish. “Haq olinur berilmas” Maxmudho’ja Behbudiy
Fan o’qituvchisi sinf o`quvchilarini mavzudan kelib chiqib teng ikkiga, ya`ni , mavzuga mos nom bilan: 1-guruh:Kelajak avlod. 2-guruh : Yosh tarixchilar. II. O’tilgan mavzuni takrorlash (20 daqiqa). O'quvchilarga o’tgan darsda o’rganilgan ,, Turkistonda sud tizimi va harbiy politsiya tartibotining o‘rnatilishi” mavzusi bo’yicha olgan bilimlari quyidagi savol, topshiriqlar, krassvord orqali mustahkamlanadi: “Kichik guruhlarda ishlash”, Savol-javob Savollar muhokamasi tugagach topshiriqni tez va mukammal bajargan guruhga “Rag’bat” oxirida bajargan guruhga “Jarima” kartochkasi beriladi. III. Yangi mavzuni tushuntirish (“Turkistonda milliy ozodliк harakatlarining boshlanishi va uning sabablari”) (10daqiqa). III.Yangi mavzu bayoni: Reja: Mustаmlаkаchilik jаbr-zulmining kuchаyishi. Milliy-оzоdlik hаrаkаtlаrining bоshlаnishi Xаlq hаrаkаtlаrigа qаrshi jаzо tаdbirlаrining kuchаytirilishi Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o‘z hukmronligini osongina saqlab bo‘lmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. O‘lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin yo‘l ochila yotgan bo‘lsada, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona xo‘jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo‘l ochib berdi. Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana borishi kam yerli dehqonlarning, chorakorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Sudxo‘rlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa mablag‘laridan faqat ayrim vositachilar – boylar, sudxo‘rlar, savdogarlar va shunga o‘xshash yulg‘ichlar foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qilardilar. Paxtani sotib oluv chilar dehqonning nihoyat darajada muhtoj bo‘lib qolganligidan foydalanib, kelasi yil hosiliga juda past narx belgilab, qarz berardi. Sudxo‘r changaliga tushib qolgan dehqon xo‘jalik mustaqilligidan mahrum bo‘lib, qarz bergan kishi nimani buyursa, shuni ekishga majbur edi.Qarz va nasiyalardan foydalanish avj olgan sari dehqonlarning ahvoli tobora yo monlashib, qashshoqlikka yuz tutgan. XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urfodatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliyozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. (O‘lkaning turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok etdilar.) Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon bosh chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar. Qo‘zg‘olon kuchayib ketishi ehtimolini sezgan podsho hukumati komissiya tuzib, vaziyatni o‘rganishga kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj oldirilishi, natijada boshqa muhim ekinlar keskin kamayganligi bunga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.1880-yilning noyabrida aholi hamma soliqlarni to‘laganligiga qaramay, Xo‘jand uyezdining boshlig‘i Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qildi. Buning oqibatida sabr kosasi to‘lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar boshchiligida odamlar uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish rahbarlarini hibsga olishni buyurdi.Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-yilning boshlarida Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oldilar. Uyezd ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qattiq jazoladi.1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birinketin butun viloyatga yoyildi.1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv–Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Turkistonda podsho hukumatining hukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi o‘lkaning har bir joyida mahalliy aholi tomonidan turli ko‘rinishdagi norozilik harakatlari olib borildi. Rossiya imperiyasining savdo-sanoat doiralari Turkiston o‘lkasini har tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan qaram qilishda faol ishtirok etdilar. Mustamlakachi hukumat dastlab ko‘chirib keltirilganlar qishloqlarini o‘zbek, qirg‘iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bo‘lishini ta’minlagan bo‘lsa, keyinchalik bu qishloqlar va mahalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga rahbarlarni mahalliy aholiga mansub bo‘lmagan shaxslardan qo‘ya boshladilar. Ular orqali mahalliy aholi ustidan boshqaruv va nazoratni o‘z qo‘llariga to‘liq olish mo‘ljallangan edi. O‘lka ma’muriyati qo‘zg‘olonlarning yangi to‘lqin bilan kuchayib ketishidan doimiy ravishda xavfsirab turardi.General-gubernator mahkamasi maxsus bo‘limining boshlig‘i o‘z ma’ruzasida «isyonga moyil» aholi vakil larini harbiy sudga berish va bu sud o‘lim jazosini oshkora ijro etishi haqida fikr bildirdi. U xalqni qo‘rquv va tobelikda ushlab turish o‘lkada tartib hamda oso yishtalikni ta’minlashga qodir yagona vosita ekanligini uqtirdi.1892-yildan mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunohkorlar»ni ochiqchasiga qatl etish endilikda odamlarni qo‘rqitish uchun mustamlakachilarga katta huquqlar berdi. Chor Rossiyasi qo’shinlari Qo’zg’alonchilar otryadlar Klaster metodi
Chor Rossiyasi qo’shinlari Qo’zg’alonchilar otryadlar Rus qo’shinlari hujumi oqibatlari IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: (5 daqiqa). 4.1. ,, Aqliy hujum” metodi: 1. Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi, asosan, qanday ko‘rinishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi? 2. Mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining maqsad va vazifalari nimadan iborat edi? 3. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi? O’tilgan mavzu yuzasidan test svollari: 1. Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd boshlig’ining uyini o’rab oldilar? 1878-yil-Mingtepa B) 1879-yil-Marg’ilon C) 1880-yil noyabr-Xo’jand D) 1882-yilning boshlari-Namangan 2. Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi? A) 1885-yilning qishi B) 1885-yilning kuzi C) 1885-yilning yozi D) 1885-yilning bahori 3. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda ko’tarildi? 1878-yil-Mingtepa B) 1879-yil-Marg’ilon C) 1885-yilning kuzi-Chust D) 1885-yilning yozi-Andijon 4. Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar? A) Yetimxon B) Mirkarimboy C) Darvishxon D) Rahmonqulixoji 5. Qachon Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) 1895-yil B) 1896-yil C) 1897-yil D) 1898-yil 6. Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlar xato berilgan javobni aniqlang. A) Naymanchi B) Ko’hnamozor C) Langarbob D) Yangibozor 7. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlarid agi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) Oqtepa B) Oqsuv-Shaxrixon C) Rishton D) Denov 8. Quyidagi xato ma’lumotni toping. A) mustamlakachi rus hukumati dastlab ko’chirib keltirilganlar qishloqlarini o’zbek, qirg’iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustqail bo’lishini ta’minladi B) mahalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga rahbarlarni mahalliy aholiga mansub bo’lmagan shaxslardan qo’ya boshladi C) general-gubernator o’z ma’ruzasida “isyonga moyil” aholi vakillarini oshkora etish haqida fikr bildirdi D) mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita konstitutsion sudga bera boshladilar 9. Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar? A) 1891-yil B) 1892-yil C) 1893-yil D) 1894-yil 10. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang. dehqonlar, hunarmandlar B) dehqonlar, chorvadorlar C) dehqonlar, ziyolilar D) dehqonlar, mansabdorlar V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa: Mavzuni o’qib konspekt yozib kelish 4.2. ,, Zakovat o’yin “metodi: Ushbu bosqichda o`quvchilagar noutbokda Zakovat o’yini savollari beriladi A,B,C,D variana o’quvchilar esa to’g’ri javobni topib aytadilar. Ushbu o`yinni yaxshi bajargan guruhga kartochkalar tarqatiladi.( vaqt reglamentiga qaraladi,har bir o’quvchiga 3-5 sekund vaqt beriladi) V.Darsga yakuni va baholash. (5 daqiqa). Topshiriqlarni yaxshi bajargan guruh, o’quvchilar rag'batlantiriladi. O'qituvchi eng yaxshi bajarilgan topshiriqni qayd etadi. Savol va topshiriqning bajarilish sifatiga qarab o'quvchilar baholanadi.Mavzuning umumiy xulosasi aytiladi. V I. Uyga vazifa (1 daqiqa). O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov Download 0,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |