Бир неча эргаш гапли қЎшма гаплар


Tulki bilan nog’ora masali



Download 118 Kb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi118 Kb.
#908006
1   2   3
Bog'liq
Didaktik asarlar tahlili (“Kalila va Dimna”, “Chor Darvesh”, “Guliston”(Sa’diy), “To’tinoma” tipidagi asarlar misolida)

Tulki bilan nog’ora masali
Deydilarki, bir tulki o’rmon oralab ketayotib, bir daraxtning tagida nog’ora yotganini ko’rib qolibdi. Shamol esgan sari daraxt butoqlari nog’oraga tegar va nog’oradan dahshatli ovozlar chiqar edi. Tulki nog’oraning ovozi yo’g’onligi va jussasining kattaligiga qarab, nog’oraning yog’i bilan go’shti ham ovozi va jussasiga yarasha bo’lsa kerak deb og’zining suvi keldi. Ko’p urinib, nog’orani yorishga muvaffaq bo’ldi. Lekin qurigan teridan bo’lak hech narsa topmagach: “Gavdasi yo’g’on va ovozi baland narsaning ichi bo’sh bo’lar ekan”, - dedi.
Ilon va suvoriy”
Hikoyat. Sichqon dedi: - Karvonlar yoqib ketgan gulxanning uchqunini shamol uchirib, dashtga o’t tushib ketgan edi. Tuya mingan bir kishi o’sha yerdan o’ta turib, olovlar o’rtasida bir ilonning to’lg’anib yotganini ko’rdi. U, o’t balosidan qutula olmay, zaharli ko’zlaridan qon yosh to’kib, suvoriyga yalinib dedi: - Marhamat qilib, meni bu do’zaxdan qutqar savob bo’ladi. – Suvoriy rahmdil kishi edi. U ilonning zorini eshitib, bechoraga yuragi achidi, ilon garchi odamzodga dushman bo’lsa ham hozir qiyin ahvolda qolibdi, uni bu balodan qutqarsam, savob bo’lar, deb o’yladi. U to’rvasini nayza uchiga bog’lab ilon tomonga uzatdi. Ilon sevinib to’rvaga kirdi. Suvoriy bir ozdan keyin to’rvani ochib, ilonga dedi: - Bor, eson-omon qutulganingga shukur qilib uyingga ket, bundan buyon hech kimga ozor berma.Ilon dedi: - Ey yigit, bu so’zlaringni qo’y, Men seni va tuyangni chaqib, zahrimni solmay ketolmayman.
Suvoriy dedi: - Axir senga yaxshilik qildim, seni olovdan qutqardim, gunohim shumi?Ilon dedi: - Ha, sen yaxshilik qilding, ammo o’rinsiz yaxshilik qilding. Bilasanki, zararli maxluqlar avlodidanman, boshqa narsani mendan kutish mumkin emas. Nima uchun meni qutqarding? O’ldirmoq lozim edi, sen esa odamzod dushmaniga rahm qilding. Yaxshilikka yomonlik mening kasbimdir. Yomonlarga yaxshilik qilish yaxshilarga yomonlik qilish demakdir. Endi men seni zaharlasam, bu ishim senga tanbeh, o’zgalarga ibrat bo’ladi.
Suvoriy dedi: - Ey noinsof, yaxshilikka yomonlik qaysi mazhabda bor?
Ilon dedi: - Odamzod mazhabida bor. Men sening ijozating bilan o’z matolaringizni o’zlaringizga sotmoqchi va o’z kosangizda o’zingizga zahar ichirmoqchiman. Tezroq javob qil, avval o’zingni chaqaymi yo tuyangni?
Suvoriy dedi: - Meni ham chaqma, tuyani ham.Ilon dedi: - Nega endi! O’zlaringiz ham yaxshilikka yomonlik qilasizlar-ku!Suvoriy ilonning bu gapini inkor qildi va dedi: - Bu da’voga guvoh kerak.Shu orada bir sigir ko’rinib qoldi.
Ilon dedi: - Ey sigir, yaxshilikning jazosi nimadir?Sigir dedi: - Odamzod mazhabida yaxshilikning jazosi yomonlikdir. Men necha yildan beri ularnikida turaman. Har yili bola tug’ar va uylarini sut bilan qaymoqqa to’latar edim. Hozir boladan, sutdan qoldim, qaridim, o’tlab semirsin deb meni dalaga haydab qo’ydilar. Kecha egam kelib u yoq- bu yog’imni ushlab, biroz semirganimni ko’rib, qassobga sotdi. Mana, bugun so’yishga olib ketayotirlar. Yaxshiligimning jazosi shu bo’ldi.Ilon dedi: - Ey yigit, eshitdingmi?Suvoriy dedi: - Eshitdim, ammo bir guvohning shohidligi yetishmaydi. Yana bir guvoh kerak.Ilon atrofga qarab, bir daraxtni ko’rib, yoniga keldi.Ilon soradi:- Ey daraxt, yaxshilikning mukofoti nima?Daraxt dedi: - Odamzod mazhabida, yaxshilikning mukofoti yomonlik, foydaning jazosi ziyondir. Dalil shuki, men bu dashtda ko’kargan birdan bir daraxtman, odamlar issiqda horib-charchab kelib, soyamda dam olishadi. Nafaslarini rostlab olishgach, yuqoriga qarab, “anavi shox arraga dasta boladi, anavisi teshabop ekan”, deb shoxlarimni kesib yoki arralab oladilar. Mendan foyda ko’rsalar ham menga azobni ravo ko’radilar.Ilon dedi: - Ikki guvoh bo’ldi. Endi tan ber, seni chaqay.Suvoriy dedi: - Jon juda shirin narsa. Yana bir kishi guvohlik bersa, uzrga o’rin qolmaydi.
Ittifoqo o’sha yerdan bir tulki o’tib qoldi. Bularni ko’rib to’xtadi-da, so’zlariga quloq soldi, keyin savolni kutmasdanoq: “Yaxshilikning jazosi yomonlikdir, - dedi, keyin suvoriyga qarab, - sen bu ilonga nima yaxshilik qilib eding?” – deb so’rab qoldi.Suvoriy bo’lgan gapni aytib berdi.Tulki dedi: - Sen o’zing aqlli odamga o’xshaysan-ku, lekin nega yolg’on gapirasan?Ilon dedi: - Rostini aytyapti, bu odam meni to’rvaga solib, olovdan chiqardi.Tulki hayron bo’lib soradi: - Bu so’zga qanday qilib ishonsa bo’ladi, axir shunday katta ilon bu kichik to’rvaga sig’ishi mumkinmi?Ilon dedi: - Agar ishonmasang, to’rvaga kirib ko’rsatay, shubhaga o’rin qolmasin.Suvoriy to’rva o’g’zini ochdi, ilon to’rvaga kirib kulcha bo’lib oldi.Tulki dedi: - Ey yigit, dushmaning bandga tushdi, paytni qo’ldan berma.Suvoriy to’rva og’zini mahkam bog’lab yerga bir urdi, ilon majaq-majaq bo’lib ketdi.Qissadan hissa shuki, aqlli odam ehtiyotni qo’ldan bermaydi, duhman yalininib- yolvorganda ham g’ururlanib ketmaydi va uning so’zlariga ishonmaydi.
Chumchuq va ilon”
Hikoyat. Qarg’a dedi: - Bir tom bo’g’otida ikki chumchuq in qo’ygan edilar. Ular bir kuni bola ochdilar. Ikkovlari navbatma – navbat bolalarini boqish uchun ovqat izlab ketar edilar. Kunlardan bir kun eri kelganda ona chumchuq o’z ini oldida parvona bo’lib uchib yurardi, eri, nima gap deb so’radi.
Ayoli javob berdi: - Bir lahza g’oyib bo’lgan edim, kelsam, bir haybatli ilon kelib, bolalarimizga qasd qilayotgan ekan. Shuncha yalinib – yolvordim, bo’lmadi, keyin tahdid qilishga o’tdim: “Bu ishingdan qayt, yoq esa bolalarimning otasi bilan intiqom kamarini belimizga bog’lagaymiz”, - dedim, bo’lmadi. Faryod-u zorimga qaramay, inimizha kirib, bolalarimizni yedi, hozir ham o’sha yerda yotibdi. – Ota chumchuqning g’azabi yonib, nima qilishini bilmay turgan edi, shu vaqt uy egasi qorachiroq yoqmoqchi bo’lib pilikni yondirdi va endi uni chirog’donga qo’ymoqchi bo’lganda, chumchuq parillab uchib kelib, yonib turgan pilikni olib qochdi, uni bo’g’otdagi inga otdi. Uy egasi uyga o’t ketishidan qo’rqib, darhol tomga chiqdi va bo’g’otni ochib, o’tni o’chirishga urindi. Ilon olovdan qutulish uchun bo’g’ot ochilgan tomondan boshini chiqargan edi, uy egasining ketmoni kelib, boshini cho’rt uzdi. Bu qissadan hissa shuki, ilon o’z dushmanini mensimagani va zaif deb hisoblaganligi uchun halok bo’ldi.

Podshoh va uning sevimli lochini”


Hikoyat. Xotini dedi: - Ilgari zamonda ovni juda yaxshi ko’radigan podshoh bo’lgan. U podshohning lochini bo’lib, uning parvozi baland, ko’zi o’tkir va panjalari temirdek edi. Pdshoh uni juda sevar va doim o’z qo’li bilan boqar edi. Bir kuni shoh uni qo’liga qo’ndirib ovga jo’nadi. Cho’lda uning oldidan bir ohu chopib o’tdi. Podshoh uning orqasidan shunday tezlik bilan ot choptirib ketdiki, mulozimlari orqada qolib ketdilar. Podshoh juda chanqab, bir tog’dan oqib tushayotgan zilol suv yoniga keldi. U shu suvdan ichmoqchi bo’lib, suvdonni to’latgan ham ediki, qush qanot qoqib suvni to’kib yubordi. Shohning jahli chiqib, yama suvdonni to’ldirdi. Bu daf’a ham lochin qanoti bilan idishni ag’darib yubordi. Podshoh darg’azab bo’lib lochinni yerga urib halok qildi. Shu vaqtda uning bir mulozimi kelib qoldi. Podshoh unga dedi: - Tog’dan tushayotgan bu zilol suv tomchilaridan suvdonni to’ldirish uchun ancha vaqt kerak ekan. Sen yuqoriga chiqib buloqning o’zidan tezda suv olib tush.Mulozim tog’ga chiqdi. Qarasa, u yerda bir kichkina buloqcha bo’lib, uning labida bir haybatli ajdaho o’lib yotgan ekan. Kun harorati ta’sir qilib, undan qatra-qatra zahar suvga tomayotgan ekan. Mulozim darhol tog’dan tushib, ko’rganlarini podshohga aytib berdi. Shoh uning so’zini eshitib, yig’lay boshladi.Mulozim so’radi: - Yig’ingizning sababi nimadir?Podshoh chuqur uh tortib, bo’lgan voqeani aytib berdi.Mulozim dedi: - Ey shohim, bu ishni shoshilmay, o’ylab qilishingiz kerak edi.Shoh dedi: - Qilib qo’ygan ishimdan nihoyatda pushaymonman, lekin foydasi yo’q. O’lgunimcha bu jarohat ko’ksimdan ketmaydi. Qisadan hissa shuki, hech bir ish shoshilib, o’ylamasdan qilinmaydi. Chunki shoshilinch bilan qilingan ishning oqibati faqat pushaymonlikdir.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish