Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar va ularning turlari



Download 22,54 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi22,54 Kb.
#561544
Bog'liq
Bir necha ergash gapli qo



Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar va ularning turlari
Reja:
1. Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar, haqida umumiy maolumot.
2. Ergash gaplarning bosh gaplarga bog'lanish usullari:
a) birgalik ergashish;
b) ketma-ket ergashish;
v) aralash ergashish.
3. Bir necha ergash gapli qo'shma gaplarda ergash komponentlarning o'rni.
4. Bir necha ergash gapli qo'shma gaplarni analiz qilish tartibi.
5. Qo'shimcha adabiyotlar.
Fikrni to'la atroflicha ifodalash maqsadida tarkibida bir necha ergash gapi mavjud bo'lgan birdan ortiq ergash gaplarning ishtirok etishi xisobiga orta boradi.
Bir necha ergash gapli konstuktsiyalarda ergash gaplar oddiy ergash gapli qo'shma gap tarkibidagi ergash gapdan, asosan, farq, qilmay. Farq ergash gaplarning miqdorida bo'ladi. Bir necha ergash gapli qo'shma gap tarkibida sodda gaplarning hammasi bir bo'lgani holda, grammatik va logik butunlikni tashkil etadilar, umumiy intonatsiyaga ega bo'lib, tugal bir fikrni reallashtiradilar.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida ergash gaplarning hamma turi takrorlanib kelib, murakkab konstruktsiya hosil qiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida bir necha ergsha gapli qo'shma gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapga uch xil yo'l bilan bog'lanadi:
1. Birgalik ergashish.
2. Ketma-ket ergashish.
3. Aralash ergashish.
Birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi qo'shma gap tarkibidagi ergash gaplar bosh gapning biror bo'lagini yoki uning umumiy mazmunini to'ldirib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, birgalik ergashish ikkiga bo'linadi:
1. Umumiy ergashish.
2. Bo'lakka ergashish.
Birinchi holatda ergash gaplar bosh gapning umumiy mazmuniga aloqador bo'lib, uni umuman izohlaydi – bu umumiy ergashish deyiladi. Ikkinchi holatda shunday bo'ladiki, ergsha gaplar bosh gapning biror bo'lagiga bog'lanib, uning mazmunini to'ldiradi. Bunday ergashishni bo'lakka ergashish deb yuritiladi.
Quyidagi umumiy va bo'lakka ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar, odatda, bir tipli yoki turli tipdagi ergash gaplardan iborat bo'ladi. Shunga ko'ra umumiy birgalik ergashish ikkiga bo'lib o'rganiladi:
1. Bir tipli umumiy birgalik ergashish.
2. Turli tipli umumiy birgalik ergashish.
1. Bir tipli umumiy birgalik ergashish. Bir tipli umumiy birgalik ergashishda ergash gaplarning hammasi bil xil xarakterda bo'ladi. Umumiy ergash gaplar bosh gapning struktural-grammatik markaziga –ega va kesimiga to'liq, bog'lanadi, uning butun sostaviga aloqador bo'ladi.
Birgalik ergash gaplar o'zaro parallel holatda joylashadilar. Shuning uchun ham ayrim tekshiruvchilar birgalik ergash gaplarni «parallel» ergash gaplar (parallelnqe pridatochnqe», bu xil ergashishni esa «parallel ergashish) (parallelnoye podchineniye» deb izohlaydilar.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida umumiy o'zgarishni xosil qiluvchi bir tpli birgalik ergash gaplar quyidagilar:
1. Uyushgan payt ergash gaplar:
Tuman g'arb tomonga uchib ketganda,
Karvon o'z yo'liga safar etganda.
Unumsiz sahroda bo'lib g'amgin dog',
Uch ko'rkam xurmodan ku qoldi oppoq.
(Lermontov).
Xuri, Zaynab, qosh qorayganda,
Kech qop-qora choyshab yoyganda,
Ichkariga kirib keldilar,
Va Anora salom berdilar.
(Hamid Olimjon).
2. Uyushgan shart ergash gaplar:
Agar seni do'st aldasa,
Qalbing urushdan charchasa,
Ko'ngling bog'i so'lar bo'lsa,
O'sha yiroqlarda bot,
Meni qilgil yod.
(Lermontov).
3. Uyushgan ravish ergash gaplar:
Kech kirib, tog'dan esgan mayin shabada ham tinib, xirmon jit-jit bo'lib qoldi. (Ch.Aymatov.)
Bunday konstuktsiyalarda ergash gapning kesimi tarkibida keluvchi yordamchi feol uyushgan ravish ergash gaplarning faqat bittasida qo'llanishi mumkin, lekin u har ikkala ergash gapning kesimiga taalluqli bo'ladi:
Turmush xalqning farovon, o'lkamiz obod bo'lib,
Qahramon cho'llarda yashnar bog'u bo'ston, Yangi yil.
(Mushkin)
4. Uyushgan maqsad ergash gaplar:
Baxtim bormi ekan deb,
Menga yormi ekan deb,
Kela berdilar bari
Kattakon chinor sari
(H.Olimjon).
5. Uyushgan sabab ergash gaplar:
Yerda yashaydigan barcha kishilar
Moskva markaz, deb ataydilar, chunki:
Kishilik yo'lining chorog'bonu u ,
Barcha mazlumlarning mehriboni u,
Tinchlikning huquqin pospon u
(G'.G'ulom)
Yuqoridagi qo'shma gapda uyuo'shgan ergash gaplarni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vosita faqat bir yerda qo'llanib, («chunki» bog'lovchisi) hamma ergash gaplar uchun umumiydir.
6. Uyushgan to'siqsiz ergash gaplar:
Oldda – ortda va o'ngu so'lda
Kesilsa ham yo'lim; ko'kragim
O'q yeb, qonga belanganda ham,
Bo'sh kelmadim, yoshim to'kmadim.
(Muso Jalil).
7. Uyushgan o'xshatish ergash gaplar:
Har narsaning maolum qonuniyati bo'lganidek, har narsa va hodisani taqazo qiladigan omili bo'lganidek, do'stlik ham shundaylardandir. (V.Vohidov).
Umumiy ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar sonini maolum miqdor bilan chegaralab bo'lmaydi, ularni hohlagancha davom ettirish mumkin. Ergash gap qancha takrorlanib kelsa, bosh gap kesimining maonosi ham shuncha ko'p ochiladi:
Agar bo'lmasa qishi yozi,
Chiqmasa hech ko'cha-kuyga ovozi,
Boshlariga hech tushmasa mojaro,
Hamma joyda gap qilmasa fuqoro,
El ichida chiqarmasa yomon ot,
Qarindosh qilmasa har joyda mot.
Va qilmasa otasini sharmanda,
Onasini nomus uyatga banda ,
Qilmasa u, bizga o'zi ulug' baxt.
(H.Olimjon).
I. Turli tipdagi umumiy birgalik ergashish.
Ergashishning ba turini hosil qilishda mazmunan turli xil funktsiyasida keluvchi ergash gaplar ishtirok etadi. Lekin ergash gaplar turli tipda bo'lishidan qatoiy nazar, ular bosh gapning kesimiga bog'lanish hamda uning umumiy mazmuniga tobe bo'lishi lozim. Shunday vaqtdagina turli tipli umumiy ergashish holati yuzaga chiqadi.
Turli tipli birgalik ergashishda ergash gaplar bosh gapga alohida-alohida bog'langani bilan, formasiga ko'ra, bir xil bo'lmagani uchun , uyushiq ergash gaplar emas, uyushmagan ergash gaplar hisoblanadi:
a) payt va to'siqsiz ergash gaplar: Paxta terimi boshlangach , havo ochiq bo'lsa ham, ko'pchilik kolxozlar sushilkalarni tayyorlab qo'ydilar. b) payt va o'xshatish ergash gaplar: Raisning nomini tilga olishim bilan, Saltanat, xuddi chayon chaqqanday, o'rnidan sakrab turdi. (O.Yoqubov); v) shart va payt ergash gaplar : Agar bir ilojini qilib, uni qishdan omon-eson saqlab chiqsam, Chotqolga borganimizdan keyin, baxtimiz ochilib ketarmidi. (Ch.Aytmatov). Agar siz rozi bo'lsangiz, shu bugun tong otmasdanoq, ChEKA sizni qamaydi. (G'.G'ulom). g) o'xshatish va payt ergash gaplar:

Bu kecha go'yo butun jahonning


Sevinchi xoamga yig'ilgan kabi,
Yorug' istiqboldan so'z ochilganda,
Kulguga ko'mildi do'stlarning labi.
(Uyg'un).
Bo'lakka ergashishda ergash gaplar semantik jihatdan bosh gapning biror bo'lagiga aloqador bo'lib, uning maonosini konkretlashtiradi. Bunday ergashish bo'lakka ergashish deyiladi. Masalan: U nima uchun kurashgan bo'lsa, nimagaki mehnati singan bo'lsa, zoye ketmadi. (S.Ahmad).
Kimki chekkan bo'lsa sevgi dardini,
Kimniki to'ydirgan bo'lsa kulfat g'am,
Ortiq, qo'zg'ata olmas uning qalbini
Umid orzularu hayajon hech dam.
(Lermontov).
Bo'lakka ergashishni tashkil etgan birgalik ergash gaplarning bosh gapga bog'lanish holati sxema orqali shunday ifoda etiladi:
Ba’zan shunday xarakterdagi birgalik ergash gaplar uchraydiki, ulardan biri bosh gap bilan umumiy ergashishni yuzaga chiqarsa, ikkinchisi bo'lakka ergashish usuli bilan bog'lanadi. Quyidagi kostuktsiyada turli tipli birgalik ergash gaplarning birinchisi bosh gap tarkibida yashirinib kelgan to'ldiruvchining maonosini izohlab, bo'lakka ergashishni hosil qilgan. Ikkinchi ergash gap, yaoni shart ergash gap bosh gapning umumiy mazmunini aniqlagan holda, umumiy ergashish holatini yuzaga chiqargan:
Qaysi jurnalki bor, yangi modaning rasmi chiqsa, surishtirib o'tirmay, shartta yirtib oladi (S.Ahmad)
Bu konstruktsiyaning sxemasi:
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, umumiy va bo'lakka ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar bosh gapga to'g'ridan-to'g'ri tobelanadilar. Ular bosh gap atrofida bir fikriy doira tashkil etib, yonma-yo o'rinlashadi:
Birgalik ergash gaplarning yonma-yon , parallel ravishda, biridan keyin ikkinchisining joylashuvi ularning uyushgan ergash gaplar ekanligini ifodalovchi grammatik belgilaridan biridir. Uyushgan ergash gaplar bo'lishi uchun, ergash gaplar o'rtasida teng aloqa o'rnatilishi kerak – bu narsa faqat bir tipli ergash gaplarning yonma-yon joylashuvi asosida amalga oshadi. Uyushgan birgalik ergash gaplar o'rtasidagi tenlashish munosabati quyidagi yo'llar bilan amalga oshadi:
1. Bog'lovchisiz birikish - bunda ergash gaplar o'rtasida bog'lovchilar ishlatilmaydi, ergash gaplar intonatsiya yordamida birikadi: Agar biz bo'lmaak, bizning xiyla-nayranglarimiz bo'lmasa, bu oyoq yalang xalq bir kunda bularning oyog'ini osmondan keltiradi. (S.Ayniy)
Qasd qilganlar past bo'lsin, dushman o'lsin deb,
O'g'lim bahodirim omon bo'lsin deb,
Yaxshi tilak tila, yaxshi niyat qil. (Uyg'un)
O'zbek tilida ergash gaplarning deyarli hamma turlari bog'lovchisiz birikkani holda tenglanish munosabatiga kirisha olmadilar.
2. Ergash gaplar teng bog'lovchilar va ularning funktsiyasidagi ayrim yuklamalar yordamida tenglanish aloqasini yuzaga chiqaradilar:
Shamol tinganidanmi yo havoga anana isi o'rnashib qolganidanmi nihoyatda o'tkir, yoqimli hid dimog'imga urildi. (S.Ahmad).
Demak, yuqoridagi misollardan maolum bo'ladiki, turli tipli umumiy birgalik ergashish har xil funktsiyasida keluvchi uyushmagan ergash gaplar yordamida yuzaga chiqadi. Bir tipli umumiy birgalik ergashish esa bir xil funtsiyadagi uyushgan ergash gaplar hisobiga tashkil topadi. Uyushgan va uyushmagan birgalik ergash gaplar quyidagi belgilari bilan bir-biridan farq qiladi:
a) ergash gaplarning tipi turiga ko'ra;
b) ularning intonatsiyasiga ko'ra;
v) ergash gaplarning biriktiruvchi bog'lovchilarning bo'lishi yoki bo'lmasligi bilan;
g) ergash gaplarning o'rinlashuviga ko'ra ;
d) ergash gaplarning bosh gapga bog'lovchi grammatik aloqa vositalarining turi, xususiyatlariga ko'ra;
ye) komponentlarning qo'shma gap tarkibidagi gruppalashuviga ko'ra.
II. KETMA-KET ERGAShISh
Bir necha ergash gapli qo'shma gaplarning bu ko'rinishida ergash va bosh gaplarning o'zaro grammatik aloqasi bir oz murakkabroq bo'ladi.
Ketma-ket ergash gaplarning hammasi bosh gapga tobe bo'lmay, ularning biri, boshqa ergash gaplarni boshqarib kelgan turi bosh gapga bog'lanadi, uni izohlaydi, shuning uchun ham ketma-ket ergashishda ergash gaplarning o'rnini alamashtirib bo'lmaydi, ularning o'rni qatoiy bo'ladi;
Pilla topshirilib, klub binosi bo'shagandan keyin, Saida bir guruh komsomol-yoshlarning yordami bilan klubni yaxshi bezatdi va tezda ochilish marosimini o'tkazdi.(A.Qahhor). Mehmonlar, qorinlari ishguncha yeb, qo'llarini artganlaridan keyin, tovoqlar olindi (S.Ayniy).
Komponentlari ketma-ket ergashish yo'li bilan birikuvchi qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan va grammatik jihatdan zich aloqada bo'ladi, qo'shma gap tarkibidagi birorta ergash gapni tushuntirib bo'lmaydi, aks holda, fikr to'liq, anglashilmay qoladi.
Agar ergash gaplar o'rni almashtirilsa ketma-ket ergashish holati buziladi, komponentlari o'rtasidagi grammatik aloqa yo'qoladi, shuning uchun ham bunday qo'shma gaplar yopiq, sintaktik konstruktsiyalar deyiladi. Chunki bunday ergashish holatida ergash gaplarni birgalik ergash gaplar singari davom ettrib bo'lmaydi.
Ketma-ket ergashishda bosh gapga to'g'ridan to'g'ri birinchi bo'lib bog'lanadigan ergash gaplar birinchi darajali ergash gaplar, ularga birikuvchi ergash gaplar esa ikkinchi darajali, uchinchi darajali gaplar deb yuritiladi.
O'zbek tilida nashr etilgan dastlabki sintaksisga bag'ishlangan ayrim adabiyotlarda ketma-ket ergashuvini hosil qiluvchi ergash gaplar «birinchi bosqichli ergash gap», «ikkinchi bosqichli ergash gap» nomi bilan izohlanadi;
a) shart va maqsad ergash gaplar; Yigitlar kechiksa, osh lanj bo'lib qolmasin deb guruchni solmadi. (G'.G'ulom.)
b) ravish+ shart ergash gaplar:
Eshik ochilib ravon,
Qiz kirsaki, charog'on -
Bir uy; unda gilamlar
Osig'liqmish sanamlar
(A.S.Pushkin)
To'rt devori tiklanib, usti yopilgan bo'lsa ham, hali ishning eng og'iri-somon suvog'i, qum suvog'i turgan edi. (Ch.Aytmatov)
v) ravish +o'xshatish ergash gaplar:
Vodiy bo'ylab mayin shamol esib, go'yo havo iligandek, cho'kindi qorlar ostini o'yib, shildirab suv oqardi. (Ch.Aytmatov).
Misollar shuni tasdiqlaydiki, hozirgi o'zbek adabiy tilida ikki ergash gapning ketma-ket xolda bosh gapga birikuvi ko'p uchraydigan xodisadir. Ikkidan ortiq ergash gapning bunday holatda bosh gapga bog'lanishi kam uchraydi:
Choy damlab, qopqog'i yopilgach, ustidan qaynoq , suv sevalansa, yaoy to ichib bo'lguncha, haroratini bir xil saqlaydi. (Mehnat va turmush» jurnali).
Bu konstruktsiyada uchinchi gap – shart ergash gap birinchi darajali, ikkinchi gap – payt ergash gapli ikkinchi darajali, birinchi gap – ravish ergash gap uchinchi darajali ergash gaplar bo'lib hisoblanadi. Bu qo'shma gap tarkibidagi gaplarning grammatik aloqasini sxema orqali shunday ifodalash mumkin:

uchinchi darajali ergash gap


ikkinchi darajali ergash gap
birinchi darajali ergash gap
bosh gap.

III.KOMPONENTLARI ARALASh ERGAShIShNI HOSIL QILUVChI QO'ShMA GAPLAR


Qo'shma gap tarkibida ergashishning birdan ortiq turi ishtirok etadi.Bunda ayrim ergash gaplar bosh gapga nisbatan birgalik ergashish oraqali bog'lansa, ayrimlari ketma-ket ergashish yo'li bilan birikadilar. Ergash va bosh gaplar o'rtasidagi bunday murakkab aloqaga aralash ergashish deb aytiladi.
Aralash ergashish rus tili qo'shma gap sintaksisiga bag'ishlangan ayrim tadqiqot ishlarida «kombinirovannoye podchinniye» nomi bilan ham yuritildi.Aralash ergashishni yuzaga chiqaruvchi sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida eng kamida to'rta sodda gap ishtirok etishi shart. Shulardan biri bosh gap, qolgan ikkitasi bir tipli yoki turli tipdagi ergash gaplardan iborat bo'ladi. Aralash ergashishda ergash gaplarning soni uchtadan kam bo'lmasligi kerak.Agar ergash gaplarning miqdori uchtadan kamaysa, bu xolda birgalik yoki ketma-ket ergashish xolatigina yuzaga chiqadi, xolos.
Aralash ergashishni yuzaga chiqaruvchi ergash gaplarning umumiy belgilaridan biri ularning uyushgan yoki uyushmalan xolda bo'lishidir. Shunga ko'ra qo'shma gap tarkibidagi ergash gaplar bir-biridan farq qiladilar.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida aralash ergashuvini yuzaga chiqaruvchi murakkab konstruktsiyalarning xarakterli ko'rinishlari quyidagicha tuziladi;
Birinchi modelp: bosh gapga nisbatan ikki ergash gap birgalik ergashuvini yuzaga chiqaradi, shu ergash gaplardan biriga ketma-ket bog'langan yana bir ergash gap mavjud bo'ladi.
Laolixon kolxozga rais bo'lsin degan taklif ovozga qo'yilganda, hamma bir qo'lini ko'tarsa, Bodom xola ikki qo'lini ko'tardi. (S.Ahmad.):
Ikkinchi modelp:bosh gapga nisbatan ikkidan ortiq, ergash gaplar birgalik ergashuvini hosil qiladi, shulardan birini ketma-ket ergash gapi bo'ladi:
Yov taslim bo'ldi deb kelganda xabar,
Muyassar bo'lganda muqaddas zafar,
Moskva so'ngi bor salyut berganda,
Qizlar g'oliblarga chechak terganda,
Buyruq berganda Oliy Qo'mondon,
Keladi muzaffar sohibqironning.
(Uyg'un.)
Uchinchi modelp: bosh gapga bir ergash gap bog'lanib, bu ergash gap ikkita birgalik ergash gapni o'ziga biriktiradi.Ergash gapga birikuvchi birgalik ergash gaplar ikki xil xarakterda bo'lishi mumkin:
a) bir tipli ergash gaplardan:
O'zaro tekshirish o'tkazilganda ham, musobaqa yakunlanganda ham hamma eotibor xo'jalik masalalariga berilib, shartnomaning boshqa moddalari faqat xo'ja ko'rsin uchungina tilga olinar edi. (A.Qahhor.)
To'rtinchi modelp : bosh gapga birgalik ergashish usuli bilan bog'lanayotgan ikki birgalik ergash gaplarning har biri bittadan o'z ergash gapiga ega bo'ladi:
Ona qolib, bola o'lsa, qari qolib, yosh ketsa, qanday chiday, bolam? (U.Nazarov.)
Bu konstruktsiya tarkibida beshta sodda gap bor. Ulardan dastlabki to'rtasi ergash gaplar hisoblanib, bu ergash gaplar bosh gap bilan aralash ergashishni yuzaga chiqaradilar.
Birinchi ergash gap ikkinchisiga,uchinchi ergash gap to'rtinchisiga, nisbatan ketma-ket birikkan ergash gaplardir. Ikkinchi va to'rtinchi ergsha gaplar o'z ketma-ket ergash gaplariga ega bo'lganlari xolda, bir-birlariga nisbatan parallel joylashib, bosh gap bilan birgalik ergashishni xosil qiladi. Aralash ergashishnin bu modelini quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin:
Aralash ergashishning yuqorida ko'rsatilgan modellarida bosh gap bitta bo'lib, u ikkidan ortiq birgalik, birgalik va ketma-ket ergash gaplar bilan grammatik aloqaga kirgan.
BIR NEChA GAPLI QO'ShMA GAPLARDA ERGASh GAPLARNING O'RNI MASALASI.
a) birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi ergash gaplar bosh gapdan oldin ham, keyin ham joylashuvi mumkin. Bosh gaplan avval:
Rosa uch yil o'tganda,
Olamni gul tutganda,
Yam-yashil erta bahor
Bunyod bo'ldi namoyon (H.Olimjon)
b) bosh gapdan so'ng:
Shunday odamlar ham bo'ladiki, ular o'z aql idroklariga boyvachadek qaraydilar, idroklari u qadar o'tkir bo'lmasada, o'z talantlarini shu idroklariga bo'ysundiradilar. (M.Gorkiy)
v) ketma-ket ergashishda esa ergash gaplar faqat bosh gapdan oldin qo'llanadi:
Yog'ingarchilik tugab, havo ochilib ketgach, Shukurov kolxoz … komandirlari – brigadirlarni to'pladi. (I.Rahim)

Eshik ochilib ravon,


Qiz kirsaki, charog'on –
Bir uy, unda gilamlar
Osig'likmish sanamlar.
(A.S.Pushkin).
BIR NEChA ERGASh GAPLI QO'ShMA GAPLARNI TAHLIL ETISh TARTIBI:
1. Bir necha ergash gapli qo'shma gap turi:
a) birgalik ergashishli;
b) ketma-ket ergashishli;
v) aralash ergashishli;
2. Ergash gaplarning tipi:
a) bir tipli (uyushgan) ;
b) turli tipli (uyushmagan).
3. Ergash gaplar yordamida bosh gapni izohlanishi:
a)umumiy izoh;
b) bo'lak izohi.
4. Ergash gaplarni bosh gapga bog'lovchi vositalar.
5. Bir necha ergash gapli qo'shm agapning sxemasi
TAHLIL NAMUNASI
Yana kimki Vatan uchun jang qilsa,
Yana kimki yov holini tang qilsa,
Yana kimki yovni quvsa vatandan
Mening chehram kshrinadi o'shanda.
(H.Olimjon)
1. Bir necha ergash gapli qo'shma gap; uch ergash koiponent va bir bosh gaplan iborat , birgalik ergashishli .
2. Bir tipli birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi izoh ergash gaplar uyushib kelgan.
3. Ergash gaplar yordamida bosh gap tarkibidagi «o'shandan» (to'ldiruvchi bo'lagi) izohlangan. Demak, bo'lak, izohi.
4. Ergash gaplar bosh gapga analitik – sintetik usul bilan bog'langan.
5. Sxemasi:

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Abdurahmonov G'. Qo'shm agap sintaksisi asoslari. T., fan, 1958 yil.
2. O'zbek tili grammatikasi. II tom Sintaksis. T.,1976 yil.
3. Abdurahmonov G'. Sulaymonov H. Holiyorov X. J.Omonturdiyev .Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. 1976 yil.
4. G'ulomov A.G'. Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 1987 yil.
5. www.ziyonet.uz
Download 22,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish