Bir makon, bir yo'l



Download 388,52 Kb.
bet5/10
Sana13.05.2020
Hajmi388,52 Kb.
#50152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bir makon bir yo'l

Savdo va investitsiya. 2001 yilda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan Xitoy dunyoning yangi iqtisodiy o‘chog‘i (economic powerhouse) bo‘lishi aytila boshlangandi. Ammo 2009 yilda ilk bor Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylangachgina ko‘pchilik Xitoyni jiddiy qabul qila boshladi. Hammada bitta savol paydo bo‘ldi: «qudratga to‘layotgan Xitoy dunyoga qay tarzda ochiladi – kuch bilanmi yoki tinchlik bilanmi?».

2013 yilning noyabr va dekabr oylarida Xitoy rahbari Xitoyning yangi xalqaro taraqqiyot modelini dunyoga tanishtirdi: «Bir makon, bir yo‘l».

Yaqin-yaqinlargacha g‘arb olamidan keladigan tashabbuslarga ola ko‘z bilan qarab kelgan Xitoy qudratga kelganidan boshlab faol tashabbuslar bilan dunyoga tanilishni boshladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, Xitoy shu paytgacha taklif etilgan qarorlarni qabul etuvchi va rozi bo‘luvchi (rule-taker) maqomida bo‘lgan bo‘lsa, 2013 yildan boshlab u «rule-maker», ya'ni qoida tuzuvchi yetakchi maqomiga o‘ta boshladi.

Agar xitoylik mashhur siyosatchi Deng Shaopin o‘z davrida Xitoyni xalqaro aloqalarda «taoguang yanghui», ya'ni «kamtarin bo‘lish va payt poylash» (keep a low profile and bide your time)ga chaqirgan bo‘lsa, Xitoy hozirda xalqaro me'yorlar va institutlarni shakllantirishga intilmoqda va Xitoyning global mavqega ega bo‘lishini qat'iy takidlamoqda Uning bosh loyihasi, shubhasiz, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusidir. 

Ushbu loyiha, Xitoy hukumati ta'biri bilan aytganda, tashabbus, Xitoy prezidenti tomonidan 2013-yilda taklif qilingan rivojlanish strategiyasi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasini ikki yo‘l bilan Yevroosiyo mintaqasiga bog‘lashni maqsad qilgan: «Ipak yo‘li iqtisodiy makoni» va «21 asr Dengiz ipak yo‘li». Xitoy tashabbusining mohiyati Xitoyni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama mexanizmlar va tuzilmalarni mustahkamlash orqali xalqaro hamkorlik va rivojlanishning yangi modelini topish, shakllantirish va rivojlantirishdir.

Tashabbus doirasiga Yevroosiyo mintaqasidagi 65dan ortiq mamlakat, 4,4 milliard aholi va dunyo yalpi milliy mahsulotining 40 foizi kirib ketadi. Uni Xitoyning kuchli moliya institutlari, misol uchun Eksport-import banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq xo‘jalik banki, Ipak yo‘li fondi va Osiyo infrastruktura va investitsiya banklari qo‘llab-quvvatlaydi.

Tashabbus negizida Xitoy ichki bozorining to‘yinishi sababidan bozor topa olmay qiynalayotgan Xitoy shirkatlari uchun Yevroosiyo mamlakatlari hududida multi-milliard dollarlik infratuzilma loyihalarini vujudga keltirish, ular Xitoyning ommaviy banklaridan beriladigan imtiyozli kreditlar orqali Xitoydagi firmalar tomonidan barpo etilishi yotadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Agar ushbu multi-milliard dollarlik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, qadimiy «Ipak yo‘li» tijorat yo‘lagi haqiqiy ma'noda vujudga keladi. Xitoy ushbu tijoriy yo‘lakni hamma uchun ochiq va erkin savdo qoidalariga asoslangan holda birgalikda barpo qilishga chaqirmoqda. 

Demak, «Xitoy nima maqsadlarni ko‘zlagan?», degan savolga javob tariqasida quyidagilarni keltirsa bo‘ladi:


  1. Xitoyning haddan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga muvofiq qo‘shimcha yangi bozorlarni topish;

  2. 3 trillion AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan davlat potensialidan unumli foydalanish;

  3. Xitoy milliy pul birligi – yuanni xalqaro valuta darajasiga ko‘tarish;

  4. Xitoyning sharqiy sohillariga qaraganda rivojlanishdan ortda qolayotgan g‘arbiy hududlarini rivojlantirish.

Xitoy hukumati 2015-yil mart oyi oxirida ushbu tashabbusni nazariy jihatdan belgilovchi hukumat hisobotini e'lon qilgan. Xitoy hukumatiga ko‘ra, «Bir makon, bir yo‘l»ni birgalikda qurish jahon hamjamiyati manfaatlariga xizmat qiladi. Shuningdek, «umumiy g‘oyalarni va inson jamiyatlarini ko‘zlagan holda, xalqaro hamkorlik va global boshqaruvning yangi modellarini izlash yo‘lidagi ijobiy harakat dunyo tinchligiga va rivojlanishiga yangi ijobiy turtki beradi».

Nima bo‘lganda ham, Xitoy o‘z kompaniyalari kelajakda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishi uchun Yevropa tomon cho‘zilgan iqtisodiy yo‘lak qurishni rejalashtirayotgani aniq. Buning natijasida Yevroosiyodagi davlatlarning iqtisodiy yuzi g‘arbga emas, Tom Miller o‘zining «Xitoyning Osiyodagi xayoli» kitobida aytganidek, Xitoy tomon buriladi.



Tashabbusning quyidagi beshta ustuvor yo‘nalishlari mavjud:

  • Chora-tadbirlar koordinatsiyasi (policy coordination);

  • Infrastrukura bog‘lanishi (infrastructure connectivity);

  • To‘sqinliksiz savdo (unimpeded trade);

  • Moliyaviy integratsiya (financial integration);

  • Insonlarni bir-biri bilan bog‘lash (connecting people).

Loyiha qiymati 1 trillion AQSh dollari atrofida baholanib, bu summa asosan port, yo‘llar, aeroportlar, elektr stansiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlari kabi infratuzilmalar qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilgan.  




Download 388,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish