LABORATORIYA ISH - №7
BIR FAZALI TRANSFОRMATОRNI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi:
Bir fazali
transfоrmatоrning tuzilishi, vazifasi asosiy harakteristikalari , transformatsiya koefisenti va salt ishlash harakteristikalarini olishni o’rganish
Kerakli asbob va materiallar. O’zgaruvchan tok ampermetri (1 ta 5A gacha shkalali 2 ta 20 A gacha shkalali); o’zgaruvchan tok voltmetrlari (30V, 150V va 250 V); bir fazali transformator (220V/12 V); bir qutbli rubilnik va ulovchi simlar.
Nazariy ma’lumotlar
Biror kchlanishli o’zgaruvchan tokning chostotosini o’zgartirmagan xolda uni boshqa kuchlanishli o’zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladigan statik apparat
transformator deyiladi.
Transformatorning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya xodisasiga asoslangan. Elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan transformatorlarning o’zagi ma’lum shakldagi berk rama ko’rinishida yig’ilgan aloxida po’lat plastinkalaridan iborat (2.1-rasm).
2.1-rasm
Birlamchi chulg’am (g’altak) dagi o’ramlar soni W
1, bo’lsin. Unga tarmoqdan yoki generatordan o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunda o’ramdan o’zgaruvchan I tok o’tadi, bu tok po’lat o’zakni magnitlab, unda o’zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu tokning magnitlovchi ta’siri amper o’ramlar soni (I W
1,) ga proporsional bo’ladi.
G’altakda tok ortgani sari o’zakdagi
magnit oqimi xam ortib boradi, buning o’zgarishi esa g’altak o’ramlarida uzinduksiya EYUK hosil qiladi. Uzinduksiya EYUK g’altakka berilgan kuchlanish darajasiga yetganda birlamchi o’ramda tokning ortishi to’xtaydi. Shunday qilib, transformatorning birlamchi o’rami zanjirida uning uchlariga
berilgan kuchlanish U1 va o’zinduksiya EYUK E
1 bo’ladi. Bunda kuchlanish U
1 dan o’ramda kuchlanishning pasayishi miqdoricha ortiq bo’lib, kuchlanishning bu pasayishi esa juda kam bo’ladi.
Transformator o’zagida vujudga kelgan o’zgaruvchan magnit oqimi transformatorning ikkilamchi g’altagini ham kesib o’tib, uning har o’ramida birlamchi g’altakning har bir o’ramidagidek EYUK hosil qiladi.
hosil bo’lgan EYUK ning kattaligi chulg’amlarning o’ramlari soniga proporsional bo’ladi:
(4)
bo’ladi.
Bu formula transformator chulg’amlarida hosil bo’lgan elektr yurituvchi kuchlar ham sinusoidal qonun bo’yicha o’zgarishini hamda ularning fazasi magnit oqimining fazasiga nisbatan 90° burchakka orqada qolishini ko’rsatadi. (3) ifodadan EYUK ning maksimal qiymatini aniqlaymiz. Agar bulsa,
bo’ladi.
Shuning uchun
(5)
Endi E
1max ni ga bo’lib, birlamchi chulg’amda hosil bo’lgan EYUK ning effektiv qiymatini aniqlaymiz:
(6)
Shuningdek ikkilamchi chulg’amdagi EYUK ning qiymati:
(7)
Bu formulada magnit oqimi veber hisobida o’lchanadi.
Demak, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarida hosil bo’lgan EYUK lar qiymati, chulg’amlarning o’ramlari soniga to’g’ri proporsional ekan.