Bir fazali transformatorlar. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Ish rejimlari



Download 301,1 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi301,1 Kb.
#707252
Bog'liq
inf mus2






To`yqulov Otabek

  1. Bir fazali transformatorlar. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Ish rejimlari.

  2. Ikki taktli bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagich sxemasi.

  3. Aloqa korxonasi elektr qurilmasi tarkibiga kiruvchi qurilmalar.

Reja
1 bir fazali to‘g‘rilagich sxemasi


2 Ikki taktli bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagich sxemasi
3 Xulosa
4 Foydalanilgan adabiyot va internet saytlar

Тransformator ikki o‘ramli bo‘lsa, bir fazali, agarda uch o‘ramli bo‘lsa uch fazali bo‘ladi. Birinchi o‘ramiga U1 kuchlanish manbadan ulanadi. Buni transformatorning birinchi o‘rami deb, uning o‘ramlarini w1 deyiladi. Ikkinchi o‘ramni w2 ikkinchi o‘ram deb aytiladi. Unda hosil bo‘lgan kuchlanishni E2 deyiladi. O‘ramlarning uchlarini A va a, oxirlarini X va x deyiladi. O‘zgaruvchan kuchlanish U1 ta’sirida birinchi o‘ramning o‘ramlaridan o‘zgaruvchan tok I oqib o‘tib, o‘zgaruvchan magnit yurgazuvchi kuch i w1 hosil qiladi, bu esa magnit o‘tkazuvchi


po‘lat temirdan kesib o‘tuvchi asosiy o‘zgaruvchan magnit oqimi F ni hosil qiladi. Katta magnit o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan magnit o‘tkazuvchini qo‘llash o‘ramlar orasidagi o‘zaro elektromagnit aloqasidagi magnit oqimini oshirishga imkoniyat yaratadi. Magnit oqimi F birinchi o‘ramni ikkinchi o‘ram bilan ulab, ularni birlashtiradi.

Birinchi o‘ramning sinusoidal kuchlanishi sinusoidal magnit oqimini hosil qiladi:

bu yerda: F – magnit oqimi; Fm – birinchi o‘ramdagi elektr yurituvchi kuchning amplitudasi (EYK); sinωt – tezlik burchagi. Magnit oqimi birinchi o‘ramda o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchini induksiyalaydi. Bu hosil qilingan EYK o‘ramlarning o‘ram soniga va magnit oqimining tezligiga proporsional:

bu yerda: E1m = ωM1Fm – birinchi o‘ramdagi elektr yurituvchi kuch (EYK) tebranishlari (amplitudasi). Magnit oqimi ikkinchi o‘ramda EYK hosil qiladi. Bu quyidagicha ifodalanadi:

Тransformatorning ikkinchi o‘ramidagi EYK fazasi birinchi o‘ramdagi EYK fazasiga o‘xshab magnit oqimidan 2π burchakka orqada qoladi, chunki bu ikkala EYK shu magnit oqimi bilan induksiyalanadi.


EYK chastotasi bir xil bo‘lganligi va bir xil magnit oqimi bilan induksiyalanganligi uchun birinchi o‘ramdagi EYK ikkinchi o‘ramning EYK dan farq qiladi, chunki birinchi o‘ramning o‘ram soni M1 ikkinchi o‘ram soni M2 dan farq qiladi. O‘ram soni qancha ko‘p bo‘lsa, EYK shuncha ko‘p bo‘ladi. Birinchi o‘ram EYK ning ikkinchi o‘ram EYK ga nisbati transformatorning koeffitsiyenti deb ataladi:

Тransformatorning M2 o‘rami ko‘p bo‘lib, M1 o‘rami kam bo‘lsa, kuchlanishni oshiruvchi transformator deyiladi, agarda M2 o‘rami kam bo‘lib, M1 o‘rami ko‘p bo‘lsa, kuchlanishni kamaytiruvchi transformator deb aytiladi. Тransformatorlar bir fazali va uch fazali bo‘ladi.

Eng sodda tuzilgan ikki taktli o‘zgartirgich sxemasida Tr1 kuch transformatorining ikki birlamchi cho‘lg‘ami VT1 va VT2 tranzistorlarning bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai 𝑈kir esa tranzistorlar emitterlari va Tr2 transformator birlamchi yarim cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasi orasiga qo‘yilgan (6.3- rasm).



Kommutatsiya momentida, tiristorlardan biri ochiq, ikkinchisi esa induktivlikning razryadlanish toki o‘tkazayotgan vaqtda yuklama induktivligida va reaktiv kommutatsion elementlarda yig‘ilgan reaktiv quvvatni VD1 va VD2 diodlar 𝑈0 ta’minot manbai tomoniga o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Ikki taktli ko‘priksimon o‘zgartirgich sxemasi 6.4-rasmda keltirilgan.



6.4-rasm. Ikki taktli ko‘priksimon o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi
Birinchi yarim davrda boshqaruvchi kuchlanish musbat impulslari bir vaqtning o‘zida VS1 va VS4 tiristorlarga beriladi. Tiristorlar ochiladi va ular orqali TV1 transformatorning birlamchi cho‘lg‘amiga tok oqib o‘tadi. Bu vaqtda C1 kondensator ta’minot manbaining UK kuchlanishigacha zaryadlanadi. Boshqaruvchi kuchlanishning ikkinchi yarim davrida impulslar VS2 va VS3 tiristorlarga beriladi va ular ochiladi. Ammo bu vaqtda C1 kondensatordan musbat potensial VS1 tiristor katodiga beriladi va u yopiladi. VS4 tiristor anodiga esa S1 kondensatordan manfiy potensial beriladi va u ham yopiladi. So‘ng tiristorlar juftligi navbatma-navbat ochiladi. Bunda Tr1 transformatorning birlamchi cho‘lg‘amidan qarama-qarshi yo‘nalishdagi tok impulslari oqib o‘tadi. Bu tok impulslari ikkilamchi cho‘lg‘amda o‘zgaruvchan tokni induksiyalaydi. Keyinchalik bu o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilagichda to‘g‘rilanadi va filtrda silliqlanib yuklamaga uzatiladi.

Aloqa kurilmalarining elektr ta'minoti tizimlarida ko’p fazali, yani 2 fazal, 3 fazal, 6 fazal tizimlar keng q jiddiy. Butizimlarni ko’prok tarqalgan 3 fazali tizim misolida kurib chikamiz.


Agar galtakni doimy magnet maidoniga yeyishb uni ailantira boshlas unda

E = Em sinωt

EYUK inductionalanadi, bu erda ω-burchakli tezlik

Elektr manbalri birlamchi (B T E M ) va ikkilamchi


elektrami n o t i manbalariga (I E TM) bo’linadi.
B E T M larga xar xil turdagi energiyalarni.(kimyoviy quyoshva h.q) bevosita elektr energiyasiga aylantiruvchi o’zgartirgichlar quyosh yani elektronmoshina generatorlari galvanic elementlar .Quyosh batareyalari va h.q
IETMlarga bir turdagi elekt r energiyani ikkinchi turdagi elekt r energiyasiga aylantirib beruvchi o’zgartirgichlar (transformatorlar, tugrilagichlar, stabiliztorlar, IElT lar .)
Aloka korhonalarining elektr taminoti asoson energiya tizimi yoq va mahalli i elektrostansiya orqali amalga owiriladi [1] .Aloka korhonalari apparaturalarining taminoti turli va elektr taminotini amalga oshiruvchi inshoat- lar majmuasi bo’lgan elektr qurilma orqali amalga oshiriladi. Korhona elektr qurilmasi tarkibiyga transformator podstansiyasi va elektr taminoti tizimi kiradi
Elektr energiyasi taminoti tizimi bu o’zora elektr tarmoqlinyalari orqali bir-birilar bilan bog’langan ,elektrostansiyalar podstansiyalar va elektr energiyasi qabullagichlari majmualari to’plamidir

Elektr energiyasi tizimining tuzilish sxemasidan ko’rinib turibdiki ,elektrostansiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi TV1transformator yordamida 6kVli kuchlanishdan 35 kVli kuchlanishgacha orttiriladi va elektr uzatish liniyasi orqali TV2taqsimlovchi podstansiyaga beriladi .Bu transpormator orqali 35 kVli kuchlanidh 6kVli kuchlanishgacha pasaytirilladi va istemolchining (aloqa korxonasining )TV3 transformatorlariga uzatiladi .TV3 transformator yordamida 6 kVli kuchlanish istemolchi uchun zaru bo’lgan 380/220 Vli kuchlanishlarga aylantiriladi .Ko’rinib turibdiki ,elektr energiyasi istemolchiga etib kelguncha uch marotaba o’zgartirilmoqda .Amaliyotda o’zgartirishlar soni bundan xam ko’p bo’lishi mumkin.

Xulosa
Biz bu mustaqil ishda bir fazali transformatorlarning ishlash rejimlarni ko’rdik .Bunda istemolchilarni elektr bilan ta’minlash sistemasida ishlatiladigan transformatorlar kuch transformatorlar deyilarkan
Birlamchi chulgamni E.Y.U.Kning aniqlaymiz E1=4.44w1f1Фм
Xuddi ikkimlamchi chulgamni E.Y.U.Kning aniqlaymiz E2=4.44w2f2Фм
Ikki fazalida kommutatsiya momentida, tiristorlardan biri ochiq, ikkinchisi esa induktivlikning razryadlanish toki o‘tkazayotgan vaqtda yuklama induktivligida va reaktiv kommutatsion elementlarda yig‘ilgan reaktiv quvvatni VD1 va VD2 diodlar 𝑈0 ta’minot manbai tomoniga o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyot va internet saytlar
1 Elektrotexnikaning nazariy asoslari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘l. К . I/ S.F.Amirov, M.S.Yoqubov, N.G.Jabborov; 0 ‘zR Oliy va о‘йа

maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent: Talqin, 2008. — 144 b


2.Karimov A.S va boshqalar.Elektrotexnika va elektronika asoslar.-T.:O'qituvchi, 1995. -469
3.Majidov S.M. Elektrotexnika. -Toshkent.: O'qituvchi, 2000. -262 b.
4www.arxiv.uz transformatorlar
5www.ziyonet.elektrotexnikalar
Download 301,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish