Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. Produtsentlar. Konsumentlar. Redutsentlar Ekologik hamjamoa. Muayyan ?ududda tar?algan ?ar XIL turlarga mansub populyatsiyalar guru?i ekologik ?amjamoa, ya'ni biotsenoz deyiladi



Download 16,98 Kb.
Sana14.08.2021
Hajmi16,98 Kb.
#147585
Bog'liq
3 EK


Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. Produtsentlar. Konsumentlar. Redutsentlar

 

       Ekologik  hamjamoa. Muayyan ?ududda tar?algan ?ar xil turlarga mansub populyatsiyalar guru?i  ekologik  ?amjamoa, ya'ni biotsenoz deyiladi. O'simliklar ?ar ?anday ekologik jamoalarning asosini tashkil etadi. Masalan, cho'l jamoasi asosan kserofit (?ur?o?chilikka chidamli o'simliklar) dan, o'tlo? jamoasi asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlardan, to'?ay-butalar va daraxtlardan, tayga–igna bargli  daraxtlardan iborat. ?ar ?anday o'simliklar jamoasi o'ziga xos ?ayvonlar, mikroorganizmlar, zamburu?lar turlariga ega.



      O'simlik, ?ayvonlar, mikroorganizmlar, zamburu?lar jamoalari bir-biri bilan uzluksiz bo?langan organizmlarning yaxlit sistemasi biotsenoz (grekcha bio-?ayot, tsenoz-birgalikda), ya'ni ekologik jamoani  ?osil ?iladi. Ekologik jamoa ?ar xil kattalikda va turli darajada tuzilgan. Masalan, o'tlo? dasht jamoasi o'simliklar, umurt?ali va umurt?asiz ?ayvonlar, mikroorganizmlar jamoalaridan tashkil topadi. Jamoalar turlarining  xilma-xilligi va tarkibi ji?atdan bir-biridan far? ?iladi.

       Ekologik jamoalar o'zaro va atrof mu?it bilan moddalar almashinuvi va energiya o?imi or?ali chambarchas bo?langan. Jamoa tarkibidagi tirik organizmlar atrof mu?itdan ozi? moddalar  bilan birga energiya va kislorod ?am oladi; tash?i mu?itga moddalar almashinuvi ma?sulotlarini chi?aradi. Ana shunday almashinuv tufayli ekologik jamoa va atrof mu?it yaxlit bir butun sistemani ?osil ?iladi. Bunday sistema ekosistema deb ataladi. Ekosistema ancha keng ma'noga ega bo'lgan tushuncha. Bu tushuncha bir va?tning o'zida  tabiiy (masalan, tayga, tundra, cho'l) ?amda sun'iy (masalan, akvarium, ?ovuz) komplekslarga  tegishlidir. Shuning uchun elementar tabiiy  ekosistemani belgilash uchun biogeotsenoz (grekchadan bio-?ayot, geo-er, tsenoz-birgalikda) terminidan foydalaniladi. 

        Biogeotsenoz. Biogeotsenoz  er yuzasi muayyan bir ?ismi (biotop) ni egalagan tirik organizmlar  (biotsenoz) bilan notirik mu?itning tarixiy tashkil topgan kompleksidan iborat. Biogeotsenoz chegarasi uning tarkibiga kiradigan o'simliklar jamoasi (fitotsenoz) chegarasi bilan beglilanadi. ?ar ?aysi biogeotsenoz uchun  moddalar va energiya almashinuvi o'ziga xos bo'ladi .

 

Shunday ?ilib, biogeotsenoz tirik va notirik komponentlardan iborat. Uning  tirik ?ismiga   o'simliklar, ?ayvonlar, mikroorganizmlar, notirik komponentiga esa atmosferaning er ustidagi ?atlami, ?uyosh energiyasi, tupro? va bosh?alar kiradi. Biogeotsenoz-tabiiy landshaftning asosiy ?ismi ?amda biosferaning elementar biologik xududiy birligi ?isoblanadi.



Organizmlarning funktsional guru?lari. Biogeotsenozlardagi organizmlarni ozi?lanish usuliga binoan produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarga bo'lish mumkin. Produtsentlar, ya'ni organik  moddalar ?osil ?iluvchilar avtotrof (grekcha avto-o'zi, trof-ozi?) yashil o'simliklardan iborat. Avtotrof o'simliklar fotosintez jarayonida organik moddalarni sintez ?ilish or?ali ?uyoshning yoru?lik energiyasini organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantiradi. Avtotroflar ?ar ?anday ekologik  jamoaning asosini tashkil etadigan birinchi funktsional guru? ?isoblanadi.

Yashil o'simliklar ?osil ?ilgan biologik ma?sulot jamoadagi tayyor organik moddalar bilan ozi?lanadigan geterotrof (grekcha getero-?ar xil) organizmlar uchun ozi? bo'ladi. Geterotroflar konsumentlar (lotincha konsumo-este'mol ?ilish)  va redutsentlar (lotincha  reducents-?aytaruvchi, tiklovchi) ga ajratiladi. Konsumentlarni  ?am birlamchi,  ikkilamchi, uchlamchi va ?okazo guru?larga ajratish mumkin. Birlamchi konsumentlar-o'txo'r ?ayvonlar, ikkilamchi va uchlamchi konsumentlar etxo'r, yirt?ich,  parazit ?ayvonlardan iborat. Redutsentlarni parchalovchilar asosan bakteriya va zamburu?lardan iborat.

O'txo'r ?ayvonlar o'simlik massasini este'mol ?ilib, undagi moddalar va energiyaning bir ?ismidan o'z tanasini tiklash uchun foydalanadi. Ular ?am o'z navbatida etxo'r va yirt?ich ?ayvonlarga em bo'ladi. Redutsentlar o'lik o'simlik to'?imalari, ?ayvonlar murdasi, chi?indilari, o'lik mikroorganizmlar bilan ozi?lanadi. Ozi?lanish jarayonida redutsentlar organik ?oldi?larni suv, karbonat angidrid va mineral elementlargacha parchalaydi.  Minerallashtirish  natijasida o'simliklar  o'zlashtirgan elementlar yana tupro??a tushadi va o'simliklar tomonidan ?ayta o'zlashtiriladi.

Shunday ?ilib, ekosistemada ozi? va energetik bo?lanish produtsentlar-konsumentlar-redutsentlar yo'nalishida boradi. Bu uch guru? barcha ekologik  jamoalarda bo'ladi. ?ar bir guru?ga  ko'p xil populyatsiyalar kiradi. Ana shu uch guru? birgalikda ekosistemaning  bir me'yorda ishlashini ta'minlaydi.

Ekosistemalarga misollar. Ekosistemalar bir–biridan organizmlarning tur tarkibi va ular yashayotgan mu?itning xususiyatlari bilan far? ?iladi. Misol  tara?asida  chuchuk suv  ?avzasi biogeotsenozini ko'rib chi?amiz.

Tabiiy chuchuk suv ?avzalari,  masalan,  ko'l yoki ?ovuz, unda yashayotdigan tirik organizmlar: suv o'tlari, ?ayvonlar, mikroorganizmlar bilan  birga alo?ida  biogeotsenozni ?osil ?iladi. Bunday biogeotsenoz ?am o'z-o'zini bosh?arish xususiyatiga ega.

Suv ?avzasida o'simlik va ?ayvonlar bir tekis tar?almagan. ?ar bir tur o'zi moslashgan sharoitda yashaydi. Odatda, so?il bo'yi organizmlarning yashashi uchun ?ulay ?isoblanadi. Bu er uncha chu?ur bo'lmaganidan ?o'yosh  nuri suv tubigacha  etib borib, suv yaxshi to'yingan bo'ladi. Yoru?lik  yaxshi tushganidan bu erda yuksak o'simliklar va suv o'tlari yaxshi rivojlanadi.  ?ayvonlarning ko'pchiligi yuksak  o'simliklar yoki  bir xujayrali  suv o'tlari (bali?lar, mayda  ?is?ichba?asimonlar)  bilan ozi?lanadi. Bosh?alari o'txo'r ?ayvonlar bilan ozi?lanadi (yirt?ich bali?lar, ninachilar lichinkasi, suv ?o'n?izlari, suv  ?andalalari). Mikroskopik ?ayvonlar, suv  o'tlari  plankton (mualla? suzib yuruvchi organizmlar) tarkibiga kiradi. Suv tagida bali?larning  chovo?lari, yirt?ich ?o'n?izlar, yitr?ich  ?andalalar, suv tubida  esa ikki pallali molyuska ba?achana?, ?ashoratlardan bulo?lar, kunliklar, ninachilar lichinkalari, ?al?ali chuvalchanglardan, zuluklar, va kamtuklilar, suv yuza pardasida suv gazchilari, gir aylangich ?o'ngizlar uchraydi. Ozi?ning mo'l-ko'l bo'lishi  bali?larni ?am so?il ya?iniga jalb ?iladi .

 

Suv  ?avzasining ?uyosh nuri kam tushadigan ancha chu?ur ?ismida yashil o'simliklar uchramaydi; ?ayvonlar  ?am kam uchraydi. Pastki ?atlamlarda, suvning aralashib turmasligi, ?o'yosh energiyasi etib bormasligi tufayli,  kislorod kam, ?arorat past bo'lganidan ?ayot uchun ?ulay emas.



Suv ?avzasining ochi? ?ismida ?ayot asosan, suvning kislorod ko'pro? eriydigan, yaxshi isiydigan va yoritiladigan yu?ori ?atlamida  ?ayot uchun ancha ?ulay sharoit bo'ladi.

Bunday joylarda suv yuzasidagi plankton tarkibida mikroskopik suv o'tlari, bakteriyalar ?amda ular ?isobida ozi?lanadigan infuzoriyalar, o?iz aylangichlilar, ?is?ichba?asimonlar ko'p uchraydi. Suv ?avzalaridagi biotsenotik jarayonlarda plankton organizmlar mu?im a?amiyatga ega.

Nima uchun shunday bo'ladi?

Ba?or va yoz kunlarida bir necha kun turib ?olgan fontan, ko'lmak va ?ovuz suvlari «ko'karib»  ketadi.

Nima uchun yirik suv ?avzalari (ko'llar) da bunday ?olat kuzatilmaydi?

 

Javob yozing va bilimingizni ba?olang!



1. So'zlarni tartib bilan joylashtirish or?ali ekologik jamoa tushunchasiga ta'rif bering.

1-populyatsiyalar guru?i, 2-turlarga mansub, 3-?ududda, 4-deyiladi, 5-muayyan, 6-ekologik jamoa, 7-tar?algan, 8-?ar xil.

A) 5, 3,7, 8, 2, 1, 6, 4;   B) 3, 7, 8, 1, 6, 4;  D) 7, 5, 2, 1, 6;  E)  3, 7, 8, 4;     

2. Biogeotsenozlar komponentlariga nimalar kiradi?

1-produtsentlar, 2-konsumentlar, 3-biotop, 4-?ayvonlar, 5-redutsentlar, 6-o'simliklar.

A) 1, 2, 3, 4; B) 1, 6, 2, 4, 5, 3;  D) 6, 2, 4, 5;  E)  3, 2, 1, 4, 5, 6.

3. Ekologik  jamoalarni ular asosini tashkil etuvchi o'simliklarni o'simliklar bilan birga juftlab yozing.

a) cho'l, b) to'?ay, d) o'tlo?, e) tayga, f) suv ?avzasi.: 1- bir yillik va ko'p yillik o'tlar. 2-plankton. 3-igna bargli daraxtlar. 4-butalar va daraxtlar 5- kserofitlar

A) a-5, b-4, d-1, e-3, f-2;        B) b-4, a-5, f-3,    D)  a-5 ,b-4, f-2; 

E)  a-4, b-5, e-2

4. Biogeotsenozlarda organizmlar ozi?lanish usuliga binoan ?anday guru?larga ajratiladi? (2-topshiri??a ?arang)

5. Terminlarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing.

a) produtsentlar, b) birlamchi konsumentlar, d) ikkilamchi konsumentlar, e) redutsentlar: 1-parchalovchilar, 2-o'txo'r ?ayvonlar, 3-yashil o'simliklar, 4- yirt?ich ?ayvonlar

A)  a-3,b-2, d-4,e-1;      B) a-1,b-2,d-3,e-4;         D) a-1,b-3,d-1,e-4;

E)  a-2,b-1,d-4,e-3.

6. Biogeotsenozlardagi organizmlar ekologik guru?larini ularning funktsiyasi bilan  birga juftlab yozing.

a) produtsentlar, b) birlamchi konsumentlar, d) ikkilamchi konsumentlar e) redutsentlar: 1-o'txo'r ?ayvonlar bilan ozi?lanadi. 2-avtotrof usulda biologik massa ?osil ?iladi. 3-organik ?oldi?larni parchalaydi. 4-o'txo'r

A) a-1, b-2, d-3, e-4; B) a-2, b-4,d-1, e-3;  D) a-4, b-3, d-2, e-1

7. Suv ?avzasi biogeotsenozi planktoni  tarkibida ?anday organizmlar ko'pchilikni tashkil etadi?

 1-mollyuskalar, 2-o?iz aylangichlilar, 3-infuzoriyalar, 4-bulo?chalar lichinkasi, 5-zuluklar, 6-mikroskopik suv o'tlari

A) 5, 3;  B)  6;   D) 5, 1;  E)  1,4,5,6.

8. Suv tubi-bentosda  ?anday organizmlar yashaydi (7-topshiri?)



 

 
Download 16,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish