Ekologik nisha - Turning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi. ( 43-bet ) 53. Fototropizm - O‘simlik organlarining yorug‘lik tomonga o‘sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi. Masalan, o‘simlik novdasi yorug‘lik tushadigan tomonga burilib o‘sadi. ( 48-bet ) 54. Fotoperiod - Kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. ( 49-bet ) 55. Fotoperiodizm - Kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. ( 51-bet ) 56. Fototaksis - Erkin harakatlanadigan sodda hayvonlar, bir hujayrali tuban o‘simliklarning yorug‘lik ta’siri yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi. ( 48-bet ) 57. Fotonastiya - Sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtining almashinishi bilan bog‘liq harakatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ba’zi o‘simliklarning gullari yorug‘da ochiladi, kun botganda esa yopiladi (lola, qoqio‘t). ( 48-bet ) 58.
Do'stlaringiz bilan baham: |