Biotexnologiya yutuqlari va ularning evolyutsion mohiyati



Download 458,3 Kb.
bet4/5
Sana12.06.2022
Hajmi458,3 Kb.
#657790
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biotexnologiya yutuqlari va ularning evolyutsion mohiyati

Gel elektroforezi. Gel elektroforezi usuli DNK fragmentini toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish imkonini beradi. Tadqiqotchilar geldagi DNK fragmentlarini aniqlab, PZR reaksiyasining natijalarini tahlil qila oladilar. Gel elektroforezi DNK fragmentlarini ularning oʻlchami asosida ajratadi. Fragmentlar boʻyoqlar bilan boʻyaladi va tadqiqotchilar ularni koʻra olishadi.


DNK fragmentlari gel ichida manfiy elektroddan musbat elektrod tomon harakatlanadi.
Gelda harakatlangandan soʻng, fragmentlar oʻlchami boʻyicha ajralib qoladi. Kichikroqlari ostki tomonda (musbat elektrod), kattalari esa yuqori tomonda (manfiy elektrod) joylashadi.
Reeceʼdagi oʻxshash diagrammaga asoslangan^55start superscript, 5, end superscript.

  • DNKni oʻqish. DNKni oʻqish bu DNK molekulasidagi nukleotid asoslari (A, T, S va G)ning ketma-ketligini aniqlash hisoblanadi. Baʼzi hollarda kichik bir DNK boʻlagi oʻqilsa, boshqa hollarda katta DNK fragmentlarining kolleksiyasi (masalan, butun boshli genom) guruh holida oʻqilishi mumkin. 

[Genom nima?]
Havola qilingan boʻlimlarda bu usullar qanday ishlashi haqida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin. Shuningdek, bu usullardan tadqiqot maqsadida, tibbiyotda va boshqa amaliy dasturlarda qanday foydalanilishiga misollar koʻrishingiz mumkin.
Biotexnologiya yangi maʼnaviy va axloqiy savollarni keltirib chiqaradi
Biotexnologiyada jamiyat va inson foydasi uchun xizmat qiladigan potensial imkoniyatlar mavjud. Ammo u jamiyat hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi yoki kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Albatta, texnologiyalarning barcha shakllarida ham shunday. Lekin biotexnologiyaning boshqa texnologiyalarga nisbatan foydali jihatlari koʻproq va, shu bilan birga, turli dilemmalarni ham keltirib chiqaradi.
Biotexnologiya yutuqlarini (boshqa texnologik ixtirolar kabi) ommaga keng foydalanish uchun taqdim etishdan oldin ularni yaxshilab tahlil qilish va tekshiruvlardan oʻtkazish juda muhimdir. Klinik tadqiqotlar va hukumat nazorati biotexnologiya mahsulotlarining bozor rastalarida inson uchun xavfsiz, yaroqli va samarali boʻlishini taʼminlashga yordam beradi. Biroq baʼzida yangi tarqalgan maʼlumotlar kompaniyalar va hukumat idoralarini innovatsiyalarning xavfsizligi yoki foydaliligini qayta koʻrib chiqishga majbur qiladi. Bu jarayonni biz baʼzi bir dori vositalarining savdosi toʻxtatilishida koʻramiz.
Bundan tashqari, biotexnologiya innovatsiyalari biotexnologiya maʼlumotidan, usulidan va bilimidan qanday foydalanish kerak yoki kerak emasligi haqidagi yangi axloqiy savollarni ham yuzaga keltirishi mumkin.

  • Ulardan baʼzilari maxfiylik va kamsitmaslik holatlari bilan bogʻliq. Masalan, agar sizda kasallik tugʻdirishi mumkin boʻlgan gen mavjud boʻlsa, tibbiy sugʻurta kompaniyasi sizdan koʻproq pul olishi kerakmi? Agar maktabingiz yoki ish beruvchingizda sizning genomingizga kirish imkoniyati boʻlsa, oʻzingizni qanday his qilgan boʻlardingiz?

  • Boshqa shu kabi savollar biotexnologiyaning xavfsizlikka, salomatlikka va ekologiyaga taʼsirlari bilan aloqador. Misol uchun, kimyoviy vositalar ishlatilishini kamaytirish uchun oʻsimliklar genetik moslashtiriladi. Bunda oʻsha oʻsimlik oʻzining insektitsidlarini hosil qiladi. Ammo bu oʻz navbatida boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Yovvoyi tabiatga tushib qolgan yoki mahalliy populyatsiyalar bilan aralashgan oʻsimlik kutilmagan ekologik oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

  • Biotexnologiya odamlarni qiyin ahvolga solish ehtimoli boʻlgan maʼlumot bilan taʼminlashi mumkin. Masalan, ota-ona prenatal tekshiruvlar orqali tugʻilajak farzandida genetik nuqson bor yoki yoʻqligini aniqlashi mumkin. Shunga oʻxshash holda, bir inson qiziqib, genomi ketma-ketligini aniqlatish orqali oʻzida hayot davomida paydo boʻluvchi Hantington kabi bedavo genetik kasallik yuzaga kelishini bilib olishi mumkin.

Ilmiy tadqiqotlar va ilm-fanning rivojlanishi yangi maʼlumotlar, tadqiqot usullari va bilimlarni yuzaga keltiradi. Vaholanki, faqatgina ilm-fanning oʻzigina yangi texnologiyalardan foydalanish kerakmi yoki yoʻqmi kabi savollarga javob bera olmaydi. Hayotimizga oʻzining taʼsirini koʻrsatadigan biotexnologiya innovatsiyalari va mahsulotlari haqidagi suhbatlarda jamiyatimizning har bir aʼzosining oʻz ovozi boʻlishi barchamiz uchun muhimdir.

Download 458,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish