Asosiy tushunchalar:
Biotexnologiya bu biror-bir organizm yoki ularning qismlari va boshqa biologik tizimlardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish jarayonidir.
Zamonaviy biotexnologiyaning koʻpgina sohalari DNK texnologiyasiga tayanadi.
DNK texnologiyasi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash, analiz qilish, DNKni kesish va joylashtirishdan iboratdir.
DNK texnologiyasi DNK nukleotidlari ketma-ketligini aniqlash, polimeraza zanjir reaksiyasi, DNKni klonlash va gel elektroforezi kabi jarayonlarni qamrab oladi.
Biotexnologiya yutuqlari butun jamiyat tomonidan hal qilinishi zarur boʻlgan yangi amaliy muammolar va axloqiy savollarni vujudga keltirishi mumkin.
Biotexnologiya nima?
Biotexnologiya bu muayyan maqsaddagi jarayonni amalga oshirish yoki biror-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun organizmlar, organizmlarning tarkibiy qismlari yoki boshqa biologik tizimlardan foydalanishdir.
Bu juda keng tushuncha va yuqorida taʼkidlanganidek, biotexnologiya zamonaviy laboratoriya uslublarini ham, bir necha yuz yillardan beri qoʻllanib kelayotgan anʼanaviy qishloq xoʻjaligi va isteʼmol mahsulotlarini tayyorlash usullarini ham qamrab oladi. Qani, unda biotexnologiyaga tegishli 3 ta misolni koʻrib chiqamiz va ularning biotexnologiya taʼrifiga qay darajada mos kelishini koʻramiz:
P enitsillin. Penitsillin antibiotigi maʼlum turdagi mogʻor zamburugʻidan ishlab chiqariladi. Dastlab tadqiqotchilar oz miqdorda penitsillin olish uchun haftasiga 500500500 litr “mogʻor sharbati” oʻstirishlariga toʻgʻri kelar edi^11start superscript, 1, end superscript. Yuqori hosildor mogʻor shtammlaridan foydalanish va uning oʻsish sharoitini yaxshilash antibiotikni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyatini berdi^22squared. Bu yerda biz mogʻor zamburugʻining organizm sifatida insekundt uchun dori-darmon ishlab chiqarishda foydalanilishini koʻrib chiqdik. Zamburugʻdan olingan antibiotikdan bakterial infeksiyalarni davolashda foydalanamiz.
Gen terapiyasi. Oʻz vazifasini toʻgʻri bajarmayotgan gen keltirib chiqargan genetik kasalliklarni davolashda foydalaniladigan usul gen terapiyasi hisoblanadi. Bu jarayonda tanadagi hujayralarning DNKsiga “yetishmayotgan” gen kiritiladi. Misol uchun, genetik kasallik boʻlgan mukovitsidozni olaylik. Bunday kasallik bilan ogʻrigan kishilarning oʻpkasida xlorid ion kanallarining sintezlanishiga masʼul gen funksiyasi yoʻqolgan boʻladi. Oʻsha genning nuqsonsiz muqobili plazmid deb nomlanuvchi halqasimon DNK molekulasi ichiga kirgizilib, bemor odam oʻpkasidagi hujayralarga (sprey usulida) joylashtiriladi^33cubed.
Biz ushbu misolda turli manbalardan olingan (insondan olingan gen, bakteriyadan kelib chiqqan plazmid) biologik tarkibiy qismlarni mukovitsidoz bilan ogʻrigan bemorlarning oʻpka funksiyasini tiklashga yordam beradigan yangi mahsulot ishlab chiqarish maqsadida birlashtirdik.
Yuqoridagi misollarda koʻrsatilganidek, biotexnologiyadan hayotimizda doim duch keladigan va ishlatiladigan mahsulotlar (alkogol va penitsillin) olishda foydalaniladi. U, shuningdek, gen terapiyasi (mukovitsidozni davolash) kabi yangi davolash usullaridan ham foydalanish imkonini beradi. Biotexnologiya oziq-ovqat ishlab chiqarish, ifloslangan atrof-muhitni tozalash kabi qoʻshimcha dasturlarni ham oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |