I. Nazariy qism: Qattiq jismlarning xarakati va massasini e’tiborga olmay, ularning mexanik xarakatlarini xarakatga keltiruvchi sabablarga (kuchlarga) bog‘lamasdan, xarakatni faqat geometrik nuqtaiy nazardan tekshiradigan mexanikaning bo‘limiga kinematika deyiladi.
Kinematika ikkiga bo‘linib o‘rganiladi: Nuqta kinematikasi
Qattiq jism kinematikasi.
Nuqta kinematikasida quydagi ikki masala ko‘riladi: Berilgan sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning xarakatini matematik usulda aniqlash.
Nuqtaning berilgan xarakat qununiga ko‘ra mazkur xarakatning barcha kinematik xarakteristkalarini aniqlash.
Ushbu uslubiy qo‘lanma nazariy mexanikaning kinematik bo‘limidan talabalar bajarishi lozim bo‘lgan K-1 topshiriq,- «Nuqta xarakatining berilgan tenglamalariga ko‘ra uning tezligi va tezlanishini aniqlash» mavzusi bo‘yicha hisob loyiha ishini bajarishga yordam ko‘rsatishga mo‘ljalangan bo‘lib, kinematikaning birinchi bo‘limiga tegishlidir. Bu bo‘limni yaxshi o‘zlashtirish uchun uning nazariy qismini o‘rganish bilan bir qatorda ma’lum sondagi masalalarni mustaqil yechish va hisob loyiha ishlarini bajarish talab qilinadi. Bu talabalarni bir tomondan mustaqil ishlashga, ikkinchi tomondan bo‘limning asosiy nazariy xulosalarini muxandislik amaliyotida uchraydigan konkret masalalarga qo‘lashga o‘rgatadi. Bundan tashqari talabalarga kursning nazariy qismini yaxshiroq o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Hisob loyixa ishini bajarishga kirishayotgan talabalar Oliy matematika kursidan quyidagi tushunchalarni takrorlashdan boshlashni tavsiya qilamiz:
- bir o‘zgaruvchili funksiyalarning differensiyali oddiy va murakab funksiyaning (birinchi va ikkinchi tartibli xosilasi)ni;
- bir o‘zgaruvchili funksiyalarning grafiklarini ko‘ra bilish va ularning ekstremal qiymatlarini topa bilishni;
- egri chiziqning parametrik tenglamalari va chiziqning egrilik radiusi tushunchalari xaqida tasavvurga ega bo‘lishni;
- egri chiziqqa o‘tkazilgan urinma va normal tushunchalari.
Hisob loyiha ishining mustaqil ravishda yechishga kirishishdan avval masalani yechish rejasini to‘la o‘ylab olish, ayni masalani yechish uchun qaysi qoida yoki formulalardan foydalanish zarurligini belgilab olish kerak. Masalaga doir chizmalarni masshtabga rioya qilgan holda yaxshilab chizib olish lozim, chunki chizmalar pala-partish chizilganda yechishda xatoliklarga olib keladi. Chizmada koordinata o‘qlari va ayni masalani yechishda uchraydigan tezlik va tezlanishlar vektorlari qalamda aniq va yaxshilab tasvirlangan bo‘lishi kerak.