“biotexnologiya asoslari”



Download 4,77 Mb.
bet106/120
Sana19.02.2022
Hajmi4,77 Mb.
#457979
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
Bog'liq
Документ (1)

Nazorat savollari


1.Biogaz nima va u qanday hosil bo’ladi?
2.Biogaz olishda substratlarga bo’lgan talablar nimalardan iborat?
3.Biogazni asosiy fizikaviy hususiyatlarini va uni ishlab-chiqarish va maishiy-hizmat korxonalarida ishlatish imkoniyatlari haqida fikirlaringiz.
4.Go’ngni anaerob bijg’itishda qancha biogaz hosil bo’ladi?
5.Biogaz qurilmalarini asosiy tiplari va ularni vazifalari haqida so’zlab bering.

9-mavzu. BIOTEXNOLOGIYANING RIVOJLANAYOTGAN YANGI SOHALARI


Reja:

  1. Biogeotexnologiya.

  2. Bioenergotexnologiya.

  3. Biosensorlar

  4. quyosh energiyasidan foydalanish

  5. Suvda biofotoliz

BIOGEOTEXNOLOGIYA


Er ostida yashovchi mikroorganizmlardan biogeotexnologiyada - neft va gaz qazib olishda ularni qayta ishlash va boshqa maxsulotlarga aylantirishda keng ko’lamda foydalaniladi.
Biogeotexnologiya - alohida tur va turkumga kiruvchi mikroorganizmlarning metallarni eritma holiga o’tkazish (ma’danlardan metallarni eritib olish) xususiyatidan foydalanilib sof holda qimmatbaho metallar ajratib olishni ham o’z oldiga qo’yadi.
Masalan: Thiobacillus ferrooxydans har xil shtammlari tabiiy ma’danlardan yoki ularni chiqindilaridan temir, rux, mis, oltin, kumush, uran va boshqa metallar ajratib olish jarayonlarida keng ishlatiladi. Bu jarayonda asosan bakteriyalarni ma’danlarda uchraydigan moddalar sulfidlaridan sulfat kislota hosil qilishiga asoslangan.
Chromobacterium violaceum bakteriyalari oltinni eritish xususiyatiga ega bo’lib, jarayon quyidagicha kechadi: Au→Au(CN)4.
Eng muhim ekologik muammolardan biri bo’lgan toshko’mir tarkibidagi oltingugurtni ajratish jarayonlarida samarali bo’lgan bakteriyalardan Pseudomonas va termofil bakteriya Sulfolobus lar ajratib olingan. Toshko’mir qazib olinadigan maydonlarning atrof muhiti oltingugurt bilan kuchli ifloslangan bo’ladi.
Oqova suvlardan metallarni ajratib olishda, uran, mis, kobolt va boshqa moddalarni o’z biomassalarida to’plab oluvchi Citrobacter sp. va Zoogloea shtammilardan samarali foydalaniladi. Citrobacter sp. shtammidan yuqori darajali fosfataza fermenti sintez qiluvchi mutant shtammlari olingan. Bunday samarali produsentlar uranni tabiiy shtammga nisbatan 2,5 maratoba ko’proq to’playdi.
Bu jarayon fosfataza fermenti ta’sirida fosfor saqlovchi birikmalardan anorganik fosfatning bo’shalishi va oqibatda hujayra yuzasida metallning cho’kib qolishi bilan bog’liqdir.
Suvli muhitda neft uglevodorodlari sorbsiyasi va emulsiya hosil qilishi uchun Rhodococcus va Nocardia sp. bakteriya turlari qo’llaniladi.
Ular suv va neftni bir-biridan ajratish, neftni quyuqlashtirish va oqova suvlarni neft aralashmalaridan tozalash xususiyatlariga ega. Eng qimmatbaho tozalovchilar - galobakteriyalar hisoblanadi. Bu bakteriyalarning bir qancha shtammlaridan cho’milish havzalarini mazutdan tozalashda keng foydalanilmoqda.
Tabiiy bakteriyalar bilan bir qatorda gen muxandisligi bakteriyalari ham istiqbolli hisoblanadi.
Allaqachon Pseudomonas sp. shtammi plazmidasiga oktan, komfora, naftalin va ksilol kabi moddalarni parchalovchi fermentlar geni o’tkazilgan. Natijada neft xom-ashyolarini samarali utilizasiya qiladigan shtammlar yaratilgan. Bunday shtammlardan ifloslangan suvlarni biotexnologik yo’l bilan tozalash jarayonlarida qo’llanilib kelinmoqda. YUqorida zikr etilgan misollardan ko’rishimiz mumkinki, biotexnologik jarayonlardan allaqachonlar ekologik muammolarni hal qilish uchun samarali foydalanib kelinmoqda.
SHular bilan bog’liq holda XXI asrda ekologik toza va yanada iqtisodiy yuqori samaraliroq ishlab chiqarish jarayonini yaratish mumkinligi kutilmoqda.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish