Ekish materialini olish
Dastlabki kultura probirkadan olinib yangi ozuqa muhiti solingan uchta probirkalarga ekib olinadi. Probirkada o’sgan kulturalar 500 ml sig’imli kolbalarga, undan 10 l sig’imli butillarga va nihoyat ulardan kultivatorga olib ekiladi. Ekish materiali miqdori bijg’itish uskunasi hajmining 30% idan kam bo’lmasligi lozim. Birinchi ikki bosqich solod suslosidan tayyorlangan ozuqa muhitida, uchinchi bosqich suslo va ishlab chiqarish uchun tayyorlangan o’stirish ozuqalari aralashmasidan (1:1), oxirgi bosqich esa faqat ishlab chiqarish uchun tayyorlangan ozuqada amalga oshiriladi.
O’stirish harorati 48-500S bo’lib, o’stirish davomiylgi har bir bosqichda 20-24 soat davom etadi. Ozuqa qo’shimcha sifatida steril bo’r saqlashi va steril bo’lishi lozim.
Asosan zavodlarda toza kultura ishlab chiqarish jarayoni oldidan tayyorlanadi. Keyinchalik ekish materiali sifatida bijg’itish ustunadan olingan kultural suyuqlikdan foydalaniladi.
Sut kislotali bijg’ish silindr ko’rinishdagi, sferik tubli, sig’imi 25-45 m3 bo’lgan, alyuminiy yoki zanglamaydigan po’latdn tayyorlangan, issiq suvning sirkulyasiyasi amalga oshadigan uskuna bilan ta’minlangan qurilmalarda (changlarda) amalga oshiriladi. Ozuqa muhiti bevosida bijg’ish qurilmasida tayyorlanadi. Melassa va rafinad qiyomi qurilmaga o’zi oqib tushuvchi truba orqali beriladi, shakar – manbasi esa dastlab suvda eritiladi va keyin bijg’ish qurilmasiga quyiladi. Bo’rli sut alohida idishda tayyorlanadi.
qurilmaning ishchi sig’imi 2/3 hajmda suv bilan to’ldirilib, unda melassa va rafinad qiyomi eritiladi va eritmada shakar miqdori 3-4% gacha bo’lgunga qadar olib boriladi. Eritma 700S gacha bo’lgan haroratda qizdirilib, mana shu haroratda 1 soat davomida pasterilizasiya qilinadi. So’ngra eritma 48-500S gacha sovutilib, unga 15% solod quyqasi (rostkov) (solingan shakar massasiga) va qurilma sig’imining 20% hajmi barovarida ekish materiali solinadi.
O’stirishdan 6 soatdan so’ng ozuqa muhiti havoda davriy barbotirlash orqali aralashtiriladi. qachonki, eritmada sut kislota hisobiga kislotalik 0,5-0,6% ni tashkil etsa, har 1,5-2 soatda ko’p bo’lmagan miqdorda bo’rli sut qo’shiladi. Sut kislotasi neytralizasiyasi natijasida kalsiy laktat hosil qiladi.
Mo’’tadil bijg’ish jarayonida sir sutkada 2% gacha shakar o’zlashtiriladi. SHakar miqdori kamayganda bijg’ish qurimasiga bir nechta usullarda shakar sirkaning 50% li eritmasi (rafinad qiyomi saqlashi mumkin) qo’shiladi. Ozuqaning 3-4% li shakar miqdori saqlashi ta’minlanadi.
Bunda shunday miqdordagi shakar qo’shiladiki, bijg’ish oxirida kultural suyuqlikning kalsiy laktat saqlashi 15% dan, o’zlashtiilmagan shakar saqlashi esa 0,2-0,5% dan ko’p bo’lmasligi lozim. Bijg’ish 6-8 kun davom ettiriladi.
Bijg’ish jarayoni tugagach, kultural suyuqlik bijg’ish uskunasida 70-800S gacha qizdiriladi va kuchsiz ishqoriy reaksiyagacha ohakli sutda neytralizasiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |