tizimda hujayra suspenziyasiga toza ozuqa muhiti kiritilmaydi, tizimda domiy rejimda o’stirilganda
esa ozuqa muhiti tozasiga almashtirib turiladi.
Davriy rejimda ham, oqava rejimda ham ochiq tizimda, o’stirilganda hujayralar ozuqa
muhitida, uni (ozuqa muhitini) almashtirganda ham qoladi. Ammo, ochiq tizimda o’stirilganda,
ozuqa muhiti almashtirilganda (domiy yoki davriy rejimda) suspenzion hujayrani bir qismi muhit
bilan birga o’tadi.
Suspenzion hujayralar bilan ishlaganda ularni xarakteristikasini bilish shart: tirikligi,
hujayralarni suspenzion kulturada ko’p yoki kamligi, agregasiya darajasi, o’sish tezligi va x.k.
Hujayralarni tirik yoki tirik emasligi ularni bo’yash (ko’k metilen yoki Evans ko’ki) orqali
aniqlanadi. Tirik xujayrlar, hujayra membranasi bo’yoqni o’tkazmasligi sababli bo’yalmaydi. O’lik
hujayra qobig’idan bo’yoq tez o’tadi va shuning uchun ham ko’k rangga bo’yaladi. Hujayra
suspenziyasini asosiy ko’rsatgichlaridan biri, hujayra populyasiyasini qalinligidir. Hujayra soni
Fuks–Rozental hisob kamerasida mikroskop ostida maseransiyadan keyin (hujayralarni
ajratilgandan keyin) aniqlanadi. Maserasiya qiluvchi modda sifatida xrom kislotasini 10-20% li
eritmasidan foydalaniladi. Bu kislota, hujayralarni biriktirib turuvchi o’rtadagi plastinkani eritib
(gidroliz qilib) yuboradi.
YAxshi rivojlanuvchi suspenziya, kallusli kulturaga o’xshab, S- simon o’sish chizig’iga ega.
Odatda, passajni davomiyligi 14-16 kundan iborat. Bunda suspeziyaning qalinligi 5
×
10
4
dan 5
×
10
6
hujayra 1 ml gacha oshadi. Hujayra sonini ko’payishi, ularni quruq va xo’l massasi- suspenzion
kulturani asosiy o’sish kriteriyasini tashkil etadi.
Suspenziyani sifati, hujayralarni agregasiya darajasiga bog’liq. Agregatlar 10-12 hujayradan
ko’p bo’lmasligi kerak. SHuning uchun ham yirikroq agregatlardan qutulish maqsadida
suspenziyani marlya, naylon yoki metal filtrdan o’tkaziladi. Bu operasiya bir vaqtni o’zida
eksplantlar qoldig’idan yoki kallus to’qimalarni bo’lakchalaridan qutulish imkonii beradi.
Ikkilamchi sintez mahsulotlarini sanoat sharoitida olish uchun katta xajmdagi (20 m
3
va
undan ham kattaroq) fermenterlardan foydalaniladi va hujayralar doimiy rejimda o’stiriladi.
Suyuqlikda o’stirishni eng ko’p tarqalgan rejimi hujayra suspenziyasini yopiq davriy tizimda
o’stirishdir. Suspenziyani aerasiyasi va aralashtirilishi uchun (kachalka) tebratgichlardan
foydalaniladi. SHuningdek bu maqsadda mexanik yoki magnit aralashtirgich o’rnatilgan
fermentlardan, yoki barbatasiya (havo yordamida aralashtirib turish) dan ham foydalansa bo’ladi.
Hujayra suspenziyasida qimmatbaho ikkilamchi metobolitlardan tashqari yangi ajoyib
birikmalar: komptotesin, xirringtonin kabi antikanserogenlar, har xil peptidlar (proteaza fermenti
ingibitori, fitoviruslar ingibitorlari) va boshqa birikmalar sintez bo’lishi ham kuzatilgan.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hujayralarni bo’linishi oqibatida hujayra biomassasini
ko’payishi va ikkilamchi metabolitlarni sintez bo’lishi har xil vaqtga to’g’ri keladi. Ikkilamchi
metabolitlar sintez bo’lishini maksimumi, o’sishni stasionar fazasiga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: