quyosh energiyasidan foydalanish Bir qator “toza” va “mukammal” quyosh energiyasidan foydalanish sxemasi 2.7-rasmda
keltirilgan.
quyosh energiyasidan foydalanish ekologik raqobatbardosh texnologiyalardan eng
istiqbollisi desak xato bo’lmaydi. Ayni paytgacha quyosh energiyasi spektridan elektr toki hosil
qiluvchi, anorganik kristallarga asoslangan yarimo’tkazgich fotobakteriyalar yaratilgan.
Aytish mumkinki, asosiy vazifa o’z echimini topgan. Keyingi qilinadigan asosiy vazifa -
rentabelli tizim qurishning texnologik echimini topish bilan bog’liq.
Ushbu vazifani hal qilishda tabiatda mavjud bo’lgan fotobakteriyalar va yashil o’simliklar
fotosintezining birqator mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Tadqiqotchilar e’tibori fotosintez
mexanizmlaridan foydalanib, sun’iy fotosistema qurishga qaratildi.
Bunday sistemalardan foydalanib quyosh nuri kvantlar energiyasidan kimyoviy energiya
potensialida, o’simliklar fotosintezining maksimal energiyasiga qaraganda ko’proq energiya
hosil qilish mumkin.
Sun’iy fotosistemalar qurishda fotoreseptorlar sifatida:
1.
Hujayradan ajratilgan fermentli tizimlardan foydalaniladi.
Har qanday energiya almashtiruvchi tizim uchta asosiy blok saqlaydi:
1. zaryad bo’linishi uchun fotokimyoviy tizim;
2. elektronlarni fermentga tashuvchi mediatorlar;
3. mobilizasiyalangan elektron yoki “chidamli fotomahsulotlar olish uchun “teshikcha”
(poralar) quyosh nurlari kvantlar energiyasi zahirasidan foydalanish qobiliyatiga ega
fermentli tizim.
Fotokimyoviy faol mahsulotlar hosil qilishni (faol oksidlash va qaytarilish) ajratish uchun
sun’iy membrana yaratish istiqbolli hisoblanadi. qator laboratoriyalarda - energiya nuri zahirasini
saqlovchi turli xil potensialllar hosil qiluvchi elektronlar va inert elektrod bilan o’zaro
ta’sirlashuvchi “teshik” to’playdigan xlorofil va boshqa pigmentlar qo’llaniladigan fotoelektrik
jarayonlar o’rganiladi.
Laboratoriya sharoitida doimiy ravishda fotosintezlash imkoniyatiga ega bo’lgan tizim
yuqori ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu - yuqori samarali fotosintez bilan
xarakterlanuvchi mikrobiologik sistemaga ta’luqlidir.
Ilmiy adabiyotlarda quyoshdan keladigan energiyasi kuchidan qariyib 18 % gachasi mikrob
kulturalar tomonidan qayta hosil bo’lishi haqida ma’lumotlar mavjud.
SHunday qilib, yaratilgan fotosintezlovchi biotexnologik tizim, quyoshdagi amaliy
vazifalarni echimini topishiga ishonch hosil qilish mumkin, buning :
¾
Er yuziga tushadigan butun quyosh nurining 30% igacha foydalanish qobiliyatiga ega
bo’lgan uzluksiz fotobiokimyoviy tizimni yaratish;
¾
Gen muxandisligi usullari yordamida maqsadga yo’naltirilgan qimmatli birikmalar:
uglevodorodlar, oqsillar lipidlar va boshqa biologik faol mahsulotlar sintezlovchi
fotobiotexnik tizim yaratish;