"Tashuvchi" satxida adsorbsiya bo’lgan ferment molekulalari
har xil kuchlar hisobiga,
xususan
nospesifik Van-der-Vaals,
elektrostatik, o’zaro ta’sirlar, vodorod bog’lari
va gidrofob
bog’lar hisobiga amalga oshiriladi. Sanab o’tilgan bog’larni nisbiy ishtiroki
ferment molekulasidagi
faollik guruhlari yoki "tashuvchi"ning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik hollarda
asosiy vazifani elektrostatik o’zaro ta’sirlar va vodorod bog’lari tashkil etadi.
Ba’zi vaqtlarda o’zaro ta’sir kuchi oqibatida "tashuvchi"ning tuzilishi
buzilishigacha borish
mumkin. Masalan, ba’zi o’simlik hujayralarini sitodeks granulalariga adsorbsiya
qilinganda hujayra
devori deformasiyaga uchragani kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: