Biotexnologiya fani O’zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo’lib, uni tarixi uzoqqa
bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va x.k. bundan istisno). Bu
fan asosan O’zbekiston Fanlar akademiyasining
mikrobiologiya institutida, genetika va
o’simlikdar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga
qarashli bir qator zavodlarda (YAngiyo’l biokimyo zavodi,
Andijon gidroliz zavodi, qo’qon
spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo’yicha birinchi o’zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-
1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi
(V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni
tahlil qilib, ularni
nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus
xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
Professor q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib yog’ parchalovchi
lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p
shakliligi sabablarini
tahlil qilaturib, har bir biotexnologik jarayon uchun o’ziga xos spesifiklikka ega bo’lgan lipaza
fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. q.D.Davranov yaratgan
"Er malhami" biopreparati, azot o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib,
mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Bundan tashqari q.D.Davranov
rahbarligida sellyulozalignin biokarkasini (g’o’zapoya, samon,
kanop poyasi, qipiq va
boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomisetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy
sellyulozalignin birikmalari parchalanishini amaliyotda ko’rsatib berildi.
B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g’o’zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb
atallish zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu
texnologiyani amaliyotga qo’llash taklif va muloxazalarini chop etdi. J.Tashpulatov
yaratgan bu
texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7%ga etgani, unda vitaminlar,
aminokislotalar paydo bo’lganligi va shu tufayli somonni oziqa-birligi bir necha barobar
oshganligi isbotlab berilgan.
O’zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov,
I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish
ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. SHuningdek,
marhum professorlar
M.M.Murodov va T.YU.YUsupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy
amaliy nazariyalar yaratilgan.
YUqorida fikr etilgan uch zavodda (Andijon gidroliz zavodi, qo’qon spirt zavodi,
YAngiyo’l biokimyo zavodlarida) spirt olish uchun zarur bo’lgan
amilaza fermentini ishlab
chiqarish bo’yicha chuqur izlanishlar olib borilmokda
Bu kabi biotexnologik ishlab chiqarish nazariyalarini yaratish, uni amaliyotga tadbiq etish
ishlari yuzasidan O’zFA Mikrobiologiya instituti va Toshkent Davlat
Agrar Universiteti qishloq
xo’jalik biotexnologiyasi kafedrasi hamda O’simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi olimlari
faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Mamlakatimiz ravnaki, uning iqtisodini yanada oshirish maqsadida eng avvalo quyidagi
biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoq zarur:
9
Do'stlaringiz bilan baham: