Suv havzalarining yorug'lik sharoiti. Suvning yuzasiga tushadigan yorug'lik manbai quyosh radiatsiyasi va oydan qaytadigan nurlardir. Yorug'lik manbai bo'lib gidrobiontlarning o'zlari, biolyuminessensiya xislatlariga ega bo'lgan turlar ham xizmat qilishi mumkin. Suv yuzasiga tushayotgan quyosh nurlarining intensivligi, ularning suv yuzasiga yetib kelishi va yutilish xislatlari orqali bilinadi.
Yil davomida suv yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi suv havzasi turgan yerning jo'g'rofik kengligi va atmosferaning holatiga bog'liq bo'lib, u har xil kengliklarda quyidagicha ifodalanadi (Moore, 1958):
Suv yuzasiga tushayotgan umumiy quyosh nurlari bir faslda ko'p, boshqa faslda esa kam bo'ladi. Bu farq va notekis taqsimlanish kengliklarning ortishi bilan ko'payib boradi. Tushayotgan nurlarning ko'p qismi qaytadi, ayniqsa, nurning tushish burchagining ortishi bilan uning suv yuzasidagi qaytishi ham ortadi.
Quyosh nurining qaytish darajasi suv yuzasining holatiga bog'liqdir. Masalan, quyoshning turish balandligi 350, suvning yuzasi tinch, shu holatda unga tushgan nurning 5% igina qaytadi, ozroq shamolda 17%. kuchli shamol va to'lqin hosil bo'lganda esa 30% nur qaytadi.
Shimoliy hududlarda suv havzalarining yuzasi muz bilan qoplanadi, muzning ustida qor ham bo'ladi. Natijada, suv qatlamiga quyosh nurining o'tishi chegaralanib qoladi. Muz, qor va suv yuzasidan quyosh nurining atmosferaga qaytishi bilan yorug'lik kuchi kamayadi.
Dengiz va okeanlarda suv chuqurligining ortishi bilan qorong'ilik ortib boradi. Suv tagida yer ustiga qaraganda kun qisqa bo'ladi. Masalan, Madeyra oroli atrofidagi dengiz suvining 30m chuqurligida kunning uzunligi 5 soatga, 40m chuqurlikda esa hammasi bo'lib 1,5 soatga teng bo'ladi.
Dengiz suvlarida chuqurlikning ortishi bilan muhitning rangi o'zgarib, yashilroqdan yashilga, keyingi chuqurlikda havo rang ko'k, ko'kbinafsha rangga o'tishi bilan suv tagi doimiy zimistonga aylanadi.
Dengiz va okeanlarda, g'ira-shira hududlarda yashaydigan organizmlarga qizil rang xarakterlidir. Bunday organizmlarga dengiz okun balig'i, qizil korall, har xil qisqichbaqalar misol bo'ladi.
Suv qancha tiniq bo'lsa, nur shunchalik kam yutiladi. Suvning tiniqligi undagi mayda zarrachalarning oz va ko'pligiga bog'liqdir. Eng tiniq suvlar Sargass dengizida 66,5 m ga yetadi, Tinch okeanida 59 m., Hind okeanida50 m., mayda dengizlarda 5-15 m bo'lsa, daryolarda l-l,5mga yetadi. O'rta Osiyoning eng katta daryolaridan Amudaryo suvining tiniqligi bahorda 0-1 sm, kuzda 5-7 (10) sm, Sirdaryo suvida tiniqlik bir oz yuqori (20-40sm) bo'ladi. Shuning uchun ham fotosintetik aktivlik turli suvlarda turlichadir, juda loyqa suvlarda nur o'tmaganligi tufayli fotosintez jarayoni deyarli yo'q, sababi doim loyqa bosish tufayli o'simlik vakillari rivojlanmaydi.
Hayvonlar uchun yorug'lik muhitining bo'lishi narsalarni farqlash, harakatda bo'lish, oriyentatsiya qilish uchun signal vositasini o'taydi. Yorug'lik ta'sirida zooplankton organizmlar va ko'pchilik baliqlar misli ko'rilmagan darajada migratsiya qilib, milliard-milliard tonnalab organizmlar massasi suvning yuza qatlamidan pastki qatlamlariga tushib-chiqib turadi, yorug'lik ta'sirida hayvonlarda hayotiy zarur biokimyoviy jarayonlar o'tadi, kerakli vitaminlar hosil bo'ladi.
Muhitdagi ekologik omillarning o'zgarishi bilan organizm-lardagi fototropizm holati o'zgarishi mumkin: masalan, suvda erigan kislorodning yetishmasligidan ko'pchilik chuchuk suvlarga xos bentos organizmlar salbiy fotoaktivlikdan yorug'likka intilib, ijobiy-fotopozitiv xususiyatga o'tib, suvning yuza qismiga c
Do'stlaringiz bilan baham: |