Suvning harorati va uning organizmlarga ta'siri.Tuproq va havoga qaraganda suvda haroratmng turg'unligi uqoridir. Bu xislat suvning kaUa issiqlik ushhsh (1 kaUg) qobiliyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ozroq issiqlikning qo'shilishi yoki chiqib ketishi suv haroratining keskin o'zgarishiga olib kelmaydi. Masalan, dunyo okeanida haroratning maksimal o'zgarishi 30-40°C dan ortmaydi, lekin shu vaqtning o'zida luproq va havoda haroratning o'zgarishi 12°-14°C ni tashkil qiladi.
Suv haroratining turg'unligini yuqori issiqlik (539 kal/g) va erish (80 kal/g) qobiliyati hosil qiladi. Suvni qizdirganda bug'lanish kuchayadi va shuning hisobiga haroratning ko'tarilishi ma'lum darajada sekinlashadi.
Yil davomida gidrosferaning bug'lanishi natijasida chiqadigan issiqlikning miqdori (taxminan 2» 1019 kal) Yer yuzida msonlar shu davrda yaratadigan texnik energiyadan 400 barobar (5-l()l6kal) ko'pdir.
Tropik mintaqada joylashgan ko'llar suvning yuza qatlamida suvning harorati hech vaqt +4°C dan pastga tushmaydi, kam o'zgaradi, turg'unligi saqlanib turadi.
Mo'tadil mintaqaning ichki suv havzalaridagi suvning yuzasida harorat -0,9°C dan +25°C atrofida, chuqur qatlamlarda esa 3°-5°C oralig'ida o'zgarib turadi. O'zbekislonning sholipoyalarida suvning harorali yoz fasllarida +32°C+42°C, tekislik tumanlarida joylashgan suv omborlarida suvning yuza qismida harorat 32°-36°C, 10-15 m chuqurlikda esa 22°-24°C, qish faslida suvning yuza qismi qisqa vaqt yupqa muz bilan qoplanishi ham mumkin. Tog'li tumanlarda joylashgan ko'llar va suv omborlari suvlarining harorati 14°-16°C (+20°C), 50-70 m chuqurliklarda +2° +3°C, qish faslida suvning yuzasi qalin muz bilan qoplanadi. Yuqori tog'li yuqoriga ko'tariladi va natijada suvning hamma qatlamlarida harorat tenglashadi, bir xil holga keladi. Bu gomotermiya deyiladi.
Kuzda suvning yuza qatlamida harorat asta-sekin pasayadi, suv soviydi, uning zichligi ortadi va bu qatlam pastga tushib, u yerdagi iliq qatlamni yuqoriga ko'taradi. Suv havzalarida fasllar bo'yicha suvning almashib turishi doim bo'lib turadi. Suv muhitidagi organizmlar haroratning fasllar bo'yicha o'zgarib turishiga moslashgan.
Suvning yuza qatlami quyosh nurining fasllar bo'yicha va kun davomidagi o'zgarishlari la'sirida luradi. Masalan, ayrim daryolar suvning kunduzgi va tungi haroratining farqi 10-20°C ni, O'rta Osiyo suv omborlarida kunduz 26-28°C, tunda esa 18-2O°C ni tashkil qiladi.
Suv havzalarining termik holati va ularning joylashgan jo'g'rofik tumani, chuqurligi, suv massasining almashib turishi kabi iqlim omillari ta'sirida o'zgaradi. Suv issiqligi quyosh nuri va suvning issiq atmosfera bilan bog'liqligidan tashqari unga yog'in, qirg'oqlar ham ta'sir qiladi. Suvning sovushiga, uning bug'lanishi, nur chiqarishi (qaytarishi), sovuq atmosfera -sovuq yomg'ir, qor, do'lning tushishi va muzlar erishi sabab boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |