Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora tadbirlar ishlab chiqish


Biosferani muhofaza qilish muammolari



Download 23,7 Kb.
bet3/3
Sana30.03.2022
Hajmi23,7 Kb.
#518932
1   2   3
Bog'liq
Biosfera

3. Biosferani muhofaza qilish muammolari. Tabiatni muhofaza qilish – tabiat boyliklaridan ratsional, oqilona foydalanish demakdir. Bu esa tabiatning xilma-xilligini o‘z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi. Biosferani saqlashda tabiiy boyliklardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq xo'jalik texnologiyasiga o‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun: 1. Qazib olinadigan tabiat boyliklaridan to'Iiq foydalanish. 2. Ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani yo'lga qo‘yish. 3. Energiya olishning ekologik toza manbalaridan - quyosh, shamol energiyasidan, okeanlar kinetik energiyasidan, Yerosti issiq suvlari energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Ayniqsa chiqindisiz texnologiya katta samara beradi. Buning uchun yopiq sikllarda ishlaydigan texnologiyani yo‘lga qo‘yish kerak. Chiqindilarni atmosferaga chiqarilmay yoki oqizib yuborilmay yana qayta o‘sha siklning o‘zida foydalaniladi. Hozirgi mavjud turlarni asrash ham biologik, ekologik va madaniyat nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda yashayotgan har bir tur ko‘p asrlar davomidagi evolutsiyaning mahsuli bo'lib, o‘z genofondiga ega. Mavjud turlarni mutlaq zararli yoki foydali deb hisoblash mumkin emas. Zararli deb hisoblangan turlar vaqt o'tishi bilan foydali bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham mavjud turlarning genofondini asrash juda katta ahamiyatga ega. Bizning vazifamiz uzoq yillar evolutsiya jarayonida yetib kelgan hamma tirik organizmlarni saqlab qolishdir. O 'simlik va hayvonlarning kamayib qolgan yoki yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlari «Qizil kitob» ga kiritilgan. Bu kitobga kiritilgan nodir turlar qonun bilan himoya qilinadi. Tabiatni muhofaza qilish uchun qo'riqxonalar, mikroqo'riqxonalar, tabiat yodgorliklari, dorivor o'simliklar o'sadigan joylar, rezervatlar, milliy bog'lar kabi xilma-xil shakllardan foydalaniladi. Tabiatni muhofaza qihsh maqsadida 1971-yili xalqaro «Biosfera va inson» dasturi (The Man and the Biosphere - qisqacha MAB) qabul qilingan. Bu programma doirasida O 'zkekiston Respublikasida ham alohida dastur tuzilgan. «Biosfera va inson» dasturi atrof-m uhitning holatini va insonning biosferaga ta ’sirini o'rganadi. Bu dasturning asosiy vazifasi hozirgi davrdagi inson xo'jalik faoliyatining kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash, biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdir.
MAB programmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarda yirik biosfera qo'riqxonalari tuzilmoqda. Bunday qo'riqxonalarda inson ta’sirisiz ekosistemalarda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishini o'rganadi. Markaziy Osiyo hududlarida Qoraqum, Sari-Chelak biosfera qo'riqxonalari mavjud. Qo'riqxonalar tabiiy obyektlarni o'z holatida saqlash maqsadida yaratiladi.
Qo'riqxonalar hududida xo'jalik ishlari yuritish butunlay mumkin emas. Bu yerda sanoat va qishloq xo'jalik korxonalari qurish, foydali qazilmalar olish, o'rmonlarni kesish, o'tloqlardan foydalanish, mol boqish, baliq ovlash, zaharli kimyoviy moddalarni qo'llash taqiqlanadi. Zakazniklar esa tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan qisman foydalanish uchun yaratiladi. Botanika zakazniklarida o 'tlarni o 'rish, daraxtlarni kesish, mol boqish mumkin emas. Ovchilik zakazniklarida hayvonlarni faqat ma’lum mavsumlarda, ularning populyatsiyasiga zarar yetkazmagan holda ovlash mumkin. Tabiat yodgorliklari - ilmiy tarixiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlardir. Bularga shar - sharalar, geyzerlar, g 'o rlar kabi o‘lik obyektlar, qari daraxtlar, yodgorliklar, xiyobonlar, tabiiy muzeylar kiradi. Bunday yodgorliklarga Yasnaya Polyanadagi eman daraxti, Ashxaboddagi «Yetti og‘ayni» chinori kabi tabiatning nodir boyliklarini kiritish mumkin. Biosferani muhofaza qilish choralari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, Oliy Majlis va Hukumat qarorlarida belgilangan. Tabiat tomonidan yaratilgan boyliklarni asrash va ko'paytirish, biosferani muhofaza qilish umumiy masala ekaniigini har bir o‘quvchi hozirdan yaxshi tushunib olmog‘i zarur. Biosferadagi muvozanatni osonlik bilan buzish mumkin, lekin uni qayta tiklash juda qiyin.
Har bir inson tabiat yaratgan boyliklarni kelajak avlodlarga ham qoldirish muqaddas vazifa ekaniigini yaxshi anglab olmog'i zarur. 5 - iyun Xalqaro atrof - muhitni himoya qilish kuni hisoblanadi.

Foydalanilg’an adabiyot


* Abdukarimov Abdusattor , G'ofurov Akbar Talasovich, Nishonboyev Kurash Nishonboyevich, Hamidov Jahongir Hakimovich, Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich, Eshonqulov Ortiq Eshboyevich “BIOLOGIYA” Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darslik «Sharq» nashriryot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent - 2010
Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish