Muqobil energiya manbalari va ularning ekologik xususiyatlari.
Qayta tiklanadigan resurslar
Quyosh bitmas tuganmas resurs, yer yuzini issiqlik va yorug‘lik bilan ta‘minlaydi. Yomg‘ir ko‘llar va jilg‘alarni suv bilan to‘ldiradi. Qachonki, o‘simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirsa, ular havoga kislordni qo‘shadi. Quyosh nuri, suv va havo qayta tiklanadigan resurslardir.
Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan bo‘lib, ularni siz devorni bo‘yashda yoki avtomashina bilan sayohat qilishda foydalanasiz. Plastiklar, bo‘yoqlar va benzin qimmatbaho qayta tiklanmaydigan resusrlar bo‘lmish neft yoki moydan ishlab chiqariladi. Neft mikroskopik dengiz
organizmlarning qoldiqlarini yuz millionlab yil davomida burdalanib chirishi natijasida paydo bo‘ladi. Temir,mis, oltin, kumush va uran singari boyliklar metal himsoblanadi.*
Qattiq yoqilg’ilar
Ko‘mir, neft, tabiiy gaz energiya manbai bo‘lib, tiklanmaydigan resurslardir. Qattiq yoqilg‘ilar yuz millionlab yillar davomida paydo bo‘lgan. Mashinalar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizel` yoqilg‘isi va raketa yoqilg‘isi neftdan olinadi. Ko‘mir ko‘pgina qudratli zavodlarda elektr ishlabchiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish va dvigatel`ni harakatga keltirish uchun va ba‘zan transport yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi.
Qattiq yoqilg‘ilarni hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. Kelajakda ular narxi oshib ketishi mumkin. Qattiq yoqilg‘ilarning me‘yordan ortiq yoqilishi natijasida chiqindi gazlar atmosferaga ko‘tarilib, atmosferani ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimni buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg‘ilarni o‘rniga boshqa energiya manbalarini ishlatish muhim ekanligi ko‘pchilik tomonidan ma‘qullanmoqda.
Qazilma yoqilg’ilari aloqalari
Deyarli har kuni dunyodagi barcha odamlar qazilma boyliklaridan bevosita foydalanib kelishadi. Chunki, qazilma boyliklar qayta tiklanmaydi va yerda uning ta‘minoti cheklangan. Kelajakda uning narxi qimmat bolib ketishi va topilishi ham qiyinlashib ketishi mumkin. Yoqilg‘idan foydalanish atrof –muhitning eng dolzarb muammosidan biridir. Masalan: tog‘ kon ko‘miri ekotizimni buzadigan yoqilg‘i bo‘lsda, biz uni qazib olishga ehtiyoj sezamiz. Qazilma yoqilgilarini yoqish havoni zararlaydi, tarkibida smog va kislota bo‘lgan keraksiz gazlarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan, ko‘pgina odamlar yoqilg‘I yoqishni kamaytirishni va energiyaning boshqa manbalarini topishni taklif qilishadi, biz yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirishning boshqa oddiy choralarini ham ko‘rishimiz mumkin. Xonadan chiqayotganda chiroqlarni o‘chirish, televizorni ko‘rmayotgan vaqtda o‘chirish kabilardir. Bu tadbirlar bilan siz yoqilg‘i yoqish orqali energiya ishlab chiqaradigan elektr stansiyalaridan foydalanishni kamaytirgan bo‘lasiz. AQSHda millionlab mashinalar undan foydalanadilar. Yoqilgidan foydalanishni kamaytirishning yaxshi tomoni- vilosipedda uchishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |