Atmosfera bir necha qatlamga ega: 1) troposfera - eng pastki qatlam, yerga tutashgan qism (9-17km). Bu qatlam atmosferadagi 80 foiz gaz va suv bug‘ini o’zida saqlab turadi; 2) stratosfera; 3) mezosfera; 4) termosfera (ionosfera); 5) noosfera - bu qatlamda «tirik narsa» mutlaqo yo‘q. Gidrosfera Gidrosfera - yerning suv qobig‘idir. Suv tez harakatlanishi hamda yerga singishi, hamma joyda o‘ziga hos holda bo’lishi hamda o‘ziga chetdan boshqa molekulalani biriktirib olish imkoniga ega. Eng toza hisoblangan atmosfera suvlarida ham eriydigan 10-50 mg/l moddalar bor. Suv - biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayoti uchun eng zarur omillardan biri. Yer sharining 70 foizi suv bilan qoplangan bo’lib, 1300 mln.km3ni tashkil qiladi. Suvning asosiy qismi Tinch okeanida joylashgan. Yer usti suvlari (ko’l va daryo) 0,182 mln.km3 bo’lsa, shundan0,001 mln.km3 suv tirik organizmlarda uchraydi. Muzliklarda hozircha 24 mln.km3 chuchuk suv zahirasi bor, shuningdek, suvda ma’lum miqdorda kislorod va karbonat angidrid mavjud. Ularing miqdori, harorat va tirik organizmlar soniga ham bog’liq. Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda suvda 60 marta ko‘p. Litosfera Litosfera - yering tashqi qattiq qobig’i bo’lib, cho‘kma va magmatik jinslardan iborat. Yer po‘sti deb, yerning ustki qattiq qatlamiga aytiladi. Litosferaning yuza qismi-tirik organizmlar yashashi uchun qulay sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi. Organizmlarning chirigan qismi gumusga yoki tuproqning unumdor qatlamiga aylanadi. Tuproqning tarkibiy qismini minerallar, organik moddalar, tirik organizmlar, suv va gazlar tashkil qiladi. Litosferada ko’p uchraydigan kimyoviy elementlarga О, Al, Fe, Ca, Mg, Na, К lar kiradi. Tirik organizmlar yerning ustki qatlamida, asosan 3-5 metrda joylashadi, ayrim o‘simliklaming ildizlari 35-40 metr chuqurlikkacha kirib boradi. V.I.Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning paydo bo‘lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Hozirgi biosfera birdan paydo bo‘lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik omillarning uzoq evolyutsiya ta’siridagi o‘zaro bog‘liqligi natijasida paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo'lishi orqali hosil bo’ldi va o‘zgardi.Fotosintezlanuvchi avtotroflarning bakteriyalar va ko‘k yashil suv o‘tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o'tlari va ko‘p hujayrali o‘simliklar (eukariotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot faoliyati erkin kislorodning hosil bo‘lishi va to‘planishiga olib keldi, kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |