Biosenozning joy va ekologik tuzilmasi.
Biosenozlarning joy tuzilmasi asosan o’simliklar tomonidan belgilanadi. Biosenozning o’simliklardan iborat qismi fotosenoz deyiladidi. . Turli balandlikdagi o’simliklar mavjud bo’lganda fotosenoz pog’onalar va kavatlardan iborat bo’ladi. Masalan, o’rmonda 5-6 ta pog’ona bo’lishi mumkin. 1- yuqori pog’onani baland daraxtlar, 2- pog’onani pastrok daraxt, 3- pog’onani butalar, 4- pog’onani baland utlar, 5- pog’onani past utlar, 6- pog’onani eng past o’simliklar tashkil qiladi. Turli Biosenozlarda pog’onalar soni turlicha bo’ladi. Utloklarda ham pog’onalar mavjud, lekin ba’zan kuchsiz ifodalangan bo’ladi.
Pog’onalarning kengligi bir necha metrdan (daraxtlardan iborat pog’onada) bir necha sm gacha (yusinlardan iborat pog’ona) bo’lishi mumkin. Har bir pog’onada o’ziga xos ekologik vaziyat vujudga keladi. Biosenozdagi hayvonlar ham o’simliklar hosil qilgan pog’onalarda moslashgan bo’ladi.
Turli Biosenozlar o’zidagi turli ekologik guruhga mansub organizmlarning nisbati bilan Harakterlanadi. Biosenozdagi turli ekologik guruhlarning nisbati Biosenozning ekologik tuzilmasini hosil qiladi. Biosenozdagi ekologik guruhlarga yirtqichlar, fitofaglar, saprofaglar va h.o.lar kiradi.
Cho’l, chala cho’l, dasht Biosenozlarida fitofag hayvonlar saprofaglardan ustun bo’ladi. O’rmon Biosenozlarida saprofaglar, odatda ko’proq. Biosenozdagi gigrofit, mezofit, kserofit o’simliklarning, gigrofil, mezofil, kserofil hayvonlarning nisbati ham Biosenozning ekologik tuzilmasini ifodalaydi.
Biotsenoz. Jamoaga nisbatan biotsenoz biotizimda chegaralanmaganligi bilan farq qiladi. Boshqacha aytganda, biotsenoz-bu sodda (elementar) tabiiy turkumdir.
Biotsenozni turli ko’rinishdagi organizmlar (o’simlik, hayvonot, mikroorganizmlar) yig’indisining yashash sharoitlari ma‘lum darajada bir xil bo’lgan biotop sifatida aniqlash mumkin (yunoncha «bios»-hayot, «tsenoz» -jamoa, «tapos»-joy).
L.B.Ruxin (1962) bo’yicha «biotsenoz» - bu uzoq davr mobaynida oziqlanish, o’sish va ko’payish maqsadlarida birgalikda ma‘lum hududda (joyda) yashash uchun (biotip) tashkil topgan tizim. O’lik organizm qoldiqlaridan tashqil topgan «qabriston» (yunoncha «tanatos» - o’lik) tanatotsenoz deb ataladi.
«Biotsenoz» atamasini 1877 yil G.K.Mebius tomonidan ilmiy amaliyotga tadbiq etilib, uni hayotning ma‘lum bir maydonida organizmlar majmui sifatida qaraladi.
L.B.Ruxin biotsenozlarni jo’g’rofik tumanlarga, provintsiya, viloyat va mintaqalarga guruhlash mumkin deb hisoblaydi. Maydon bo’yicha biogeografik mintaqa eng yirik hisoblanib, ularning paydo bo’lishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega.
5 Ekologik tizim (ekotizim) ta‘rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig’indisi holatida tasavvur qilish mumkin.
Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlaridir, o’zlarini o’rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo’ladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, ekotizimning turini esa sinekologiya o’rganadi.
Ekotizim xuddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning barchasi shartli, ya‘ni yonma-yon darajalar bilan funktsional o’zaro bog’langan. Shunday ekan, tabiatda genlar xo’jayradan tashqari ko’p xo’jayrali organizm tarkibidagi organlar, organdagi xo’jayralardan tashqari yashay olmaydi (moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo’lishi bundan istisno). Shu sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog’langan. Shunday qilib, bio- va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.
Mualliflar ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo’lchovligi deb hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko’l, o’tloq, cho’l, o’rmon, sabzavotlar juyaklari bilan, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun‘iy (inson tomonidan o’zgartirilgan) bo’lishi mumkin.
Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo’ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.
Tashqi muhit ta‘sirida o’zgarish, ekotizim tomonidan javob ta‘sirini paydo qilib, bu o’zgarishlarni yoki yo’qotadi yoki ekotizimning o’zini qayta qurishga olib keladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo’lamiz: biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |