Bios menyulari haqida umumiy tushuncha



Download 65,5 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi65,5 Kb.
#578496
Bog'liq
BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha


BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha
akmx 24.10.2015 BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha2015-10-24T08:02:37+00:00BIOS 1 ta fikr
Agar BIOS’ga doir maqolalarni o‘qib kelayotgan bo‘lsangiz, hozirga kelib siz BIOS tushunchasi haqida, BIOS’ga kirish va uni sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish kabi asosiy narsalarni bilasiz. Barcha maqolalarda sozlash deb yozib o‘tmoqdaman, xo‘sh qanaqa sozlanadi o‘zi, nimani sozlaymiz kabi savollar yig‘ilib qolgandir.
Bu maqolada BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida yozib o‘taman, keyingi maqolalardan boshlab har birini ichini yozib o‘taman.
Maqolalarda, PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS‘i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS’i ishlatilmoqda.
Demak, kompyuteringiz orqali BIOS’ga kirsangiz, quyidagi oynagu duch kelasiz.

Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz:
1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboar’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..
5. Integrated Peripherals — motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,…).
6. Power Management Setup  — kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
7. PnP/PCI Configurations  — tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.
8. PC Health Status — bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.
9. Load Fail-Safe Defaults — oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya’ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
10. Load Optimized Defaults — bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
11. Set Supervisor Password  -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.
12. Set User Password — bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.
13. Save & Exit Setup — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS’dan chiqish.
14. Exit Without Saving  — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS’dan chiqish.
Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish