1- Laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash
BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar
BIOS
(Basic
Input/Output
System) —
asosiy
kiritish-chiqarish
tizimi
bo‘lib,
motherboard (материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning
vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter
yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion
tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory)
xotirada yozilgan biosning ishi.