Bioorganik kimyo


Bioorganik  kimyo  o’rganadigan  ob’ektlar



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/138
Sana26.06.2021
Hajmi2,76 Mb.
#102105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Bog'liq
bioorganik kimyo

Bioorganik  kimyo  o’rganadigan  ob’ektlar.  Quyi  molekulyar 
bioregulyatorlar:  alkaloid,  terpen,  steroid,  gormon,  vitamin, 
antibiotik,    prostaglandin  va    tromboksanlar,  yuvenil  gormonlar, 
o’stiruvchi moddalar, feromonlar, toksinlar, pestitsidlar, va boshqalar 
hamda    yuqori  molekulyar  tabiiy  birikmalar:    aminokislotalar, 
polipeptid  va  oqsillar,  nuklein  kislotalar,  karbogidratlar,  lipidlar  va 
boshqalar. 
  
Fanining   uslublari. 


 
13 

  Organik  kimyoning  klassik  usullari:  alkillash,  atsillash, 
gidratlash, 
gidrogenlash, 
degidrogenlash 
va 
boshqa 
reaksiyalardan  foydalanish.  Zamonaviy  stereoyonaltirilgan 
sintez usullari. 

  Fizikaviy  organik  kimyoning  zamonaviy  uskunaviy  usullari: 
elektromagnit  nurlanish  spektri bilan  ta’sirlanishga  asoslangan 
spektroskopiya  usullari  (YaMR,  IQ,  UB,  OAD,  AD)  va  mass-
spektrometriya. 

  Fizik-  kimyoviy  usullari:  ko’rsatilgan  fan  tarmog’ining 
shakllangan usullari. 

  Matematik  usullari:  informatika,  amaliy  matematikaning 
zamonaviy    dasturlaridan  tabiiy  birikmalarning  strukturasini 
aniqlashda  foydalanish

  Biologik usullari: moddalarni fiziologik faolligini  hamda  tirik 
hujayrada 
bajaradigan 
vazifalarni 
aniqlashda 
biologik 
testlardan foydalanish. 
 
           Bioorganik kimyo fani miqyosi juda kengdir  - bu bir tomondan 
tirik tabiatdan olinadigan va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega 
moddalar hisoblansa, ikkinchi tomondan biologik faollikka ega sintez 
qilib  olinadigan  organik  birikmalardir.Organik  kimyo  reaksiyalar 
mexanizmini  to’liq  tushuntirish  va  yangi  birikmalar  hosil  qilishning 
sintez  metodologiyasiga  egadir.  Bu  soha  mutaxassislari  biologik 
ob’ektlarga  xos  birikmalarni  analoglarini  olish  usullariga  ega 
bo’lsalarda, qaysi bir sintezning zarur va  foydali ekanligini aniq ayta 
olmaydilar.  Biokimyo  esa  izlanishning  biokimyoviy  usullari  orqali 
hayot faoliyati jarayonlarini o’rganadi. Masalan, fermentlarni tozalash 
va faolligini aniqlashda, in vivo sharoitida radioaktiv indikatorlar usuli 
qo’llaniladi.  Biokimyogarlar    laboratoriyada  qanday  birikmani  sintez 
qilishni  zarurligini  bilsalarda,  buni  amalga  oshirish  uchun  yetarli 
malakaga ega emasdirlar. Bu esa o’z navbatida bu ikki soha bo’yicha 
kelishilgan yo’nalishda izlanishlarni olib borish lozimligini talab etadi. 
Bioorganik  kimyo  mutaxassislari  ko’pincha  ikki  laboratoriyada 
ishlaydilar;  birida  kerakli  birikmani  sintezi  bilan  shug’ullanishsa, 


 
14 
ikkinchisida  esa  biologik  ob’ektlarda  turli  hayotiy  jarayonlarni  sodir 
bo’lishini o’rganadilar. Kimyoviy va biologik yo’nalishlarni bir-biriga 
singishi  natijasida  murakkab  biologik  jarayonlarni  turli-tuman 
xususiyatlarini  o’rganish  uchun    molekulyar  modellar    yasash  yangi 
kontsepsiyasi ishlab chiqildi. Ko’pchilik biologik reaksiyalarni hamda 
ularda  ishtirok  etuvchi  fermentlarni  ta’sirini  oddiy  organik  modellar 
yordamida  “probirkada”  qayta  tiklash  mumkin.  Bunday  modellarni 
qo’llash  orqali  biologik  sistemalardagi  kimyoviy  jarayonlarni  sodir 
bo’lishini  aniqlashda  katta  natijalarga  erishish  mumkin.  Bioorganik 
modellar  yordamida  hosil  qilingan  organizmlarni  patologik  holatlari 
haqidagi  tassavurlar  dori-darmon  vositalarini  tayyorlashning  ilmiy 
asosi bo’lib xizmat qiladi.       

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish