I. Oqsillarni tabiiy manbalar (sut, tuxum, qon zardobi) dan
ajratib olish
1-ish
Tuxum albuminini tuz bilan cho`ktirish orqali ajratib olish
Ishning umumiy izoshi. Tuxum oqsilidan bosqichma-bosqich tuz bilan cho`ktirish orqali (oldindan 50%-li to`yintirilishidan tushgan cho`kmani olib tashlab), shamda dializ yo`li bilan albumin qismi ajratiladi.
Jihozlar va reaktivlar. 100 ml o`lchagich silindr, stakan, sentrifuga (vakuum-filtrlagich qurilmasi), SF-26, ammoniy sulfat, bir dona tovuq tuxumi, dializ membranasi, dializ uchun kamera (2 l).
Ishning borishi. Tuxum oqsili sarig`idan ajratiladi va o`lchagich silindrga solinadi, so`ngra uning xajmi suv bilan 50 ml gacha etkaziladi va 15,65 g ammoniy sulfat qo`shiladi (asta-sekin aralashtirilib). Xamma tuz bo`laklari erigandan so`ng yarim to`yingan tuz eritmasidan tushgan globulinlar cho`kmasi sentrifuga qilinib (3-5 ming aylmin.) yoki qalin filtr qog`oz orqali filtrlab ajratiladi. Fil’trat (ustidagi suyuklik) o`lchagich silindrga yig`iladi, xajmi o`lchanib, tuz erishi qulay bo`lishi uchun stakanga o`tkaziladi va eritmada ammoniy sulfat tuzining to`yinish darajasi 70% gacha etkaziladi. Tuzning miqdori quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
bu yerda: X – berilgan to`yinish darajasi uchun olingan tuzning miqdori, grammda;
V – oqsil eritmasining xajmi, ml da;
S1 – tuzning dastlabki to`yinish darajasi (o`nli bo`laklarda 100% 1,00)
S2 – berilgan to`yinish darajasi.
Kerakli miqdordagi ammoniy sulfat erigandan so`ng loyqalangan aralashma cho`kma hosil qilish uchun 30-40 min qoldiriladi (tindiriladi). Ovalbumin cho`kmasi globulinlar kabi yig`ib olinadi. Cho`kma (agarda filtrlash ishlatilgan bo`lsa – filtr qogoz cho`kma bilan birga sholda) oz shajmdagi suvda suspenziyalanib, dializ qopchasiga solinadi va tuzni chiqarib yuborish uchun dializ qilinadi. Buning uchun dializ qopchasi iliq suv bilan sho`llanib bir uchi bog`lanadi va voronka yordamida oqsil eritmasi bilan to`ldiriladi. Dializ 4 marta 20 mmol’ pH 7,4 bo`lgan natriy fosfat bufer eritmasida, xar galgi almashish 1 soatdan kam bo`lmagan sholda olib boriladi.
Dializning dastlabki 2 soatini suv bilan olib borish mumkin. Dializatdagi ovalbuminning kontsentratsiyasi 260 va 280 nm da yutilishi bo`yichi aniqlanib, nonogrammaga asosan (47 b.) bitta tuxumdagi oqsil miqdori shisoblanadi.
Adabiyotlar: 1. Fillipovich YU.B. i dr. Praktikum po obshey bioximii. M., 1975, 39 s.
2. Kochetov G.A. Prakticheskoe rukovodstvo po enzimologii. M., 1980, 14 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |